К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SHE’RIY QISSACHILIK XOLIS VA SHAMSIDDIN O’ZGANDIY SHE’RIY QISSALARI

Kentayeva Gulmira Ismadiyarovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Xolis va Shams O’zgandiyning she'riy qissalari, Xolis she’riy qissalari va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalaridagi badiyylik, umumiy va o’xshash jihatlarining yoritib berilishi. Tayanch so'z va iboralar: Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik, islom tarixi, turkiy xalqlar, axloqiy didaktika. Shamsiddin O’zgandiy va Xolis she’riy qissalarining o’ziga yarasha juda ko’plab bog’liqliklari bor. She’riy qissalar mazmun va mohiyatan payg’ambarimiz hayot yo’llari ularning oila a’zolari, xalifa, sahobalari hayotlari to’g’risida yoritiladi. Tarixiy voqealar badiiy tarzda adabiyotga kirib keladi. Har bir qissalar bizni ma’nan tarbiyalaydi. Didaktik tarbiyaviy jihatdan hayotimizni to’g’ri yo’lga qo’yishga o’z hissasini qo’shadi. Bu ikki ijodkorning she’riy qissalarni yozishdagi mahoratlari ham bir biriga o’xshaydi. Chunki ular Yassaviy maktabi shogirdlari qatoriga kiradi. Yassaviy maktabi ijodkorlari pand nasihat yuklovchi didaktik adabiyotga yuzlanishgan. O’sha davr ijodkorlari va undan keyingi Yassaviy izdoshlari o’zlarining bir qator she’riy qissalari yozish bilan bizgacha yetib kelgan. She’riy qissalar hozirgi o’zbek adabiyotida deyarli o’rganilgan emas. Xolis va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalari va ijod namunalari yetarlicha bizgacha o’rganilgan emas. ʻʻXolis va Shamsiddin O’zgandiy ijodini va she’riy qissalarini taqqoslab o’rganadigan bo’lsak, ularning o’xshash jihatlari talaygina. Xolis va Shamsiddin O’zgandiy ijodiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ular o’sha davr Qo’qon ijodiy maktabida faoliyat yuritganliklari ko’zga tashlanadi. Xolis o’zi tug’ilib o’skan Sayram shahridan vodiy tomonlarga Farg’ona vodiysiga kelib qolganligi va Yassaviy maktabi izdoshi sifatida ko’rsatilib, she’riy qissalar yozib qoldirgan. Shamsiddin O’zgandiy ham Farg’ona vodiysidan bo’lib, Qo’qon adabiy muhitidan kelib chiqib she’riy qissalar yozib qoldirgan’’1. Ularning umumiy va o’xshash jihatlari nafaqat she’riy qissalarida balkim, hayotiy faoliyatlari ham o’xshashdir. Har ikkala ijodkor ham she’riy qissalar yozishda tarixiy faktlar, joy nomlari va badiiy tasvir vositalaridan keng foydalanishadi. She’riy qissalarning voqealar bayoni turlicha bo’lsa ham, ularning tili bir-biriga yaqin. Yozish uslublari ham 1 Haqqul Ibrohim. Tasavvuf va she’riyat. – T.: Adabiyot san’at nashiriyoti, 1991. -184 b. 108 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o’xshashdir. ʻʻShamsiddin O’zgandiyning ʻʻBibi Fotima’’ qissasi, Xolisning ʻʻ Ibratnoma’’ sidagi she’riy qissalar mavzu jihatdan farqlansa ham ularning yozish uslublari bir biriga yaqin. She’riy qissalar mavzu jihatidan pand nasihat, didakttik uslubda yozilib, hadislarga o’xshab o’qigan o’quvchida tarbiyaviy xulosaga boshlaydi’’2. Har ikkala ijodkorning ham she’riy qissalari islom dinidagi farz va sunnat amallar, yaxshilik va yomonlik, mehr- oqibat, qarindoshlik rishtalari, ota-onaga, farzandga muhabbat kabi insoniy tuyg’u va amallarni o’zida singdirgan. ʻʻPayg’ambarimiz Muhammad s.a.v hayot tarzlari, tarixiy voqealar, ularning oila a’zolari, farzandlari, xalifalari, sahobalari haqidagi tarixiy haqiqatlar ushbu she’riy qissalarda badiiy tarzda yoritilgan. Buni tahliliy jarayonda ham ko’rish mumkin’’3. She’riy qissada payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. vafotlari xabarini eshitib ahli ummatlariga qilgan vasiyat nasihatlari tarixiy voqea Xolisning she’riy qissasi orqali bizga badiiy uslubda yetib keldi. Diniy tomonlama islom dini nafaqat yaxshilikka chorlaydi, balkim yomonlarga ham yaxshilik qilishni, ularni kechirishni, afv etishni buyuradi. Shunday mukammal din islom dini bizni tarbiyalaydi. To’g’ri yo’lga boshlaydi. Qalbimizda iymonni uyg’otadi. Hayotdagi vazifalarimizni yodimizga soladi. Inson bo’lib tug’ilib, bu olamga nima sababdan kelishimiz, atrofdagilarga qanday munosabatda bo’lishimiz, yashab o’tgan hayotimiz sarhisobi qanday bo’lishi kerakligini, bizga dinimiz, Qur’on kitobimiz, payg’ambarimizning nasihatlari, ular yashab o’tgan umrlari bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Inson turli xil vaziyatlarga tushadi. Turli xil sinovlarni boshdan kechiradi. Ammo to’g’ri yo’lni tanlash uchun biz Allohdan madad kutamiz. Xuddi shu kabi she’riy qissalar ham bizga hadislar singari ma’naviy ozuqa berib, yaxshi va yomonni ajratishga, tarixiy voqealar asosida badiiy ko’rinish berib to’g’ri yo’lga boshlaydi. ʻʻInsonni ma’nan tarbiyalashga yordam beradi. Xolis va Shamsiddin Oʻzgandiy hayot va ijod yoʻlini oʻrganib, uning qissalariga toʻxtalib, shularni xulosa qilib oʻtish mumkin. Inson yaratilishidan asosiy maqsad, uning bu dunyodagi vazifalari, yaxshilik va yomonlik, iymon va e’tiqod masalalari, Alloh taolo buyurgan ishlarga qaytish, yomonliklardan yiroq boʻlish, iymonni mustahkam qilish va eng kerakligi Qur’oni karim sura va oyatlarini qalbimizga jo qilishni oʻrgatadi, bizga eslatadi’’4. She’riy qissalar yozishda Xolis va Shamsiddin 2 Эшмуҳамедова М. Яссавий издошлари ижодининг манбашунослиги масалалари // Ислом нури. УзХИА, 2021, № 1. – Б. 60-69. 3 Javohirul hikoyat. Ibratli hikoya

Доказательный фрагмент

«Xolis va Shams O’zgandiyning she'riy qissalari, Xolis she’riy qissalari va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalaridagi badiyylik, umumiy va o’xshash jihatlarining yoritib berilishi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xolis va Shams O’zgandiyning she'riy qissalari, Xolis she’riy qissalari va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalaridagi badiyylik, umumiy va o’xshash jihatlarining yoritib berilishi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turkiy xalqlar, Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik, islom tarixi, axloqiy didaktika.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники