Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAROF RASHIDOVNING “KASHMIR QO‘SHIG‘I”HAMDA PAULO KOELO ALKIMYOGAR ASARIDAGI NARGIZ OBRAZLARINING QIYOSIY TAHLILI
QIYOSIY TAHLILI · Radjapboyeva Xurshida Maqsudovna · Annotatsiya: Ushbu maqolada · Sharof Rashidov «Kashmir
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada,Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i»asaridagi Nargiz obrazi hamda jaxon adabiyotida Paolo Koeloning «Alkimyogar»asarida Nargiz obrazlarinig qiyosiy tahlili asosida differensatsiya,integratsiyasi o‘rganildi.Har ikki asarda Nargiz ma`naviy ulug‘vorlikni, iliqlikva samimiylikni, poklik va axloqiy barkamollikni, ezgu tuyg‘ular va chuqur fikrlar uyg‘unligini ifodaydi.Tezısda Nargiz ikki ijodkorda farqli tomoni jaxon adabiyotida Nargiz yigit,Sh.Rashidovda qiz obrazi ekanligi yoritildi.Gul obrazi ikki ijodkorda ham yetakchilik qilgan.Har ikki ijodkor ham estetikaning go‘zallik kategiriyasini o‘zgacha mahorat bilan ifodalagan. Kalit so‘zlari: differensatsiya,integratsiya,nimfa,Nargiz,go`zallik,obraz Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i”asari qahramoni Nargiz obrazi chin ma`noda go‘zallikni ifodalagani bilan ajralib turadi.Estetik kategoriyalardan go`zallik kategoriyasi qalbdagi nozik xislatni uyg`otishi ,olamni go`zallik qutqarishini ko`rsata olgan.Asarda quyidagicha tasvirlanadi: Gullar bog`iida eng oldin ochilgan va o`z chiroyi bilan olamga shuhrat yoygan go`zal Nargizdir.Nargizning husnijamolini kuylamagan,uning sevgiga sazovor bo`lishni,visoliga yetishni orzu qilmagan bormi? Uni bir ko`ray,jamoliga bir to`yay deganlar ozmunchami? Mana u,eng go`zal oq shohi ko`ylagi ustidan zangor baxmal nimchasini kiyib lgan,boshiga esa,barq urib ochilgan gulning barcha go‘zalligini aks ettiruvchi jajjigina shinam va oppoq durracha o`ragan, quloqlariga endigina ochilgan guldan isirg‘a taqib,yasanib, yoshlik va go‘zalllik sevinchlariga, orzu- umidlariga mast bo lib,Gullar bog‘ida tovlanib turibdi.Ammo uning timqora ko‘zlari ma`yus:kimnidir sog‘inadi, kimgadir intizor, qalbidagi mushtoqlik o‘ti tobora lovillab,avj oladi, bag‘ri o‘rtanadi, uning yoqimli kuyi bulbullarning va jamiki qushlarning jo‘r bo‘lib, musaffo tong quchog‘iga, poyonsiz vodiyga tarqaladi, ajib aks sado beradi. Braziliyaning mashhur yozuvchisi, Paulo Koeloning Alkimiyogar asarida Nargiz obrazi o‘zgacha tasvirlangan.Asarda quuidagicha rivoyat keltiriladi . Alkimiyogar qaysidir sayyoh keltirgan kitobni qo‘lga oldi. Kitob muqovasiz 168 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference edi,ammo muallifning nomini topdi-Oskar Uayldii-uni varaqlayotib,o‘z-o‘ziga oshiq bo‘lgan gul-Nargiz haqidagi rivoyatga ko‘zi tushdi. Butun kunlarini buloqdagi o‘z aksiga mahliyo bo‘lib o‘tkazadign go‘zal yigitcha haqidagi afsona Alkimyogarga tanish edi: Nargiz o‘z o‘ziga shunchalik uzoq termulib o‘tiradiki, oxir-oqibatda suvga qulab cho‘kib ketadi, qirg‘oqda esa bir gul unib chiqadi, unga Nargiz deb nom beradilar.iii Lekin bu rivoyatni Oskar Uayld o‘zgacha hikoya qiladi: «Nargiz halok bo‘lganidan so‘ng o‘rmon ilohalari-nimfalar ivbuloqning suvi ko‘z yoshlaridan sho‘r bo‘lib qolganligini payqadilar. «Nega yig‘layotirsan?»-deb so‘radilar o‘rmon ilohalari. «Nargizga motam tutyapman»,-deb javob berdi buloq. «Ajablanmasa ham bo‘ladi,-deyishdi o‘rmon ilohalari.-U o‘rmondan o‘tganda biz uning izidan yugurar edik, faqat sen uning jamolini yaqindan ko‘rgansan». «U chiroyli edimi?»-deb so‘radi buloq. «Buni sendan yaxshiroq biladigan bormikan?»- hayron qoldi o‘rmon lohalari.- Axir, usubhi sodiqdan kun botgunga qadar sening qirg‘oqlaringda suvlaringdan koz uzmay o‘tirmasmidi?» Buloq uzoq jim qoldi va nihoyat javob qildi: «Men Nargizning go‘zalligini payqamagan bo‘lsam ham, unga motam tutyapman,u har gal qig‘oqlarimga kelib bosh ko‘tarolmay suvlarimga termilganida uning ko‘zlari tubida mening go‘zalligim aks etar edi,ana shuning uchun ko‘z yoshlarimni tiyolmay yig‘layapman». Ikki ijodkorning asaridagi integratsiyasi, Nargiz obrazi estetikaning go‘zallik kategoriyasini ochib bera olagan. Lekin jaxon adabiyotida differensatsiyasi, Nargiz yigit qiyofasi obraz hisoblanib,fojiaviylikni ham ko‘rsatib berilgan.Chin ma`nodagi go‘zallik xalok bo‘lmasligi uning aksi ifodasi albatta davom etishi bilan ishonch, umidni ifodalaydi. Buloq hamda qirg‘oqlar o‘zini go‘zalligini Nargiz ko‘zlarida ko‘rib zavq olishida noadatiy estetik zavq bera oladi.Asardagi Nimfalar buloqning suvi sho‘r bo‘lishi ko‘z yoshlar sababligini ifodalaydi.Nargiz xalok bo‘lsada,qirg‘oqdan o‘sib chiqqan gullar Nargiz go‘zalligini davomchilari bo‘lib kolaishi asar ruhiyatini boyitdi. Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i» saridagi Nargiz gul go‘zal qiz obrazi ifodalaydi.Nargizda go‘zallik,do‘stlik ,ulug‘vorlik kuchlidir.O‘z dugonlarini xalok bo‘lmasligi uchun nozik bo‘lishiga qaramay tura oldi.Tubanlikka qrshi chiqdi.Yoriga sadoqatini ifodalay bildi.Go‘zallik kategoriyasi har ikki asarda ustivorligi bilan birlashtirsa,uni ifodalanishi mohiyati,borliq bilan munosabati,inson ruhiyati ta`siri ijodkorlarning mahoratidir.Estetik jozibasi 169 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qalblardan o‘rin olishi bilan ajraib turadi.Chunki go‘zallik makon zamon bilan birga yashaydi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1.Sharof Rashidov Kashmir qo‘shig‘i “Yosh Gvardiya”nashriyoti Toshkent-1
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada,Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i»asaridagi Nargiz obrazi hamda jaxon adabiyotida Paolo Koeloning «Alkimyogar»asarida Nargiz obrazlarinig qiyosiy tahlili asosida differensatsiya,integratsiyasi o‘rganil…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada,Sharof Rashidov «Kashmir qo‘shig‘i»asaridagi Nargiz obrazi hamda jaxon adabiyotida Paolo Koeloning «Alkimyogar»asarida Nargiz obrazlarinig qiyosiy tahlili asosida differensatsiya,integratsiyasi o‘rganil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- differensatsiya, Nargiz, go`zallik, nimfa, obraz, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025