К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXALOGIYASINING O’RGANILGANLIK XOLATI

O’RGANILGANLIK XOLATI · Norqulova Ruxshona Dilshod qizi

Академические исследования в современной науке · 2 · 2026

Аннотация

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasini o’rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularni o’rganilganlik sabablari o’rganilib tahlil qilingan va bartaraf etilgan yo’llari haqida malumotlar berilgan. Kalit so’zlar; Shaxs,psixologiya, maktabgacha yosh, muhit, oila, maxilla, shaxslararo munosabat, motiv, tarbiya. Annotation The article discusses the state of research on the psychology of preschool children and the necessary recommendations for them. The psychology of preschool children and the reasons for their learning are studies and analyzed, and information is given about easy to eliminate them. Key words; Personalitiy, psychology, preschool age,environment, family, neighborhood, interpersonal relationship, motivation, upbringing. Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bo'lgan munosabat keskin o'zgardi. Jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, inson hayotining kelajagiga tamal toshi qo'yiladigan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish, pedagogika va psixologiya, ijtimoiy psixologiya va maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so'ngra maktabgacha ta'lim muassasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida to'laqonli shakllanishi imkoniyatlariga ega bo'lishi lozim bo'ladi. Asosiy qism Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uzluksiz ta'lim tizimi orqali, har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda 46 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tutadi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida uzluksiz ta'limning boshlang'ich va joiz bo'lsa, asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta'lim muassasasi muhim o'rin tutadi. Qolaversa, O'zbekistonda ko'plab yangi sohalar qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda maktabgacha eshdagi bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo'lgan muayyan ehtiyoj tobora ko'proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan e'tiborning samarasini belgilaydi. Bolaning psixik jihatdan o'sishiga o'zlikni anglash, o'zini-o'zi baholash va o'zaro munosabatlar xususiyatlari muhim hisoblanadi. Bu eng avvalo inson shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional-hissiy, intellektual, ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatning mohiyati, o'zaro shaxslararo muloqot katta rol o'ynaydi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar xarakteriga ko'ra er-xotin o'rtasidagi munosabatlar, ota- onalarning o'z farzandlari bilan shaxslararo munosabatlariga bo'linadi. Biz nikoh juftligi hisoblangan er-xotin hamda farzand tarbiyalaetgan ota-onalarning maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalari bilan munosabatlarining turli jihatlarini eksperimental tadqiq etdik. Bizni maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat e'tiborimizni qaratdikki, ular aynan shu davrda o'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo'lgan syujetli-rolli o'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'lib, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning oldida ro'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik bo'lsa, shunchalik faol va qiziquvchan bo'ladi, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko'proq, to'laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o'zlashtiradi va fikrlaydi. Bunda "Oila" bola "men"ini shakllantiruvchi muhim sotsium - ijtimoiy muhitga aylanib, o'zining ushbu muhitga aloqadorligini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda shuni qayd etib o'tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha, oiladagi shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota - ona - bola munosabatlari evolyutsion jihatdan nisbatan kechki va mazmunan aniqroq hisoblanadi, chunki ular shakllanib bo'lgan er-xotin munosabatlari asnosida vujudga keladi. 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Biz shunga ishonch hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida bilvosita ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo'lib, shu sababli bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan o'zgarishlarga zamin bo'lad

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasini o’rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixalogiyasini o’rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shaxs, motiv, maxilla, tarbiya., oila, shaxslararo munosabat, psixologiya, maktabgacha yosh, muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники