Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA MILLIY TARBIYA MASALASI
Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna
Академические исследования в современной науке · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada milliy tarbiya masalasining sharq mutafakkirlari tomonidan o‘rganilishi, yoshlarda ijobiyfazilatlarni tarbiyalashnig metodologik jihatlari bilan tanishishingiz mumkin. Tayanch tushunchalar: tarbiya, fazilat, axloq, milliy tarbiya, milliy xarakter, g‘oya, mafkura. Milliy tarbiyamiz ota-onalarning go‘daklar bilan juda yumshoq munosabatda bo‘lish kerakligini taqozo qiladi. Onaxon va otaxonlar “Bolani uch yoshga qadar faqat erkalatish va yumshoq muomalada bo‘lish kerak, aksincha, qattiq gapirsa bola o‘jar va qaysar bo‘ladi”, deyishadi. Ko‘pchilik zamondosh ota-onalarning fikricha ham, uch yoshga qadar bolani o‘z erkiga qo‘yish, unga faqat yaxshi gapirish kerak, agar go‘dak yoshida bola urib- so‘kilmasa, unga yaxshi muomala qilinsa, bola kattalarni gapini tinglaydigan, itoatli va yuvosh bo‘lib o‘sadi. Umuman, bobo-moolarimiz yosh bolaning o‘ta ta’sirchan, histuyg‘ularga beriluvchan bo‘lishini anglaganlar. SHuning uchun ularga juda yumshoq muomalada bo‘lganlar, to esini tanimaguncha ko‘nglini cho‘ktirmaslikka, sindirmaslikka harakat qilganlar. Demak, badjahllik, o‘ta qattiqqo‘llik va hamma narsaga qat’iy talab qo‘yib chegaralash, go‘daklarning ma’naviyatiga, axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini o‘z tajribalarida kuzatgandirlar. O‘zbeklarning yosh go‘daklarga e’zoz bilan munosabatda bo‘lganliklarini Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rgangan ko‘p tadqiqotchilaryozib ketishgan[1]. Tarbiyaning mayin, mehrli usullari orqali inson ruhiyatida bag‘rikenglik, bosiqlik, his-tuyg‘ularini jilovlay olish kabi xislatlar shakllantirilgan. Yosh bolalarga “podsho” kabi e’zoz bilan munosabatda bo‘lish nafaqat o‘zbeklarga, balki butun sharq xalqlariga xos xususiyatdir. Masalan, yaponlar ham o‘zbeklar kabi go‘dakni iloji boricha yig‘latmaslikka harakat qilishadi. Ayniqsa, o‘g‘il bolalarni besh yoshga qadar sira ham tergashmaydi[2]. Psixologlar va pediatr-shifokorlarning tajribasiga ko‘ra, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning bir necha oy ota-ona mehri-muhabbatidan mahrum qilishning o‘zi unga katta ma’naviy zarba bo‘lib, uning aqliy, axloqiy va hissiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazar ekan. Aynan kattalar bilan muloqotda 114 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference go‘dak nutq va fikrlash ko‘nikmalarini o‘rganadi. Go‘dak hayotining ikki yoshga qadar bo‘lgan davridagi ota-ona bilan muloqot jarayonida shaxsning muhim xususiyatlaridan biri – yaqinlik tuyg‘usi tarbiyalanadi[3]. Amerikalik mashhur vrach-pedagog Benjamin Spok ham go‘daklarga hamma narsadan ham ota-ona muhabbati kerak, deydi[4]. Demak, yaqinlik, samimiy muhabbat, g‘amxo‘rlik go‘dak ruhiyatiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi va keyingi taraqqiyotida, go‘dakni jismonan va ruhan ijtimoiy hayotga tayyorlaydi. Sharq allomalarining ilmiy merosida shaxsning kamolotga yetishi, sog‘lom shakllanishi, unga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, shaxsning sog‘lom xulq-atvor fazilatlariga ega bo‘lib, ezgu va sog‘lom g‘oya hamda mafkura asosida o‘z yo‘lidan adashmay o‘z hayotini qurishi lozimligi haqida juda qimmatli fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Unsurulmaoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va Husayn Voiz Koshifiy kabi allomalarimizning asarlarida hamda “Avesto” va “Qur’on” kabi muqaddas kitoblarimizda ham shaxs kamoloti, go‘zal xulqli insonning chiroyli fazilatlari, ezgulikka va bunyodkorlikka yo‘g‘rilgan g‘oya va mafkuralar asosida yomondan, yomon ishlardan hazar qilish, yomon ishlar qilguvchilarni to‘g‘ri yo‘lga solish, sog‘lom bo‘lmagan xulq egalarini zamon, jamiyat hamda Olloh kechirmasligi bois, shaxsni kelajakda har xil yomon, yovuz yo‘llar, buzg‘unchi fikr va g‘oyalarga chalinmasligi uchun barkamol qilib tarbiyalashyuzasidan qimmatli fikrlarni ilgari surganlar. Kishilik jamiyatining ko‘p ming yillik tarixi barcha davrlarda ezgulik va bunyodkorlikka yetaklovchi qarashlar, g‘oya vamafkuralar bilan bir qatorda, ularga qarama-qarshi bo‘lgan, inson hayotini izdan chiqarish, jamiyat va ijtimoiy tizimlarning yemirilishiga, tanazzulga yuz tutishiga zamin yaratgan buzg‘unchi va vayronkor qarashlar, g‘oya va mafkuralar ham mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Bugungi yangi davr ham mazkur tarbiya masalasiga, yangicha talablarni qo‘yayotgani biz soha vakllarini doim diqqat markazimizda bo‘lishiligi lozim. Zero, shiddati vertualashish jarayoni kuchaytgan bir davrda ta’lim-tarbiya masalasiga aniq, ilmiy asoslanga, qat’iy talablar bilan yondashish juda muhim pedagogik-psixologik omillardan biri hisoblanadi. Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya hamda komil inson haqidagi qarashlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHarq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamo-hangdir. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Inson hamisha 115 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference odamlar qurshovida yashaydi,
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada milliy tarbiya masalasining sharq mutafakkirlari tomonidan o‘rganilishi, yoshlarda ijobiyfazilatlarni tarbiyalashnig metodologik jihatlari bilan tanishishingiz mumkin.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada milliy tarbiya masalasining sharq mutafakkirlari tomonidan o‘rganilishi, yoshlarda ijobiyfazilatlarni tarbiyalashnig metodologik jihatlari bilan tanishishingiz mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, mafkura., milliy tarbiya, axloq, milliy xarakter, g‘oya, fazilat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026