Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING DEMOGRAFIK HOLATI VA ETNIK TARKIBI.
F.Sh. Salayev (assistent oʻqituvchi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi. Maqolada mazkur davrda vohada sodir boʻlgan jarayonlarning mintaqa aholisi ijtimoiy hayotiga, demografik holatiga va etnik tarkibiga ta’siri tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: Qarshi choʻli, Qarshi Magistral kanali, savxoz, Qarshi, Shahrisabz, aholi roʻyxati, millatlar, oʻzlashtirish, majburiy koʻchirish. Tarixdan ma’lumki dunyodagi har bir xalq oʻz boshidan murakkab ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda etnik jarayonlarni oʻtkazgan. Biz yashayotgan mintaqa ham bu xildagi ijtimoiy jarayonlardan holi emas. Qashqadaryo vohasi qadimdan muhim ahamiyatga ega, turli xil muhim tarixiy va etnik jarayonlar sodir boʻlgan mintaqa hisoblanadi. XX asrdagi Qashaqadaryo vohasida sodir boʻlgan etnodemografik jarayonlarni oʻrganar ekanmiz, etnik jarayon, etnik tarix va etnik guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar, turli millat vakillarining voha boʻylab joylashishlari, ulardan tashqari mintaqadagi demografik jarayonlarni oʻrganish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etishini koʻramiz. Mazkur tadqiqotimizda mintaqada mazkur davrda qanday jarayonlarni sodir boʻlganligiga toʻxtalib oʻtamiz. Qashqadaryo viloyatida Qarshi choʻlini oʻzlashtirilishi natijasida paxtachilik maydonlari kengayib, zavod va fabrikalarning qurilishi jadallashdi hamda yangi ish oʻrinlari paydo boʻldi. Yangi qurilgan, qurilayotgan zavod va fabrikalarda malakali mahalliy ishchi-kadrlarga boʻlgan ehtiyoj mavjud edi. Ana shu ehtiyojni ta’minlash maqsadida Oʻzbekistonga sovet davlatining markaziy hududlaridan “mutaxasislar” ni koʻplab koʻchirilib keltirilishi aholi sonining, ayniqsa shahar aholisining keskin koʻpayishiga olib keldi [1] . 1959-yil aholi roʻyxati boʻyicha Oʻzbekistonda jami 8261 ming kishi yashagan boʻlsa, shuning 930 minggi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelar edi [2] . XX asr 60-yillaridan boshlab Qarshi choʻlini oʻzlashtirish harakati boshlandi. Bunda ham oʻzlashtirishni izchil amalga oshirish maqsadida respublikaning turli hududlaridan koʻplab oilalar “majburiy-ixtiyoriy” tarzda koʻchirib keltirildi. Xususan, “Aholining Qarshi choʻllariga tashkiliy ravishda 62 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference koʻchirishning butun davri mobaynida u yerga 600 ta oila koʻchib borgan, xolos. Bugungi kunga qadar ulardan 40 ta oila yashab qolgan” [3] .1965-1975- yillar davomida Qarshi choʻlini oʻzlashtiruvchilarning asosiy e’tibori bosh obyektlar boʻlmish – Qarshi Magistral va Ulyanov kanallarini qurishga qaratildi. Choʻlni tezroq oʻzlashtirish uchun 1965-yilda yangi tashkil topayotgan savxozlarga viloyatning togʻli rayonlaridan 6,9 mingga yaqin oila yoki 31,2 kishi koʻchirildi. Koʻchib borganlarning 15 mingga yaqini mehnatga layoqatli boʻlib, ularning 4 mingtasi mexanizator edi [4] .1967-1970-yillarda Amdaryodan Qashqadaryogacha boʻlgan hududlarda yangi yerlarni oʻzlashtiruvchilar uchun(asosan, nasos stansiyalari yaqinida) posyolkalar qurilishi amalga oshirildi. Qarshi choʻlini oʻzlashtirish jarayonida togʻli hududlardan aholi yangi oʻzlashtirilayotgan hududlarda tashkil etilgan savxozlarga koʻchirilgan. Oʻtkazilgan dala tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatdiki, koʻchirilgan aholi vakillarining bergan ma’lumotlariga koʻra mazkur aholining koʻpchiligi oʻz xohishi bilan koʻchma xoʻjalik shaklida koʻchib kelgan. Albatta bu ishlar Markazning buyrugʻi bilan amalga oshirilgan, lekin koʻchib kelgan aholi vakillari togʻli hududlarda chorvachilikdan boshqa kun kechirish uchun deyarli ishning yoʻqligi, koʻchayotganlarning yaxshigina daromadli ish va yashash uchun muqim uy-joyga ega boʻlish istagi, mazkur kompaniyani oʻz xohishlariga koʻra amalga oshirishiga sabab boʻlganligi bildirdi. Tarixan ma’lumki, Sovet davlati tarkibiga kirgan respublikalarning boyliklarni oʻzlashtirib, markazga olib ketish siyosatiga katta e’tibor qaratgan. Shu maqsadda Qarshi choʻlini oʻzlashtirish, tabiiy boyliklari qidirib toppish, mazkur hududda ishchi kuchini shakllantirish zarurligi bu yerda koʻp sonli mehnat resurslarini jalb qilishni taqazo etdi. Shu sababli, Shahrisabz, Kitob, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Dehqonobod, Chiroqchi, Ulyanov va Koson tumanlari singari aholi gavjum yashaydigan hamda yer kam boʻlgan togʻ yonbagʻri va togʻli tumanlar qoʻriq xoʻjaliklarga mehnat resursi yetkazib beruvchi asosiy manbalar boʻlib xizmat qilgan[5] . 1970-yilda viloyatdagi mavjud 2 ta – Qarshi (71,1 ming) va Shahrisabz (27,3 ming) shaharlarida 98,4 ming aholi istiqomat qilgan edi. Keyingi yillarda aholi soni ancha ortib bordi. Sovet davrida 1979-yil 17-24-yanvar va 1989-yil 12-19-yanvarkunlari Butunittifoq aholi roʻyxati olindi [6] . Roʻyxatga olish ishlarida aholi soni oʻsib borganligini koʻrish mumkin. Xususan, 1979 va 1989- yillarda Qarshi va Shahrisabz shaharlari aholisi 1.4 martaga koʻpaygan. 1990- yilda esa viloyat markazida 180.8 ming, Shahrisabz shahrida esa 5
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XX asrning 2-yarmidagi Qashqadaryo vohasida sodir boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar va voha aholisining demografik holati hamda etnik tarkibi haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- savxoz, aholi roʻyxati, Shahrisabz, Qarshi, majburiy koʻchirish., Qarshi Magistral kanali, millatlar, oʻzlashtirish, Qarshi choʻli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025