Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KUCHLI RAQOBAT SHAROITIDA KORXONALARDA INQIROZGA QARSHI BOSHQARUV MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Umarova Xusnora Dilmurod qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article is about the ability of enterprises to cope with the crisis in the conditions of strong competition in the country, to improve the management mechanism in production enterprises, to diversify production, to effectively use modern management methods and to eliminate the crisis processes in cocooning enterprises based on the introduction of innovations, and to increase the competitiveness of national products in the world market in the conditions of competition were discussed. Key words: Strong competitive environment, anti-crisis management mechanism, production diversification, cocoon processing enterprises, modern management methods. Jahon mamlakatlarida sanoat korxonalarining inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. «Dunyo sanoatida Jahonda pilla mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishda xomashyoni tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, pillachilik bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirish hamda tayyor mahsulotni eksport qilishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Inqirozning yuzaga kelish sabablari, korxonalardagi inqirozlarni boshqarish muammolari xorijiy olimlardan T.Sinxa va CH.Kastolarning tadqiqotlarida, tashxislash va inqirozga qarshi boshqaruvni prognozlashtirishning metodik jihatlari E.Altman, U.Biver, F.Bea, E.Dixtl, K.Druri, A.Makmin, D.Marshall, A.Tompson, D.CHampi, Dj.Evans va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan. 32 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xalqaro pillani qayta ishlash korxona qo’mitasini ma’lumotlariga ko’ra, «dunyo bo’yicha pillani qayta ishlash sanoatida 80 ming tonnadan ortiq xom ipak ishlab chiqariladi. Jumladan, jahon bozoridagi xom ipak mahsulotlarini 82,2 foizi Xitoy, 15,7 foizi Hindiston, 0,65 foizi O’zbekiston, 0,36 foizi Tayland, 0,33 foizi Braziliya, 0,27 foizi Vetnam, 0,19 foizi Shimoliy Koreya, 0,17 foizi Eron, 0,09 foizi Fillipin, 0,02 foizi Bangladesh, 0,02 foizi Yaponiya davlatlariga to’g’ri keladi» [1]. Rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, zamonaviy menejment usullaridan samarali foydalanish hamda innovatsiyalarni joriy etish asosida pillani qayta ishlash korxonalarida inqiroz jarayonlarini bartaraf etishga va kuchli raqobat sharoitida milliy mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga erishmoqdalar. Dunyoda inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida korxonaning hayotiy tsikli davomida inqirozning yuzaga kelishiga doir nazariy yondoshuvlar, korxonalar moliyaviy barqarorligini tashqi va ichki muhit omillarini e’tiborga olgan holda tiklash, loyihaviy texnologiyalarni amalga oshirish, inqirozga qarshi boshqaruvning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish, inqirozga yuz tutish xavfini kamaytirish, inqirozni prognozlashtirish, inqirozga qarshi boshqaruvda strategiyalari ishlab chiqish va ularni qo’llashni takomillashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda pillani qayta ishlash korxonalarida inqirozga qarshi boshqaruvda zamonaviy menejment usullarini qo’llash, inqirozga qarshi innovatsion usullarni tadbiq etish va inqirozga qarshi boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlarida, ayniqsa pillani qayta ishlash korxonalarida iqtisodiy nochorlikni bartaraf etish bo’yicha davlat tomonidan sud sanatsiyalari, subsidiyalar, preferentsiyalar, soliq, bojxona bojlari bo’yicha imtiyozlar qo’llanib kelinmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida texnika-texnologiyalarning ma’naviy eskirishi, qo’nimsizlik darajasining yuqoriligi, marketing xizmatining rivojlanmaganligi, hisob siyosatining to’g’ri yuritilmasligi, mahsulot sifati ko’rsatkichlarining xalqaro standartlarga muvofiq kelmasligi, reinvestitsiya siyosatining yuritilmasligi inqiroz holatini keltirib chiqarmoqda. Jumladan, 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida “milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini 33 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” [2] bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Sаnоаt kоrхоnаlаrini mоliyaviy sоg`lоmlаshtirishgа qаrаtilgаn dаvlаt dаsturlаri inqirоz hоlаtidаgi kоrхоnаlаrning ishlаb chiqаrish fоndlаrini yangilаsh bo`yichа invеstitsiyaviy qo`yilmаlаrni аjrаtilishini tаqоzо etаdi. Dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish jаrаyonidа dаvlаt vа хususiy sеktоr hаmkоrligi tа`minlаnаdi. Hоzirgi kundа innоvаtsiоn vа intеgrаtsiоn hаmkоrlik, sаnоаt tаrmоqlаrini qo`llаb-quvvаtlаsh hаmdа tаrmоqlаrdа klаstеrlаrni jоriy etish оrqаli inqirоzgа qаrshi bоshqаruv аmаlgа оshirib kеlinmоqdа. Bu bоrаdа rоssiyalik оlim А.S.Sidоrеnkо subsidiаrlik printsipigа аmаl qilishni, ya`ni bоshqаruv hаmdа rеsurslаrni tаsаrruf etish funktsiyasini eng quyi hududiy bоshqаruv bo`g`inigа bеrish lоzim, dеya tа’kidlаgаn. Buyuk Britаni
Доказательный фрагмент
«This article is about the ability of enterprises to cope with the crisis in the conditions of strong competition in the country, to improve the management mechanism in production enterprises, to diversify production,…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the ability of enterprises to cope with the crisis in the conditions of strong competition in the country, to improve the management mechanism in production enterprises, to diversify production,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Strong competitive environment, anti-crisis management, inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmi, Kuchli raqobat sharoiti, pillani qayta ishlash korxonalari, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, zamonaviy menejment usullari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025