Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARTISHOK (S.SCOLYMUS L.) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI.
Ahmedova Iroda Asliddin qizi
Академические исследования в современной науке · 357-373 · 2000
Аннотация
The article discusses the origin, distribution, anatomy, morphology, reproduction methods, and medicinal properties of the artichoke plant. Kalit so‘zlar: acteracea oilasi, cynara-scolymus, cynara turkumi, dicotyledones sinfi, angiospermae bo‘limi, flora. Key words: family acteracea, cynara-scolymus, genus cynara, class dicotyledones, section angiospermae, flora. Artishok (arabchadan yer tikan deb tarjima qilinadi)- murakkabgullilar oilasiga mansub ko‘p yillik sabzavod o‘simlikgidir. A.A. Tavernete fikricha, artishok bundan 2000 yil muqaddam sabzavot o‘simliklari orasida keng tarqalgan. Italiyada (Rim imperiyasi) 5000 yildan buyon artishokni madaniy o‘simlik sifatida ekib, oziq-ovqat maxsuloti sifatida yetishtirib kelinmoqda. Artishok haqidagi dastlabki ma’lumot eramizdan avvalgi 100-yillarga to‘g‘ri keladi. Artishok (S.scolymus L.) madaniy holda u dastlab Sisiliya, keyinchalik Gretsiya va Italiyada keng tarqala boshlagan. Eramizdan 77 yil avval rimlik olim Pliniy artishokni yerdagi “bahaybat maxluq” deb atagan. Yil davomida badavlat rimliklar artishokning bargini ko‘proq asalga aralashtirib, sirkaga solib istimol qilishgan. Eramizdan 800 yil avval shimoliy Afrikalik murlar Grenada va Ispaniya yaqinida artishokni yetishtira boshlagan. Boshqa qabilalar - arablar, sarasinlar artishok bilan Sisiliyada tanishishgan va istimol qila boshlagan. Artishok arabcha «Al-karshuv» so‘zidan olingan bo‘lib, “Yertikan” degan ma’noni bildiradi. Artishokni Kaliforniyaga 1600-yilda ispaniyaliklar olib kelgan bo‘lsada, sabzavod ekinimiz aholi o‘rtasida oziq-ovqat maxsuloti sifatida keng tarqala olmagan. 1922-yilda Andru Molera Kaliforniyadagi Salina vodiysida, San- Fransiskoning janubiy tomonida fermerlarga sabzavod ekinini yetishtirish uchun yer ajratib bergan. O‘simlikning aholi o‘rtasida oziq-ovqat va dorivor mahsuloti sifatida keng tarqalishiga sababchi bo‘lgan. Kaliforniyada 140 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘stiriladigan artishok plantasiyalarining o‘rtasida joylashgan Kastrovil shahrida artishokni qayta ishlash maqsadida zavod ham qurishgan. Artishok Rossiyaga 1715-yilda Gollandiyadan olib kelib ekila boshlangan. Lekin u Rossiya iqlimiga moslashmaganligi tufayli keng tarqalmagan. XX asr boshlarida artishok Qora dengiz hududlarida asosan manzarali o‘simlik sifatida oz miqdorda ekilgan. Artishok (S.scolymus L.) haqida amerikalik faylasuf Ralf Emersan shunday degan, uning so‘zlariga ko‘ra “Har qanday begona o‘t qadr qimmatga ega bo‘lgan o‘simlikdir”deb tarif berib, sabzavod ekinining qanchalik foydali ekanligini haqida o‘z fikirlarini bayon etib o‘tgan. Bu o‘simlikning asil tug‘ilgan joyi Kaneyeriklar orollari hisoblanadi. Klassfikatsiyasi Tur-species- cynara; scolymus; Turkum-Genus-cynara Oila-Family-Asteraceae Sinf-clases- Dicoltyledones (ikki urug‘ pallalilar). Bo‘lim-Divisio-Angiospermae (yopiq urug‘lilar) turkumiga mansub o‘simlik hisoblanadi. M.A.Ragimovning ta’kidlashicha, artishok Ozarbayjonga birinchi marta manzarali o‘simlik sifatida 1914-yilda keltirilgan, 1943-yildan boshlab esa, sabzavot o‘simligi sifatida madaniylashtirilgan. Fransiya, Italiya, Kanada, Ispaniya, Argentina, AQSh kabi mamlakatlarda ko‘plab yetishtiriladi.Oʻrta dengiz mamlakatlarida 10 dan ortiq turi oʻsadi. Rossiyaning janubiy, Moldaviya, Ukrainada tikanli Artishok (S.scolymus L.) turi koʻproq yetishtiriladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Yetishtirish texnologiyasi. Artishok juda sershox boʻlib, boʻyi 2 m gacha boradi. Gullari koʻk-binafsha rangda, yirik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100-200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi. Artishokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V,V2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan Artishok souslar bilan isteʼmol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Janubiy zonalarda 3-4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100×80 cm sxemada ekiladi. Hosildorligi 50-250 s/ga (15-50 ming toʻpgul). Artishok odatda koʻp yillik ekin tarzida ekilgandan soʻng ikkinchi yili gullaydi. Artishokning o‘suv davri 120-130 kunli bo‘lib, ko‘p yillik o‘simlik xisoblanadi, bo‘yi 120-150 cm. Barglarining rozetkasi vertikal, diametiri 80-100 cm. Bargi yirik, yashil, tikanli, 50 cm uzunlikda, 20 cm kenglikda. Birinchi yili 5-7 ta to‘pgul, ikkinchi yilida 12-15 ta to‘pgul xosil qiladi. Artishok urug‘lari +15 C da una boshlaydi. +20 +25 C xaroratga yetganda esa o‘sadi va rivojlana boshlaydi. Katta yoshdagi o‘simliklarni o‘sib rivojlanishi uchun +18 +25 C xarorat zarur bo‘ladi. Shuningdek, qisqa muddatli -0 -1 C sovuqqa bardosh beradi, lekin -2 -3 C 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xaroratda o‘simliklar butunlay nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘simlikni urug‘laridan ko‘paytirayotganda, sotib olingan urug‘lar 6,8 soat davomida namlanishi lozim. Ekish uchun 15 cm u
Доказательный фрагмент
«The article discusses the origin, distribution, anatomy, morphology, reproduction methods, and medicinal properties of the artichoke plant.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the origin, distribution, anatomy, morphology, reproduction methods, and medicinal properties of the artichoke plant. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family acteracea, cynara-scolymus, genus cynara, class, acteracea oilasi, angiospermae bo‘limi, cynara turkumi, dicotyledones sinfi, flora.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025