Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIM YO‘LLARI TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI HOLATI O‘RGANISH.
Isayev Jahongir Azamat o‘g‘li · Amanov Atabek Abdumalik o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Bu maqolada asosan Rim yo‘llariga murojaat qilingan bo‘lib, qadimda Rim imperiyasida yo‘llari va ko‘piriklarni qurilishi, tanlangan kanstruksiyalari, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi mavjud bo‘lgan zamonaviy holati o‘rganilgan. Kalit so‘zi: rim imperiyasi, rim yo‘llari, savdo yo‘li, ko‘priklar. Rim imperiyasi ushbu yo‘llar orqali mustamlaka davlatlardan natural ko‘rinishda soliqlar g‘alla, tilla va kumush, mis va temir, hayvonlarni haydab borish, yangi egallangan joylardan qullarni haydab kelish, bezak taqinchoqlari, mo‘yna, shoyi, fil suyagidan tayyorlangan buyumlari, marvarid, olmos, davlatlardan shirinliklar tashilgan bo‘lib, Rim ular bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. 1- rasm. Rim imperiyasining yo‘l tarmog‘i. 1-asosiy yo‘llar, 2-savdo yo‘llari, 3-ikkinchi darajali yo‘llar. Rim yo‘l tarmog‘i sekin asta bosqichma-bosqich tiklangan va rivojlangan Davlat qo‘shni davlat hududini bosib olishi bilan kengaya borishi bilan birga uning alohida elementlarining vazifalari ketma-ket o‘zgarib borgan. 103 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Qadimgi Rim yo‘llari keng ma’noda xalq ichida “Yo‘l - bu hayot” so‘zida o‘z aksini topgan bo‘lib, xalqaro yo‘lchilar birlashmasi - yo‘lchilar assotsatsiyasi kongresi - PERMAMENT INTERNATIONAL ASSOSIATION ROAD CONGRESSES - PIARC ning ishlariga aylangan. 2-rasm. Rim yo‘llari. 1-Avreliev yo‘li; 2-Korneniya yo‘li; 3-Klovdiya yo‘li; 4- Kassiya yo‘li; 5-Flameniya yo‘li; 6-Tibr yo‘li; 7-Solyan yo‘li; 8-Nument yo‘li; 9- Taburten yo‘li; 10-Valeriev yo‘li; 11-Sublok yo‘li; 12-Kollatsiya yo‘li; 13-Prepistin yo‘li; 14-Labik yo‘li; 15-Tuskul yo‘li; 16-Lotin yo‘li; 17-Appiev yo‘li; 18-Ardey yo‘li; 19-Lavin yo‘li; 20-Lavrent yo‘li; 21-Severian yo‘li; 22- Ostiy yo‘li; 23- Kampan yo‘li; 24-Port yo‘li; 25-Vittelliya yo‘li; 26-Triumfal yo‘li. Rim yaqinida saqlanib qolgan Appiev yo‘lining bo‘lagi Rim yo‘llari haqida tasavvur qilish uchun etalon bo‘lib qolgan. Appiev uni bu yerga boshqa viloyatlardan maydalab olib kelgan. Bunday mahsulot bu mamlakatda bo‘lmagan. Bu toshlar silliq va ravon qilib, chetlari to‘g‘ri burchakli qilingan, ularni bir-biriga zich qilib joylashtirilgan bo‘lib, ularni mustahkamlashda sement yoki boshqa xom-ashyolar qo‘shilmagan. Ular shunday zich qo‘yilganki, uning ustidan har kuni ko‘plab aravalar va har xil hayvonlar o‘tsa ham birorta tosh buzilmagan ham joylaridan ko‘chib chiqmagan, shuningdek ularning yaltirashi ham yo‘qolmagan. 104 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3- rasm. Rim yo‘llari qoplamasi tuzilmasiga misollar. a-v-N.Berje bayon qilgan Reymsa shahri atrofidagi yo‘llar. g,d va y,e-Keln shahri tomonidagi yo‘llar. j-Redstok shahri yaqinidagi Britaniyadagi yo‘l. z-Quyi Reyndagi yo‘l. i- Parijdagi shimoliy Yakov ko‘chasi (qatlamaning qalinligi ko‘rsatilmagan). 1- chaqiq tosh; 2-sementlangan yo‘l; 3-shag‘al yoki qum shag‘al; 4-oxak toshli yoki qumli qattiq bo‘lak (plita); 5-sementlangan qattiq bo‘lak (plita); 6- sementlangan shag‘al; 7-soz tuproq; 8-sementlangan qum chaqiq tosh; 9-sementlangan ohaktosh-chaqiqtosh; 10-yirik tosh; 11-maydalangan g‘isht va shag‘al aralashmasi; 13-loy; 14-yupqa qattiq bo‘lakcha qo‘yilgan sementli chaqilgan tosh. Shimoliy Afrika (Karfagen, Antioxiya, Aleppo, Efezus) shaharlarining ko‘chalari va shahar atrofidagi yo‘llari ko‘p qirrali va to‘g‘ri burchakli qilib juda noziktablik bilan o‘rnatilgan tosh bo‘laklaridan to‘g‘ri, ko‘ngdalang, qatorli qilib o‘rnatilishi, ammo bo‘ylama choksiz bir-biriga bog‘lanishi tasniflidir. Bu katta toshlar yo‘nilgan, ishlov berilgan toshga o‘xshaydi. Bu yo‘llarda tantanali yurishlar o‘tkazilgan. Ayrim tarixchilarning fikricha Rim yo‘llari qoplamasida beton bilan bog‘langan beton qoplama yoki toshning mavjudligini taxmin qilinadi. 105 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 4-rasm. Rim yo‘llarining gepotetik tuzilmasi. 1-qattiq bo‘lak (plita, summa dorsum) yoki sementlangan shag‘al (summa crusta); 2-j-kattalikdagi yong‘oqli (nucleus) tosh; 3-musht o‘lchamli tosh (rudus); 4-2-qavat qattiq bo‘lak plita (statumen). Rim yo‘llarining qoplama tuzilmalari o‘rganilganda shunisi xarakterliki, holatni bayon qiluvchi mualliflar qattiq tosh bo‘laklari (plita) qorishmaga qo‘yilgan, ularda sement qorishmasi mavjudligini ko‘rsatishgan, qoida bo‘yicha yo‘l qoplamalari ma’lum qalinlikda, ya’ni 1metrdan oshiq va ko‘p qatlamli bo‘lgan (5-rasm). Rim yo‘llari “tuproqdagi devor”dan tashkil topgan deb nemis muhandisi Matshoss (S.Matchoss) 1911 yilda o‘z fikrini bildirgan. Ularni mustahkam monolit yaxlit qilish uchun nisbatan qalin bir necha qatlamda qurishgan. Bundan maqsad mustamlaka davlatning aholisi qo‘zg‘alaganda uni shikaslantirmasligi yoki buza olmasligidir. 5- rasm. Rim yo‘lining tuproq bilan qoplangan ko‘ngdalang kesimi. 1- tuproq yuzasi; 2-tosh bilan qoplangan ariqcha; 3-yirik toshlar; 4-shag‘al; 5- yonboshdagi toshli suv arig‘i; 6-tayanch devorlar; 7-suv ariqcha; 8-ohakli shag‘al; 9-ohakl
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada asosan Rim yo‘llariga murojaat qilingan bo‘lib, qadimda Rim imperiyasida yo‘llari va ko‘piriklarni qurilishi, tanlangan kanstruksiyalari, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi mavjud bo‘lgan zamonaviy…»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada asosan Rim yo‘llariga murojaat qilingan bo‘lib, qadimda Rim imperiyasida yo‘llari va ko‘piriklarni qurilishi, tanlangan kanstruksiyalari, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi mavjud bo‘lgan zamonaviy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rim yo‘llari, rim imperiyasi, savdo yo‘li, ko‘priklar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024