К содержанию
РецензированоRU2026

ILK ADABIY TA’LIM TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSI SIFATIDA

Ergasheva Umrinisso Komilovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье речь идёт о ценностьях, литературе, искусстве и культуре, нации и народе, всём человечестве, логической ценности. Ключевые слова: ценность, логическая ценность, национальные ценности, дошкольное образование и воспитание. Annotation: In three articles, a word was taught about value, literature, art and culture, nation and people, all humanity, logical value. Key words: value, logical value, national values, adult preschool education and upbringing. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida “…bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz. Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega” [1] - deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li – Cho‘lpon «Adabiyot yashasa, millat yashar!» degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi. Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu 183 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. Ayni paytda ular milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi sifatida ulkan ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma’noda turli sohalarda qo‘llaniladi. Qadriyatlar to‘grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta’limot» tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtayi nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, obyektiv asosi va subyektiv jihatlari, namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlarini o‘rganishga imkon beradi[4]. Qadriyatlar inson bisotida turli-tuman ehtiyojlarning va his-tuyg‘ularning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni, hodisalarni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun g‘oyat qadrli, g‘o‘yat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyati kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyat- larga bo‘lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad- riyatlariga bo‘lish mumkin. Shuningdek, haqiqatni, ezgulikni, go‘zallikni ulug‘lovchi qadriyatlarga ajratiladi. Badiiy adabiyotida, xususan, bolalar uchun yaratilgan so‘z san’ati namunalarida ushbu tasnifdagi barcha qadriyat ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularni faoliyat markazlaridagi mashg‘ulotlarda singdirib borishning metodik mexanizmini yo‘l qo‘yish lozim [2, 442]. Birgina mazmuniy tasnifga ko‘ra shakllarining badiiy adabiyotda aks etishi tahlili ham bu san’at turning imkoniyatlari ochib beradi. Birinchisi mantiqiy qadriyat. Bu turli yosh davrida tur va janr jihatdan muayyan namunalardan foydalanishni taqozo qiladi. Maktabgacha davrda mantiqiy qadriyat o‘laroq topishmoqlar, ertaklar, maqollardan eng sara asarlarni tanlab olish lozim bo‘ladi. Masalan, quyidagi topishmoqni olaylik: Onam, singlim, opamning Qo`llarida o`ynaydi, Hovli uyni har kuni Tozalaydi, to`ymaydi. Kichik yoshdagi bolalar hayotiy kuzatishlaridan onalar, opalar, singillar qo‘llarida o‘ynaydigan va tozalikka sabab bo‘ladigan narsa supurgi ekanligini 184 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference mantiqiy mushohada bilan topa oladilar. Ayni paytda tarbiyachi milliy qadriyatlar bu topishmoqda ifodalanganini bolalarga yo‘naltiruvchi savollar va olib boriladigan kichik suhbat vositasida anglatishi lozim. Xonadon tozaligi, sarishtaligi asrlar davomida ayol-qizlar zimmasidagi qadriyat bo‘lib kelgani va bu tozalik va poklik zahmatkashlari qadriga yetish tuyg‘usi singdiriladi. Mana shu tuyg‘uga egalikning o‘zi axloqiy tarbiya negizidir. Xalq maqollarida ham ham mantiqiy, ham etik, ham estetik tarbiya asosi bo‘ladi. Masalan: To‘g‘ri yurdim — yetdim murodga, Egri

Доказательный фрагмент

«В данной статье речь идёт о ценностьях, литературе, искусстве и культуре, нации и народе, всём человечестве, логической ценности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье речь идёт о ценностьях, литературе, искусстве и культуре, нации и народе, всём человечестве, логической ценности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
value, logical value, national values, adult preschool education, kattalar maktabgacha ta’lim va tarbiya., mantiqiy qadriyat, qadriyat, milliy qadriyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники