Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVLATINING YEVROPA DAVLATLARI BILAN ALOQALARI VA ELCHILIK
ALOQALARI VA ELCHILIK · Teshayeva Gulira’no Asomiddin qizi · Kalit so’zlari: Xonbaliq · Chen Deven · Chjeng Xe · Shachiyeer Aliyi · Sixay, xuandi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari davrida temuriylar davlatining tashqi savdo va elchilik aloqalarini yo’lga qo’yilishi va uning rivojlanishining asosiy sabablari, hamda Buyuk ipak yo’lining temuriylar davlatining chet davlatlar bilan savdo va elchilik aloqalarida tutgan o’rni haqida, temuriylar davlatining Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari hamda Xitoy bilan birdek savdo elchilik aloqalarining yo’lga qo’yilishi temuriylar davlatining naqadar qudratli ekanligi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlari: Xonbaliq, Shaxali, Nimaopuding, Chen Deven, Chjunguoga, Chjeng Xe, Shachiyeer Aliyi, Siyuan, Sixay, xuandi, Oqrobot XIII asrning o‘rtalaridan boshlab Markaziy Osiyoda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Xususan, Xitoyda tashkil topgan Yuan sulolasining xoqoni Xubilay o‘zini Chingizxon taxtining vorisi deb hisoblab, ushbu mintaqa hukmdorlarni o‘ziga itoat qilishini talab qiladi. Ammo u o‘z talabiga rad javob olgandan so‘ng kuch ishlatishga urinib ko‘radi. Lekin uning qilgan harbiy harakatlari natija bermadi. Xubilayga qarshi chiqishda O‘qtoyning nabirasi Xaydu (1235-1301) faol harakat qiladi. 1294 yilda Xubilay vafotidan so‘ng nabirasi Temur Chengzung nomi bilan taxtga o‘tirib (1295-1308) buvasining yo‘lidan boradi. Lekin uning harakatlari zoye ketgan. Natijada Xitoy bilan G‘arb o‘rtasi Buyuk ipak yo‘li orqali bo‘ladigan savdo yo‘llari qiyin bo‘lib qolgan. XIV asrda bir tomondan Chig‘atoy avlodlari o‘rtasidagi nizolar kuchaysa, ikkinchi tomondan ular bilan Mo‘g‘iliston xonlari o‘rtasidagi ziddiyatlar avj oldi. Buning ustiga, Markaziy Osiyo xalqlari orasida mo‘g‘ul hukmdorlariga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. Xitoyda ham mo‘g‘ullar mahalliy xalq qarshiligiga uchradi. 1368 yilda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan Xitoy amaldorlari va еr egalari Yuan sulolasini ag‘darib, Min deb ataladigan xonlikni (1368-1644) tashkil qildilar. Mazkur voqealar Buyuk ipak yo‘lidagi osoyishtalikni buzib, Turkiston orqali amalga oshiriladigan xalqaro savdo aloqalarni nihoyatda susaytirib qo‘ydi. Shu bois Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati keskin pasayib ketdi. 1370 yilda Movaraunnahrda Samarqand shahrini markaz qilgan sohibqiron Amir Temur (1336- 1405) davlati tashkil topdi. 35 yilga yaqin davr ichida mazkur davlat doirasi nihoyatda katta hududni o‘z nazorati ostiga olganligi hamda Buyuk ipak yo‘lining xavfsizligi ta’minlanganligi natijasida bu yo‘lda xalqaro savdo aloqalarining qaytadan rivojlanishiga zamin yaratildi. Amir 176 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Temurning o‘zi ham bu yo‘lning rivojlanishiga katta e’tibor berdi. U nafaqat o‘z davlati doirasidagi ichki savdo ishlarini, balki xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur ekanini yaxshi anglagan edi. Shu bois u hokimiyatga kelgan zahoti ichki va tashqi savdo ishlariga katta e’tibor bera boshladi. Avvalo, karvon yo‘lining xavfsizligini ta’minlab, ularda karvonsaroylar barpo etish ishlariga alohida e’tibor berdi. Amir Temurning Xitoy xoqoni Taytszuga yo‘llagan maktubida ”Karvonsaroylararo yo‘llar ochildi, yo‘llardagi qaroqchilar yo‘q qilindi, uzoq yurtlarga boruvchilar o‘zlarini xotirjam his etadigan bo‘ldi”, deb ta’kidlab o‘tilgan. Shu bilan birga Amir Temur Vizantiya, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya kabi Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatdi. Xitoy olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, Amir Temur Min xonligining poytaxti Pekin (Xonbaliq) shahriga 8 marta elchilar yuborib, Xitoy bilan diplomatik va savdo aloqalarini rivojlantirgan. Chunonchi, 1387 va 1389 yillari kuzda Mavlono Hofiziy, 1388 yilda Toj ad-Din (Tamuding), 1391 yilda Shoxalil (Shaxali), 1392 yilda Nig‘mat ad-Din (Nimaopuding), 1394 va 1395 yillarda Darvish (Dielibeyshi), 1396 yilda Alomat ad-Din (Alamadan) boshchiligida Pekinga Amir Temur nomidan elchilar kelgan. Mazkur elchilar orqali sohibqiron Xitoy xoniga ot, tuya va boshqa narsalar yuborgan. Xitoy xoni esa bular evaziga kumush pul, ipak matolar qaytargan. 1396 yil Amir Temur Alomat ad- Din orqali Xitoy xoniga maktub ham yo‘llab, uning yuborgan narsalaridan mamnun bo‘lganligini ta’kidlagan. Shu davrda Samarqanddan Pekinga 6 oyda еtib borilgan. Kuzda yo‘lga chiqqan karvon keyingi yil bahorning oxirida yoki yozning boshida manzilga еtib olgan. Amir Temur vafotidan keyingi 100 yilga yaqin davr davomida Turkistondan Xitoyga 107 marta, shu jumladan 1415-1440 yillari Ulug‘bek Mirzo nomidan 22 marta elchilar guruhi kelgan. Xitoy manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘sha zamonda Xitoyning boshqa shaharlariga ham samarqandlik savdogarlar kelib, bozorlarda ot sotishgan. Chunonchi, 1390 yilda erta bahorda Samarqandlik Sho Jo‘raali (Shachiyeer Aliyi) Lyangchjou shahrida 670 ta ot sotgan. Mahalliy hokim bu haqda Taytszuga hisobot berib, mazkur savdogarni Pekinga yuborishni so‘ragan. Samarqanddan Xitoyga yuborilgan elchilar bilan birgalikda katta savdogarlar guruhlari ham qo‘shilib borgan. Taytszuning Amir Temurga yo‘llaga
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari davrida temuriylar davlatining tashqi savdo va elchilik aloqalarini yo’lga qo’yilishi va uning rivojlanishining asosiy sabablari, hamda Buyuk ipak yo’lining temuriylar dav…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari davrida temuriylar davlatining tashqi savdo va elchilik aloqalarini yo’lga qo’yilishi va uning rivojlanishining asosiy sabablari, hamda Buyuk ipak yo’lining temuriylar dav… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shachiyeer Aliyi, Oqrobot, Chen Deven, Chjeng Xe, xuandi, Siyuan, Sixay, Chjunguoga, Nimaopuding, Xonbaliq, Shaxali
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024