К содержанию
РецензированоUZ2026

HUQUQBUZARLIKLAR VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI CHORA-TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Usmonova Naima Toxir qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article talks about improving the development of victimological preventive measures in the prevention of juvenile delinquency. Key words: Juvenile, measure, crime, victimological prevention, special event, criminological description. Mavzuning dilzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni1 tahlili huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari orasida boshqa profilaktika chora-tadbirlari singari viktimologik profilaktika doirasida ham “viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish” nazarda tutilganligini ko‘rsatmoqda (43-moddasi. 1-q.). Shu boisdan, viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasining negizini tashkil etadi. Chunki, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni2ning 43-moddasida “Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi tushunchasi-huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora- 1 O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son Qonuni // URL: https://www.lex.uz/docs/2387357 (05.06.2021 y.da murojaat qilingan). 2 O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son Qonuni // URL: https://www.lex.uz/docs/2387357 (05.06.2021 y.da murojaat qilingan). 94 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir.” deb ta’rif berilgan. Shuningdek ushbu qonunning 44- moddasida bevosita huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora- tadbirlari ko’rsatilib o’tilgan va u quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: -huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; -aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish; -huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish; -huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish; -huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish; -g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish; -hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi ma’lumotlarni keng tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish; -g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish; -profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmog‘ida veb-saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish; -huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to‘g‘risida elektron adabiyotlarni tarqatish. Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.3 3 https://lex.uz/docs/-2387357#-2387712 95 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ta’rifning mazmuniga e’tibor qaratilsa, unda huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi “...Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati” ekanligiga urg‘u berilgan, ammo qay tarzda viktimologik chora tadbirlarni amalga oshirish haqida yoritilib berilmagan. E’tiborli tomoni shundaki, masalaning ushbu jihatiga ilmiy adabiyotlarda ham, normativ huquqiy hujjatlarda ham yetarlicha aniqlik kiritilmagan. Maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari tizimida ham keltirib o‘tilgan bo‘lsa-da, ammo ushbu chora-tadbir huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bu esa maxsus profilaktikasi faqat g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil va huquqbuzar shaxslar emas, balki huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli (viktimligi) yuqori bo‘lga

Доказательный фрагмент

«This article talks about improving the development of victimological preventive measures in the prevention of juvenile delinquency.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about improving the development of victimological preventive measures in the prevention of juvenile delinquency. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Juvenile, measure, crime, victimological prevention, special, kriminologik tavsif., Voyaga yetmagan, maxsus tadbir, chora-tadbir, viktimologik profilaktika, jinoyatchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники