К содержанию
РецензированоRU2026

ESSE YOZISHDA MAHORAT VA USLUB

Nasridinova Gulbahor O‘ktam qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье изучаются этапы развития эссе в узбекской литературе, одновременно рассматриваются и периоды возникновения жанра эссе в мировой литературе. Ключевые слова: Эссе (искусство), мастерство, стиль, биография, память. Abstrac: In this article, the stages of the development of essay writing in Uzbek literature are studied, at the same time, the periods of emergence of the essay genre in world literature are also shown. Keywords: Essay (badi'a), skill, style, biography, memory. Essega berilgan ta’rif vaqoialarda shuni ko‘rsatadiki «hayot haqiqatlari»dan «badiiy haqiqat» chiqarib yozilgan asarlar esse nomi ostida birlashadi. Mishel Monten «Esselar» kitobining «kitobxonga» deb nomlangan muqaddima qismida shunday e’tirof etadi: «Kitobxon, bu samimiy asar. Men bu asarni eng yaqin jigarlarimga atab yozganman.….Qandaydir shon-shuxrat uchun emas, kitob orqali ma’naviy qiyofamni, fe’l-atvorimni, sajiyamni qayta tiklab eslashlarini istayman …..bu kitobni mazmuni-men o‘zim….?» Esse bugungi badiiy-hujjatli nasrning yetakchi yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi. Hayotiy, haqqoniy va holislikka asoslangan realistik idrok va ifoda madaniyati takomilida hujjatli adabiyotning o‘rni beqiyos. Hayotiy dalillarga tayanib haqqoniy yaratish mayli-ishtiyoqi essechilikning keng palak yozishini taminlaydi. Bir so‘z bilan aytganda ijodkorning tuyg‘u-tafakkur madaniyati esse janri markazida turadi.Voqea-hodisa jarayonlarini ko‘ngil ko‘zidan, aql-idrokidan o‘tkazadi, o‘z munosabatini bildiradi. Shu ma’noda ijodiy ruhning parvozi-muallif individualligi, shaxs va jamiyat psixalogiyasini yaratishdagi nuqtai-nazari esse 71 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference janrining rivojlanishini belgilab beradi. O‘zbek adabiyotshunosligida essening haqqoniylik masalasi mahsus tadqiq qilinmagan. Disertatsiyamizning mavzusidan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak,hozirgi o‘zbek adabiyotida deyarli hamma ijodkorlari esse janriga qo‘l urganligini guvohi bo‘lamiz.Bu esa o‘z navbatida esse janr sifatida o‘zbek adabiyotida taraqqiy topganligini bildiradi.O‘zbek adabiyotida shukungacha yozilgan esselarni hisoblab qaraydigan bo‘lsak ular son jihatdan juda katta o‘rinni egallashi shubhasiz. Tadqiqotchi sifatida o‘rgangan esselardagi xaqqoniylik masalasini yoritib berish bizning asosiy ishimizdir. Asosiy ob’ektimiz O.Sharafiddinov va S.Ahmad esselarini tatqiq etish tadqiqotimizning muhim vazifasidir. «Biografiya yozish nihoyatda murakkab ish»,-dedi filologiya fanlari doktori, professor Abdug‘afur Rasulov. Biografiya yozuvchi, san’atkor, olim tadqiqchi, ixtirochi hayotning muhim, nozik tomonlarini ko‘rsatib berishi zarur. Biografiyaning janr shakillari ko‘p. Tanqidiy-biografik ocherk, adabiy potret, xotira,badia-esse,biografik asar janrlaridir. Ozod Sharafiddinov yangi o‘zbek adabiyotining namoyandalari haqida biografik-esse yozgan. Har bir munaqqid, adabiyotshunos «esse» yozishga o‘zicha yondashadi, ko‘nglidagini aks ettirishga intiladi. Olimning «Nutq» nomli esse tadqiqoti O.Yoqubov faoliyati mohiyatini yarq ettirib yoritgan. O.Sharafiddinov, A.Oripov haqida ko‘p yozgan. Lekin «Muvashshah» essesida shoir haqidagi asosiy gapni ayta olgan. Olimning «Shunday shoir o‘tgan edi»(Zohidjon Obidov) haqida, «Xayollar bandasi», «Mudom minnatdorman», «Umarbekovning o‘lmas fazilatlari», «Otajon Hoshim shaxsiyati» «G‘afur G‘ulom kulgusi», «Kibriyo opaning holvasi», «Chinorlardan biri»(A.Qahhor),«Sizni sog‘indim Zulfiya opa»,«Jannati odam edi» (Charxiy), «Tenqurlarining sarvari» (SarvarAzimov), «Muzayna Aliviya haqida», «Said Ahmadningsan’ati», «Yo‘lboshchi», «Prizidentimga», «Inson hamisha mehrga muhtoj» kabi esselari bor. Ozod Sharafiddinov esse yozar ekan, u qahramonining bosh xususiyatini topib bitadi. Masalan u Oybekni millatni uyg‘otgan adib ekanini chuqur anglab yetgan xuddi shunday G‘afur G‘ulomni ham bolalik davridan ko‘rgan, bilgan, uning asarlari ijodi haqida ko‘p yozgan, nihoyatda, G‘afur G‘ulom xalq hayoti bilan chambarchas bog‘langan san’atkor ekani esselarida aniq ko‘rsata olgan. O.Sharafiddinov esselaridagi o‘z qahramonlarini juda yaxshi bilardi va shuning uchun ham qahramonning xarakteridagi bosh xususiyatni, asosiy nuqtani topa olgan.Tadqiqotimizning yana bir ob’ektimiz «Yo‘qotganlarim va topganlarim» xotira-esselar kitobi muallifi Said Ahmad hozirgi kunda unitilmas xotiralarga aylangan atoqli adabiyot arboblari haqida 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xotira kitob yozgan.Ular bilan uzoq vaqt birga bo‘lgan. Xalq ardog‘idagi bu benazir insonlarning nurli kunlarida ham,a’lam-istirob chekkan onlarida ham yonlarida bo‘lgan, yozuvchining o‘tkir nigohidan o‘tgan sof haqiqatdir. Kitobning birinchi bobida tilga olingan va ajib mehr bilan tasvirlangan ustozlar endi yo‘q. Ular xalqqa, vatanimiz badiiy xazinasiga qimmatbaho gavharlar qoldirib, o‘zlari yo‘qlik sari ketganlar. Yozuvchining badiiy mahorati yuksak darajada bo‘lgani bois, asardagi tasvir rang-barangligini, asar m

Доказательный фрагмент

«В данной статье изучаются этапы развития эссе в узбекской литературе, одновременно рассматриваются и периоды возникновения жанра эссе в мировой литературе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье изучаются этапы развития эссе в узбекской литературе, одновременно рассматриваются и периоды возникновения жанра эссе в мировой литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Essay (badi'a), skill, style, biography, memory, Esse ( badi’a), uslub, mahorat, xotira., biografiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники