Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH VA “E- COMMERCE” BOZORI
“E- COMMERCE” BOZORI · Ahmedova Zulayxo Sharofaddin qizi
Академические исследования в современной науке · 113-117 · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim yo’nalishi hisoblanmish O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning zamonaviy yo’nalishlari yuzasidan fikr va mulohazalar yuritiladi. Raqmli iqtisodiyot shuningdek, elektron tijorat tushunchasi mamlakatimizdagi yosh va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri ekanligi sababli, ushbu yonalish haqida manbalar afsuski yetarlicha topilmaydi. Joriy yetishmovchiliklarni to’ldirishda o’z xissamizni qo’shish maqsadida, maqolada turli mulohaza va takliflar taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, internet, elektron biznes, elektron tijorat. Raqamli iqtisodiyot hamda, elektron tijorat borasida qilingan nazariy va amaliy ishlarni tahlil qilgan holda yangidan-yangi takliflar va metodlarni yaratish borasida bir qancha ilmiy izlanishlar qildik. Zero qilingan ilmiy izlanish davomida ko’plab masalalarga yechimlar topishni maqsad qildik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qaroriga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. O‘z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda. Ular avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha ishlarni olib boradi: • sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash, onlayn marketing; • onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazifalari) - xizmat xaridorlar va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish; • moliyaviy xizmatlar – buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq onlayn- tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari; 27 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference • sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal qilish holatini kuzatish. Bundan tashqari taqdim etilgan ma’lumotlarga o’zgarish kiritish osonligi va shu tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning inson hayotida naqadar muhim o’rin egallaganligini ko’rsatadi. Sohaning izchil rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham aynan shu. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko’magida ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlarni sotib olish yoki aksincha sotish kabi online tijorat amaliyotidir. Demak jahon standartlarida ishlashimiz biznesimizni takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend tarzida olib kirishimizda raqamli texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ammo har qanday raqamli biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz kerak. Elektron tijorat quyidagilardan iborat : • Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI); • Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT; • Elektron savdo (inglizcha e-trade); • Elektron pullar (e-cash); • Elektron marketing e-marketing); • Elektron bank (e-banking); • Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance). Elektron tijorat amaliyotida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat holatlarda elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni minimallashtirish orqali ta’minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat samaradorligini baholashga uslubiy yondashuv quyidagicha bo‘lishi mumkin: • elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o‘rganilayotgan obyekt sohasini aniqlash; • ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash; • maqsadga erishish uchun ishlanish ko‘rsatkichlarini aqlash; • ishlash mezonlarini shakllantirish; • samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarur statistik va boshqa ma’lumotlarni olishni tashkil etish; • ko‘rsatkichlar va ishlash mezonlarini hisoblash; • natijalarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish. 28 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Elektron tijorat dasturlari tobora keng qamrovli yo’nalishlarni taqdim qilib bormoqda, qo‘llanilishning ham yangi yo‘nalishlari paydo bo‘la boshladi. Buguni kunda bir necha to’liq shakllangan elektron tijorat tizimlarini sanab o’tishimiz mumkin. Kompaniyaning bozor strategiyasiga qarab, Internetdagi quyidagi shakllari mavjud: • elektron biznes karta; • elektron katalog; • elektron do‘kon; • internet do’kon. • savdo internet-tizimlar; Elektron biznes kartasi bir necha sahifalardan iborat bo‘lgan kompaniya va uning faoliyati haqida ma’lumot. Bunday saytning asosiy vazifasi – potensial mijozga oddiy biznes ma’lumotnomasi yoki reklama e’loniga o‘xshash bo‘lib kompaniyaning xizmatlari bilan tanishish uchun imkoniyat berish. Mijozni xabardor qilishning yanada rivojlangan shakli – bu tovarlar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot beruvchi va ko‘pin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim yo’nalishi hisoblanmish O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning zamonaviy yo’nalishlari yuzasidan fikr va mulohazalar yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim yo’nalishi hisoblanmish O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning zamonaviy yo’nalishlari yuzasidan fikr va mulohazalar yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron tijorat., raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, internet, elektron biznes
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024