К содержанию
РецензированоUZ2026

NISHONLANGAN SANOATBOP TUT IPAK QURTI DURAGAYLARINI YARATISHNING ILMIY ASOSLARINI O’RGANISH

Nortosheva Nozima Abror qizi

Академические исследования в современной науке · 16 · 227-237 · 2026

Аннотация

Analysis of productivity indicators of half-marked breeds of the world collection of silkworms of the Sericulture Research Institute, improvement of some valuable indicators of selected breeds, the problem of butterflies not emerging from cocoons in half-marked breeds, hybridization among half-marked breeds. selection, the processes of creating combinations, testing the created hybrids in laboratory and production conditions are presented. Kalit so‘zlar: tut ipak qurti, tut bargi, tuxum, embrion, lichinka, g‘umbak, dasta, g‘ana, pilla, kapalak, zot, duragay, geterozis, urg‘ochi, erkak, jins bo‘yicha nishonlangan. Keyingi yillarda pillachilikni rivojlantirish, sifatli ipak xomashyosini tayyorlash bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-sonli, 2018 yil 20 martdagi “Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3616-sonli, 2018 yil 4 dekabrdagi 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4047 sonli, 2020 yil 17 yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4567-sonli hamda 2020 yil 2 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4817-sonli qarorlarida ipak qurti seleksiyasi yutuqlarini keng sinovdan o‘tkazish, tut ipak qurti zot va duragaylarining birlamchi urug‘chiligini rivojlantirish, hududlar tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqish orqali xalqaro standartlarga mos zot va duragaylarni yaratish, mahalliy ipak qurtlari va pilla ishlab chiqarishni oshirish, ularning sifatini yaxshilash yo‘li bilan ipakchilik sanoati eksport imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda mamlakatimizda pilla yetishtirish va pilla ipining texnologik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan yangi seleksiya usullarini ishlab chiqish borasida istiqbolli ilmiy izlanishlarni olib borish zarurdir. O‘zbekiston iqlim sharoitida, faqat keskin iqlim sharoiti o‘zgarishiga, quruq, issiq va chang havoga, namligi past tut bargiga, mahalliy mikrofloraga genetik jihatdan moslashgan tut ipak qurti zotlarigina yaxshi rivojlanib, yuqori hosil berishi mumkin. Bunday talablarga jinsi bo‘yicha genetik jihatdan modifikatsiya qilingan, O‘zbekistonda yaratilgan zotlar javob beradi. Tadqiqot uslublari IITI ning jahon kolleksiyasidagi zotlardan tadqiqot uchun jinsiy W xromosomaga W W , W W , W W genlar translokatsiya qilingan, tut ipak 2 2 3 3 5 5 qurtining 12 ta zoti tanlanib olindi. Ushbu zotlar genetik modifikatsiyasiga ko‘ra, tuxumlar rangiga qarab, erkak (rangi oqish) va urg‘ochi (rangi qoramtir) jinslarga bo‘linadi. Bular S-5, S-5pr.g., S-6, S-10, S-12, S-13, S-14, Belokokonnaya 1, Belokokonnaya 2, SANISh 8, SANISh 9 zotlaridir. Tuxum bosqichida jinsi bo‘yicha belgilangan zotlar haqidagi ma’lumotlar katalogdan olingan. Jinsi bo‘yicha tuxum bosqichida belgilangan zotlar bilan seleksiya ishlari “Tut ipak qurti bilan naslchilik ishlari olib borishining asosiy uslubiy qo‘llanmasi”ga ko‘ra olib borildi. Unga, jinsi bo‘yicha belgilangan zotlarning genetik xususiyatlarini hisobga olib, bir oz o‘zgartirishlar kiritildi. Jinsi bo‘yicha tuxum bosqichida belgilangan zotlar oilalari, jinslar bo‘yicha alohida inkubatsiya qilindi. Tuxum bosqichida oilalar, past reproduktiv ko‘rsatkichlari, jinslar nisbatining notoo‘gg‘riligi va tuxumlar jonlanish foizining pastligi bo‘yicha 117 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ajratib, saralandi. Qurtlarning ikkinchi yoshida boqish uchun, har bir oiladan 110 ta erkak va 110 ta urg‘ochi (qoramtir, oqish) tuhumlar sanab olinib, ular birgalikda boqildi, laboratoriya sinovlari uchun mo‘ljallangan duragaylardan 150 tadan (3 qaytarilishda) qurtlar sanab olindi. Qurt bosqichida, rivojlanishi bir-xil bo‘lmagan va hayotchanligi past bo‘lgan qurtlar olib tashlandi. Oilalarning tahlili 50 dona pilla namunasi bo‘yicha o‘tkazildi (25 dona urg‘ochi va 25 dona erkak). Ipakchanligi, pilla va qobiq massasi juda past bo‘lgan oilalar ajratilib, olib tashlandi. 1-rasm. Qurtlik bosqichida nishonlangan duragaylar Har qaysi zot bo‘yicha pillalarni tahlil qilish erkak va urg‘ochi jinslarda alohida-alohida o‘tkazildi. Oilalar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, yirik qobiqli yuqori ipakchan va shakli hamda donadorligi bo‘yicha pilla zotlariga mos bo‘lgan pillalr, boshlang‘ich material quymasini tayyorlash uchun tanlab olindi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Hozirgi vaqtda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida

Доказательный фрагмент

«Analysis of productivity indicators of half-marked breeds of the world collection of silkworms of the Sericulture Research Institute, improvement of some valuable indicators of selected breeds, the problem of butterfl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Analysis of productivity indicators of half-marked breeds of the world collection of silkworms of the Sericulture Research Institute, improvement of some valuable indicators of selected breeds, the problem of butterfl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tut ipak qurti, tut bargi, g‘umbak, dasta, geterozis, kapalak, urg‘ochi, pilla, lichinka, zot, duragay, erkak, jins bo‘yicha nishonlangan., embrion, tuxum, g‘ana
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники