Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA XALQARO VA MILLIY MEXANIZMLAR
Yo‘ldashova Sevara Nuraddin qizi
Академические исследования в современной науке · 1979
Аннотация
This article provides information on comprehensive support measures for women, as well as international and national mechanisms for the protection of women's rights, as well as the reforms currently being implemented in our country. Keywords:Women,equality,rights,discriminaton,opportunity,social, support, convention, society,constitution,justice Аннотация: В данной статье представлена информация о комплексных мерах поддержки женщин, а также о международных и национальных механизмах защиты прав женщин, а также о реформах, реализуемых в настоящее время в нашей стране. Ключевые слова: Женщины, равенство, права, дискриминация, возможности, социальная поддержка, конвенция, общество, конституция, справедливость. Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida xotin-qizlarning huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi vaziyat ham jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yil 18 dekabrda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan. Ushbu Konvensiyaga O‘zbekiston 1995 yil 6 mayda qo‘shilgan. Konvensiyaning bajarilishi bo‘yicha O‘zbekistonning Oltinchi davriy ma’ruzasi BMT Xotin- qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qo‘mitasining 2022 yil 15-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan 81-sessiyasida ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi yaratilgan va u oltita yo‘nalishdan iborat. Birinchidan, bu borada zarur huquqiy baza yaratilgan; ikkinchidan, tegishli institutsional tizimga asos solingan; 60 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference uchinchidan, muayyan o‘quv-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yilgan; to‘rtinchidan, sohaga oid qonunlar ijrosining monitoringi olib borilmoqda; beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda; oltinchidan, ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham ushbu muhim masalalar o‘z aksini topdi. Shuningdek, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan. Keyingi yillarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasiga muvofiq xotin-qizlarni himoya qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murosasizlikni ta’minlash borasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, barcha xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan 9 ta maqsad ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilmoqda. O‘quv kursida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy bo‘limlari va namunali tumanlararo markazlari direktorlari hamda huquqshunoslari – jami 50 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi doirasida o‘tkazildi. Bunda asosiy e’tibor, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini hisobga olgan holda, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari rahbar va xodimlarining ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini xalqaro amaliyot hamda milliy tajriba negizida qo‘llashga oid amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratildi. Oflayn va onlayn tarzdagi mashg‘ulotlarda: inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning mazmun-mohiyati va mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyati; ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari: xalqaro va milliy mexanizmlar; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan o‘tkazilayotgan profilaktika ishlari; 61 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga yordam berish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar; gender tenglikni ta’minlash: xalqaro va milliy tajriba yuzasidan tinglovchilarning bilimlari oshirildi. Ayni mavzularda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi ekspertlari tomonidan ham kerakli chora tadbirlar o‘tkazilayotganligi ham yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tiborning yuqoriligidandir va bularning barchasi yurtimizda ayollarning huquqlari va imkoniyatlari yanada himoya qilinib, yuqori bosqichga ko‘tarilayotlanligidan dalolat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2.https://u
Доказательный фрагмент
«This article provides information on comprehensive support measures for women, as well as international and national mechanisms for the protection of women's rights, as well as the reforms currently being implemented…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on comprehensive support measures for women, as well as international and national mechanisms for the protection of women's rights, as well as the reforms currently being implemented… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Women, equality, rights, discriminaton, opportunity, social, huquq, tenglik, Ayol, konstitutsiya, kamsitish, adolat., jamiyat, gender tenglik, imkoniyat, konvensiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025