Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAFN ETISHNING TARIXAN SHAKLLANISHI VA BUGUNGI KUNDA DAFN ISHI BILAN BOGʻLIQ MASALALARGA OID HUQUQIY NORMALAR.
Bozorova Mohlaroyim Siroj qizi · Rahimjonov Akmaljon Baxromjon o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada kishilar orasida dafn etishning shakllanib borishi va hozirgi kunda mazkur sohaning huquqiy negizi haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: Tarix, tepalik, odat, insoniyat, dafn etish, xalq, jasad, nekropol, qadriyat, urf-odat, an`ana, yashash joyi, omil, qabriston, manzilgoh, neolit, g`oya, diniy-mifologik g`oya, sag`ana, sanitariya normalari, yer uchastkasi, relyef, geologik joylashuv, atrof- muhitga keltiriladigan zarar, tuproq tarkibi, shaharsozlik qoidalari, xayr-ehson, hashar. Insoniyat qadimgi davrlardan beri o`z vafotidan keyin “so`nggi manzil”ga kuzatilishining turli usullarini o`ylab topgan. Masalan, tarixning turli bosqichlarida, dunyoning turli joylarida vafot etganlar ko`milgan, kuydirilgan, bo`laklarga bo`linib saqlangan, suvga oqizilgan yoki jasad oddiygina tepalikka, odamlar manzilgohlaridan uzoqroqqa tashlab kelingan. Mazkur odatlarning yillar davomida o`zgarishi, nekropollarning paydo bo`lishiga har bir xalqning o`z qadriyatlari, kelib chiqishi, urf-odat, an`ana va yashash joyi kabi omillar ta`sir ko`rsatgan. Xususan, ilk qabriston (qadimgi sharqda-neropol)lar neolit davrida kishilar tasavvurida keyingi hayotning mavjudligi haqidagi g`oyalar payda bo`lishi natijasida diniy-mifologik g`oyalarning shakllanishi tufayli barpo etila boshlangan. Qabriston yoki mozor (arabcha: ةربقم) marhumlar dafn etiladigan maхsus joy. Qabriston turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyan хalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar, shuningdek, hokimiyat organlari tomonidan oʻrnatilgan maʼmuriy va sanitariya normalari bilan belgilanadi1. Oʻzbekistonda qabristonga qadimdan alohida eʼtibor berilgan. Qabriston uchun koʻpincha tepalik joylar tanlangan, atrofi devor yoki panjaralar bilan oʻralgan. 1 https://wikipedia.org 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Mashhur kishilar uchun esa maqbaralar qurilgan. Oʻrta Osiyoda yashovchi boshqa dinga mansub хalqlarning alohida qabrlari boʻlgan2. Mamlakatimizda qonunchilik xalqaro huquq normalari bilan bir qatorda milliy hamda axloqiy qadriyatlar asosiga qurilgan. Xususan, dafn etish bilan bog`liq munosabatlarning huquqiy negizi shakllantirilgan va har bir tushunchaga ta`rif berilgan, jumladan, Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) uning xohish-irodasini inobatga olgan holda sanitariya normalari va qoidalariga hamda boshqa normalar va qoidalarga zid bo‘lmagan urf-odatlar va an’analarga muvofiq ko‘mishga doir marosim harakatidir. Dafn etish vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) erga (qabrga yoki sag‘anaga) ko‘mish orqali amalga oshiriladi3. Dafn etilayotgan shaxsning yaqinlariga yoki shu vazifani zimmasiga olgan shaxslarga shaxsni dafn etishda davlat tomonidan quyidagi kafolatlar beriladi: vafot etgan shaxsni dafn etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘lim sababi aniqlangan paytdan e’tiboran darhol berish. Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga joylashtirish asoslari vujudga kelgan hollarda, uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakilining, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsning talabiga ko‘ra berish bir sutkadan ortiq muddatga kechiktirilishi mumkin emas; agar vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxs o‘lim haqida xabardor qilingan, ammo dafn etishni ular tomonidan amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi obyektiv holatlar mavjud bo‘lsa, vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) o‘lim sababi aniqlangan paytdan e’tiboran ikki sutkagacha o‘likxonada turishiga imkoniyat berish. Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota- onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxs qidirilgan taqdirda bu muddat uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin. Vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxs bo‘lmaganda yoki ularning dafn etishni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganda, vafot etganning shaxsini ichki 2 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qabriston 3 Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, "Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida"gi qonun. 4-modda. 143 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ishlar organlari aniqlaganidan keyin uni dafn etishni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ichki ishlar organlari tomonidan shaxsi aniqlanmagan vafot etganni dafn etishni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus xizmat qonunchilikda belgilangan tartibda am
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kishilar orasida dafn etishning shakllanib borishi va hozirgi kunda mazkur sohaning huquqiy negizi haqida so`z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kishilar orasida dafn etishning shakllanib borishi va hozirgi kunda mazkur sohaning huquqiy negizi haqida so`z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atrof- muhitga keltiriladigan zarar, odat, xalq, diniy-mifologik g`oya, an`ana, yer uchastkasi, geologik joylashuv, xayr-ehson, omil, tepalik, dafn etish, jasad, nekropol, neolit, sanitariya normalari, shaharsozlik qoidalari, Tarix, urf-odat, tuproq tarkibi, hashar., yashash joyi, insoniyat, qadriyat, manzilgoh, g`oya, qabriston, relyef, sag`ana
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024