Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI TO‘G‘RI TALAFFUZ KO‘NIKMALARINI HOSIL QILISHDA FONETIK MASHQ VA TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Atamurodova Gulnora Shermurodovna (in-academy.uz/index.php/si)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ona tili ta’limida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish va unga doir talaffuz mashqlari hamda topshiriqlarni ishlab chiqish. Shuningdek, o‘quvchilarda adabiy talaffuz me’yorlari ko‘nikmasini shakllantirish. Kalit so‘zlar: Nutq tovushlari, to‘g‘ri talaffuz, mahq va topshiriqlar, adabiy til me’yorlari. Ona tili mashg‘ulotlarida to‘g‘ri talaffuz ta’limining maqsadi, mazmuni takomilini ta’minlashda nutq tovushlariga oid mashqlarning o‘rni benihoya kattadir. Chunki ular yordamida o‘quvchi uchun adabiy tilda so‘zlashish, uning rang-barang imkoniyatlaridan foydalanish sharoiti paydo bo‘ladi. Mazkur masala, ya’ni dasliklarda fonetik materiallar talqini masalasi ingliz, nemis, fransuz tili darsliklarida ancha mukammal, to‘liq, rang-barang shakllarda berilgan va e’tiborga molik tomoni shundaki, fonetik mashqlardan foydalanish boshlang‘ich sinflardan keyingi ta’lim jarayonlarida ham davom ettiriladi. Adabiy til va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan talaffuz me’yorlari millatning yuzi, madaniyatlilik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi, shuningdek, shu millat vakillarining o‘zaro muloqotlari tushunarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida talaffuz ustida ishlanar ekan, hamma tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi ham maxsus mashqni talab etavermaydi. Har bir tilda ham talaffuz va imlosi muammoli bo‘lgan nutq tovushlari mavjud. Jumladan, o‘zbek tilida ham. Asosan, o‘quvchilar, barcha soha vakillari, eng achinarlisi, ayrim mutaxassis- o‘qituvchilar ham [x]–[h], [u]–[o‘], [i]–[e] va ayrim hududlarda [q], [ng] kabi tovushlarning aytilishi va yozilishida muntazam xatoga yo‘l qo‘yadilar. O‘. Usmonova bu masalani hal qilishdagi qiyinchiliklarga shevalarni sabab qilib ko‘rsatadi1. Tadqiqotchi talaffuz masalasi o‘zbek tilida o‘rganilmasdan kelinayotganligini ta’kidlaydi va bu borada o‘z ishida adabiy talaffuz me’yorlarini belgilash ishlariga birinchi bo‘lib qo‘l urgan olim F.K.Kamolov hamda professor S.I.Ibrohimovlarning qimmatli fikrlariga tayanadi. Bugungi kunda ham ayrim unli va undoshlar talaffuzini o‘rgatishda qiyinchiliklarga duch kelinadi. Talaffuzdagi har xillikka sabab sheva ekanligi nazarda tutilsa, adabiy talaffuzni shakllantirishning samarali yo‘li bu – fonetik mashqlar ustida ishlash ekanligi ma’lum bo‘ladi. Talaffuzda ham, yozuvda ham eng ko‘p chalkashlik bo‘g‘iz undoshi [h] bilan bog‘liq. Uni bartaraf qilish uchun quyidagicha yondashish tavsiya qilinadi: Agar biz videoproektor (imkoni bo‘lmasa, plakatlarga tushirib olish ham mumkin) orqali maxsus tuzilgan fonetik mashqlar va shu tovushlar talaffuz holati aks etgan oksilografik tasvirlardan foydalansak, natija ijobiyga o‘zgarishi mumkin. Nutqiy malakalarni shakllantiruvchi vosita, bizningcha, quyidagicha mashqlardan muntazam foydalanishdir. [X] va [H] harflarining talaffuzi hamda imlosi: [h] – bo‘g‘iz undoshi bilan [x] – chuqur til orqa undoshining ba’zan imloda, asosan, talaffuzda almashtirilib, xato qo‘llanilmoqda. Bu 1 Usmonova O‘. Talaffuz madaniyati.–Т.: Fan, 1976. – 3 b. 33 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si borada ko‘plab metodik tavsiyalar, hatto maxsus lug‘atlar(“h”li va “x”li so‘zlar lug‘ati) yaratilgan bo‘lsa-da, bu borada hozirgacha sezilarli natija yo‘q. Talaffuz qiling. h-h-h-h-h-h x-x-x-x-x-x ham – (va bog‘lovchi) xam – (egik) hamma – (barcha, jami) xamma – (bug‘doy saqlanadigan idish) hil – (bug‘) xil – (tur) hush (es, aql) xush – (yaxshi, ajoyib) shoh – (podshoh) shox – (novda) hol – (ahvol) xol – (meng, tanadagi belgi) Ko‘rib turganingizdek, [h] - bo‘giz undoshining talaffuz qilinishida [x] tovushidan farqli o‘laroq, o‘pkadan kelayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida til va tanglay orasidan erkin o‘tayotganligi sababli deyarli shovqinsiz hosil bo‘lmoqda: h-h-h... Ilmiy adabiyotlarda [h] bo‘g‘iz undoshinig o‘z qatlamga oid so‘zlarda uchramasligi ta’kidlanadi: “h” konsonanti o‘zlashgan leksikaga oid so‘zlarda qo‘llanib, o‘z leksikaga doir so‘zlarda bo‘lmaydi. Garchi u o‘zbek orfoepik me’yoriga ko‘ra artikulyatsiya qilinsa ham, jonli tilda ko‘proq chuqur til orqa tovushiga yaqinlashtirilib yuboriladi. Shuning uchun uni Buxoro va Samarqand shevalaridan boshqa shevalarda chuqur til orqa konsonantidan farqlay bilmaydilar”2 . Shunga qaramay, hil-hil, eh, ho, himm, ha, huvv, hoy, oh kabi o‘zbek tiligagina xos so‘zlarda aynan bo‘g‘iz undoshi ishtirok etayotgani, bu tovushning talaffuzi o‘zbeklar uchun begona emasligini inkor etib bo‘lmaydi. [x] – undoshining aytilishida esa tilning orqa qismi qattiq tanglayga juda yaqin bo‘lganligi sababli o‘pkadan kelayotgan havo oqimi tor oraliqdan siqilib o‘tishi natijasida qattiq titrash orqali kuchli shovqin sodir bo‘ladi: x-x-x... Quyida bo‘g‘iz undoshininig talaffuzi va imlosiga doir maxsus mashq va topshiriqlarni tavsiya etamiz: 1-mashq. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiling. [h] bo‘g‘izda hosil bo‘luvchi yagona undosh tovush bo‘lib, o‘pkadan chiqayotgan havo bo‘g‘izda to‘siqqa uchraydi. Unli tovushlardan fa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ona tili ta’limida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish va unga doir talaffuz mashqlari hamda topshiriqlarni ishlab chiqish.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ona tili ta’limida to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirish va unga doir talaffuz mashqlari hamda topshiriqlarni ishlab chiqish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talaffuz va imlo, mantiqiy fikrlash, mustaqil fikrlash., adabiy talaffuz, imlo savodxonligi, nutqiy malaka
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014