Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA PARSELLYATSIYANING O‘RNI”
O‘ralova Nargiza Israilovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlari misolida parsellyatsiya hodisasi, bu boradagi olib borilgan tadqiqotlar tarixi haqida amalga oshirilgan tadqiqotlar tilga olinadi. Parsellyatsiya badiiy asarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi hodisa sifatida O‘tkir Hoshimovning asarlarida ko‘pgina o‘rinlarda uchraydi. В статье рассматривается феномен парцелляции на примере произведений Уткира Хошимова, истории исследований в этой области. парцелляция - это явление, которое служит повышению эффективности произведения искусства и встречается во многих местах в произведениях Уткира Хошимова. The article examines the phenomenon of parcelling on the example of the works of Utkir Khoshimov, the history of research in this area. parceling is a phenomenon that serves to increase the effectiveness of a work of art and is found in many places in the works of Utkir Khoshimov. Kalit so‘zlar: badiiy asar, ijodkor, lingvistik, lingvopoetik, parsellyatsiya, ilova, ta’sirchanlik, nutq, tinish belgilar. Keywords: work of art, creative, linguistic, lingvopoetic, parcellation, application, affectiveness, speech, punctuation. Yozuvchi va shoirlar ijodini lingvistik va lingvopoetik planda tadqiq etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan, ularni bajarish adabiyotshunosligimiz va tilshunosligimizdagi ko‘plab nazariy muammolarning yechimiga xizmat qiladi.Yetakchi ijodkorlar badiiy nutqida qo‘llangan til ifodalarini chuqur o‘rganmay, davr tiliga, tilning muayyan davrdagi holatiga munosib baho berib bo‘lmaydi. Badiiy matnni tahlil qilishni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tekshirilishi lozim bo‘lgan ishlardan biri sifatida parsellyatsiya hodisasini aytishimiz mumkin. O‘tkir Hoshimov asarlarida parsellyatli tuzilmalar va sintaktik parallezim hodisasi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotimiz orqali badiiy adabiyot va tilshunoslikning oldida turgan muhim vazifa va muammolarni aniqlab olmoqchimiz. Parsellyatsiya hodisasini o‘rganish dunyo tilshunosligida ancha ilgari, XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Shu asrning 50-60-yillarida bu hodisa rus 14 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tilshunosligida “ilovali konstruksiyalar” bilan tenglashtirilgan holda ancha keng tadqiq qilingan bo‘lsa-da, uning mazmun-mohiyati o‘sha-o‘sha bahsligicha qolaverdi. XXI asrning dastlabki o‘n yili ichida o‘zbek tilshunoslari tomonidan parsellyatsiya hodisasining umumiy tadqiqi amalga oshirilib, mazkur hodisaning mazmun-mohiyati to‘laligicha ochib berildi. Badiiy asar tadqiqotchilari, xususan, badiiy matnga lingvopoetik yondashuv muammolarini tadqiq etgan o‘zbek tilshunoslari ham ushbu hodisaning o‘rganilishi lingvopoetik jihatdan jiddiy ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Parselyatsiyaning mohiyati yaxlit sintaktik butunlik bo‘lgan gapni ta’kid va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq) kommunikativ birlikka final tinish belgilari vositasida bo‘lib, uni gapning oxiriga chiqarishdan iborat. Parsellyativ konstruksiyalarda parsellyatni ifoda qiladi. Chunki so‘zlovchi tinglovchiga ma’lum bir xabar ichidan yetkazilishi eng muhim bo‘lgan qismni alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Bunday ta’kid og‘zaki nutqda mantiqiy urg‘u, pauza, intonatsiya kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, yozma nutqda parsellyatsiya hodisasidan keng foydalaniladi. Parsellyatsiya va ilova konstruksiyalar bir qancha o‘xshash va farqli jihatlarga ega. Xuddi shunday badiiy matn sathida yuz berib, parsellyatsiya hodisasi bilan bir qancha o‘xshash va farqli jihatlarga ega bo‘lgan: paranteza, ajratilgan bo‘lak, segmentatsiya kabi sintaktik hodisalar ham mavjud. O‘zbek tilida parsellyatlarning asosan uch turi: gap bo‘laklari shaklidagi, gap shaklidagi, mikromatn shaklidagi parsellyatlar farqlanadi. Badiiy matnda gap bo‘laklari shaklidagi parsellyatlar turli tarzlarda namoyon bo‘ladi. Bundan kesim shaklidagi parsellyatlarni qisman mustasno deyish mumkin. Chunki kesim shaklidagi parsellyat juda kam (faqat tarkibli kesimlarning uyushiq yetakchi qismigina ba’zan parsellyatlanadi) uchraydi, chunki kesimning gapdagi mantiqiy-grammatik mavqeyi uning parsellyatsiyalanishiga monelik qiladi. Ega gap bo‘lagining gapdan parsellyat sifatida chiqarilganligini juda ko‘p uchratish mumkin. Eganing parsellyat sifatida asosiy gapdan tashqariga chiqarilishida juda qiziq, xilma-xil semantik- grammatik holatlar kuzatiladi, xususan, asosiy gapdagi uyushiq egalarning biri yoki bir nechtasi parsellyat sifatida chiqarilishi, ba’zan ummumlashtiruvchi so‘z asosiy gapda qoldirilib, uyushiq bo‘laklar gap tashqarisiga chiqarilishi yoki uyushiq bo‘laklar guruh tarzida va alohida-alohida parsellyatsiyalanishi mumkin. “Parsellyatsiya” atamasi lotincha “zarracha” so‘ziga qaytadi, ya’ni “zarracha”. Adabiyotshunoslikda u bitta sintaktik tuzilmani bir nechta alohida 15 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference segmentlarga ajratish uchun uslubiy vosita sifatida tushuniladi. Har bir birlik mustaqil jumla sif
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlari misolida parsellyatsiya hodisasi, bu boradagi olib borilgan tadqiqotlar tarixi haqida amalga oshirilgan tadqiqotlar tilga olinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlari misolida parsellyatsiya hodisasi, bu boradagi olib borilgan tadqiqotlar tarixi haqida amalga oshirilgan tadqiqotlar tilga olinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- work of art, creative, linguistic, lingvopoetic, parcellation, badiiy asar, tinish belgilar., lingvopoetik, ta’sirchanlik, lingvistik, parsellyatsiya, nutq, ijodkor, ilova
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024