К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI TOYLOQ SHEVASINING AYRIM FONETIK XUSUSIYATLARI

Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tili Toyloq shevasining, xususan Sochak qishlog‘i shevasining ayrim fonetik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: dialekt, sheva, bilingvizm, ikki tillilik sharoiti, fonetika, fonetik hodisalar, tillarning bir-biriga ta’siri. O‘zbek tilining barcha lahja va shevalarida turkiy qabila tillariga xos xususiyatlar bilan birga turkiy bo‘lmagan tillarda so‘zlashuvchi etnik elementlarning ta’siri ham bor. Ayrim urug‘ va qabilalar orasidagi qardoshlik aloqalarining mavjudligi, xalqlarning uzluksiz ravishda aralshib turishlari murakkab etnik lingvistik taraqqiyotga va ayrim millatlar tili, birinchi navbatda o‘zbek tilidagi dialektlarning turli-tuman bo‘lishiga olib keldi. Turkiy va turkiy bo‘lmagan tillar orasidagi til aloqasining mavjudligi va uning kengayib borishini va shu jarayon natijasida turkiy tillarda paydo bo‘lgan ba’zi bir fonetik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida qomusiy olim Mahmud Qoshg’ariy ham juda to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tgan. O’zbek shevalarining boshqa sistemadagi tillar bilan, ya’ni qardosh bo‘lgan yoki qardosh bo‘lmagan tillar bilan xususan, tojik tili bilan o’zaro munosabati juda ham muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, metisatsiya (qardosh bo‘lgan tillar aralashuvi) va gibridizatsiya (turli sistemadagi tillarning chatishuvi) masalasi hozirgi tilshunoslikda yechimini kutayotgan, hali qo‘riq bo‘lgan masalalardan biri deb hisoblasak, bu kabi muammolarni yechishda o‘zbek tiliga tojik tilining ta’siri ya’ni uning shevalariga ta’siri masalasini chuqur o‘rganish talab etiladi. Avvalo, o‘zbek tilining fonetikasi haqida gap ketganda, turkiy tillar fonetikasiga xos bo’lgan belgilardan biri bo’lgan singarmonizm hodisasi o’zbek tilining ko’pgina qipchoq shevalarida saqlangan. Biroq, o’zbek adabiy tiliga qarluq lahjasi asos bo’lganligini hisobga olsak, ko’pgina shahar shevalarida bu hodisa saqlanmagan. Toyloq shevasi qarluq lahjasida so’zlashuvchilarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu hududda qipchoq va hatto, o‘g‘uz lahjasiga xos elementlarni ham kuzatishimiz mumkin. Toyloq shevasida yuqorida aytib o’tilganidek, bilingvizm ya’ni ikki tillilik hodisasi mavjud. Shevalarni klassifikatsiya qilgan olimlardan biri, V.Reshetov o’zbek xalqi sostavida tarixiy-lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan uch dialekt 53 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference borligini va bu dialektlar uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelganligini ta’kidlab: “ Qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi hozirgi qardosh uyg’ur tiliga yaqin bo’lib, tojik tili bilan yaqin etno-lingvistik munosabatda bo‘lgan”, - degan fikrlarni aytgan. [S.Ashirboyev, 2016: 20-21].Demak, prof. Reshetov ham o’zbek dialektlarida tojik tilining ta’siri yuqoriligi ta’kidlab o’tgan. Toyloq shevasining ayrim hududlarida, xususan Sochak shevasida fonetik hodisalardan singarmonizm ham uchraydi. Singarmonizmning labial singarmonizm turi faoldir. Bu qonunga ko‘ra, so’zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator lablangan unli ishtirok etadi, aksincha, so’zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham orqa qator lablangan unli qatnashadi. [V.V Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov 1978:32]. Shevada lab gormoniyasi qonuni so‘zlarning dastlabki ikki bo‘g‘inida qayd qilinishi xarakterlidir, uchinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlarda siyrak uchraydi: bo‘libdi – bőluptu, bőlipti tarzida talaffuz qilinadi. Misol: Man sanga aytgan hamma narsani ko‘ropsanmi bőluptu. Ravish so‘z turkumidagi u yerda, bu yerda kabi so‘zlar bizda aqqa, baqqa, őshaqqa tarzida ifodalanadi. Hozirgi zamon fe’lining “yap” affiksi o‘zbek adabiy tiliga asosiy morfologik belgi sifatida qabul qilingan bo‘lib, bu affiks shevamizda “-op” undosh bilan tugagan fe’ldan so‘ng, unli bilan tugagan fe’ldan so‘ng “-yop” shaklida bo‘ladi. Masalan, bārāptü, kelāptü, äytāptü, sőräyāptü kabi. Ü män bilän bārāptü. Agar bu so‘zlarga shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shilganda, fonetik hodisa ro‘y beradi. Ya’ni, boryapman fe’li bārāmmän tarzida ifodalanadi. Man maktabga har kun bārāmmän. -op va -yop affiksi tarkibidagi p tovushi -man shaxs-son affiksidagi m tovushining ta’sirida assimilyatsiyaga uchrab, m bilan talaffuz qilinadi. Bilamizki, o‘tgan zamon fe’lini yasovchi -di affiksi o‘zbek xalq shevalarida di/ti/ kabi fonetik variantlari bor. Samarqand-Buxoro tip shevalarida, xususan mening shevamda -di affiksi l undoshi bilan tugagan fe’l o‘zagiga qo‘shilganda, d tovushi progressiv assimilyatsiyaga uchrab -l bilan talaffuz qilinadi. ld>ll; -di >-li – keldi-kelli, oldi-olli kabi. Inägini bāqqani kelli. O‘tgan zamon fe’li I shaxs ko‘plikda -k affiksi bilan yasalganda,-duk, -tuk tarzida bo‘ladi. Masalan, bārdük, keldük, äyttük. Bizä siläni kőrgani bārdük. 0‘zbek tilining shevalari faqat dialektologlar uchungina emas, balki folklorshunoslar uchun ham juda qiziqarli materiallar beradi. Avloddan-avlodga o‘tib kelgan juda boy xalq og‘zaki ijodi, xususa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek tili Toyloq shevasining, xususan Sochak qishlog‘i shevasining ayrim fonetik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek tili Toyloq shevasining, xususan Sochak qishlog‘i shevasining ayrim fonetik jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sheva, fonetika, dialekt, bilingvizm, tillarning bir-biriga ta’siri., fonetik hodisalar, ikki tillilik sharoiti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники