Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLI TURMUSH DARAJASI TUSHUNCHASI HAQIDAGI ASOSIY ILMIY KONSEPSIYALAR
ILMIY KONSEPSIYALAR · Sharibayev A.M.
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada aholi turmush darajasi haqidagi asosiy ilmiy konsepsiyalar, aholi turmush darajasi tushunchasining turmush sifati va turmush tarzi kabi kategoriyalardan farqini yoritib berish bilan bir qatorda aholi turmush darajasiga berilgan turli ta’riflar haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar: Aholi turmush darajasi, turmush sifati, turmush tarzi, kambagʻallik, qashshoqlik, toʻkin-sochinlik, farovonlik. Harqanday davlatning siyosiy va ijtimoiy faoliyati birinchi navbatda aholi manfaatlari, uning turmush darajasini yaxshilash, yetakchi davlatlar qatoridan joy olishga qaratiladi. Aholi turmush darajasini oshirish bozor iqtisodiyotining asosiy maqsadi va davlatning ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Aholi turmushini ifodalash uchun «aholi farovonligi», «yashash sharoitlari», «turmush tarzi», «turmush sifati», «turmush darajasi» kabi birqancha tushunchalar qoʻllaniladi. Ushbu tushunchalar bir-biriga oʻxshash boʻlib koʻrinsa da mazmuni jihatidan birqancha farqlarga ega. Shuningdek ushbu kategoriyalar oʻzaro bogʻliqdir. Aholi farovonligi kategoriyasi insonlarning ehtiyojlarining rivojlanishi, turmush faoliyatidagi asosiy muhit: ish joyi, iste’mol, ijtimoiy-siyosiy turmushta ularning qanoatlantirilish yoʻllari va sharoitlarini oʻz ichiga oladi. Oʻtgan asrning 70-80-yillarida «turmush tarzi» atamasi keng qoʻllanilgan. Bunda turmush faoliyatining sifat koʻrsatkichlari «turmush tarzi», miqdoriy koʻrsatkichlari esa «turmush darajasi» bilan ifodalangan. Turmush tarzi, odatta insonlarning yashashi, mehnat qilishi, sogʻligi va hulq-atvori kabilar orqali ifodalanadi. Aholining turmush tarzi ularning yashash oʻrni, milliy urf-odatlari, kundalik ishlari asosida shakllanib, tarixiyb davrlar davomida oʻzgarib boradi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholining turmush darajasi insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qanoatlantirish darajasi sifatidagi nuqtai nazarlar ustuvor boʻlgan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida aholining iste’moli haqidagi tushunchalar oldingi oʻringa chiqdi. Turmush darjasini baholashdagi iste’molning ustuvorligi I.I.Eliseyeva, V.M.Jerebin, A.N.Romanov tomonidan taklif etilgan [1;2]. Masalan, I.I.Eliseyevaning takidlashicha, «turmush darajasining asosida aholining zarur moddiy buyumlar va xizmatlarga boʻlgan 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference talabining yuqori darajada ta’minlanishi hamda turli ratsional iste’molning qanoatlantilishi yotadi. B.K.Gʻoyibnazarov, Y.Abdullaevlarning ta’riflariga koʻra, «Aholi tumush darajasi – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, insonlarning mofddiy va madaniy, hayotiy ehtiyojlarining qanoatlantirilishi, ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi kabi tushunchalarni oʻz ichiga qamrab oladi [3]. «Aholi turmush darajasi» tushunchasiga D.Tojibayeva tomonidan berilgan ta’rifda iste’molning miqdor va sifat koʻrsatkichlariga alohida e’tibor qaratilgan boʻlsa, Q.X.Abduraxmonov, S.Alibekovlarning fikricha, bir tomondan aholi iste’nolining rivojlanishi uchun imkoniyatlar darajasi, ikkinchi tomondan, ularni qanoatlantirish uchun foydalaniladigan hayotiy buyumlar va xizmatlarning miqdor va sifati deya qaraladi [4]. Ayrim olimlar esa, jumladan R.F.Djumanova aholi turmush darajasini yanada toʻligʻiroq ochib berish uchun inso rivojlanishining koʻrasatkichlaridan biri boʻlgan, mamlakatning rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy iste’mol koʻrsatkichini, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotni ham kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. V.N.Salin, E.P.Shpakovskaya, M.G.Nazarovlar «aholi turmsh darajasi – bu insonlarning hayotiy faoliyati eng dastlab, real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yigʻindisini ifodalovchi murakkab va koʻp qirrali kategoriya boʻlib, ijtimoiy rivojlanishning muhim koʻrsatkichidir», deb koʻrsatishgan [5;6]. Turmush sifati – inson ehtiyojlarining tarkibi va ularni qanoatlantirish darajasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhit bilan oʻzaro olaqalari, hayottan qanoatlanish tuygʻusini sifatlab beruvchi omillar majmuasidir [7]. Aholi turmush sifatini moddiy boylik va sharoitlardan tashqari salomatlik, ma’lumotlilik darajasi, madaniyatning rivojlanish darajasi, atrof-muhitning yashash uchun qulayligi kabi omillar ham belgilab beradi. Demak, insonning yaxshi yashashi uning moddiy ehtiyojlari yuqori darajada qanoatlantirilganligi bilan birga, zamonaviy sivilizatsiya, ilm-fan, texnika va texnologiyaning yutuqlaridan keng foydalanish imkoniyatlariga ega ekanligini nazarda tutadi. Oʻzbekistonda aholining moddiy, ruhiy, ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish darajasini anglatuvchi «turmush darajasi» nomi kengiroq qoʻllaniladi. Bunday ta’rif koʻproq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shuning bilan birga turmush darajasi – koʻplab omillarning yigʻindisi tasirida oʻzgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi doimiy tarzda oʻzgarib boruvchi turli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qanoatlantirish imkoniyati, tovarlar va xizm
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada aholi turmush darajasi haqidagi asosiy ilmiy konsepsiyalar, aholi turmush darajasi tushunchasining turmush sifati va turmush tarzi kabi kategoriyalardan farqini yoritib berish bilan bir qatorda aholi tu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada aholi turmush darajasi haqidagi asosiy ilmiy konsepsiyalar, aholi turmush darajasi tushunchasining turmush sifati va turmush tarzi kabi kategoriyalardan farqini yoritib berish bilan bir qatorda aholi tu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turmush sifati, toʻkin-sochinlik, turmush tarzi, Aholi turmush darajasi, farovonlik., qashshoqlik, kambagʻallik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026