Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAXMUD TOROBIY QO’ZG’OLONI SHARQ TARIXCHILARI ASARLARIDA
Oblayeva Tursunoy Komilovna · O’zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni Ato Malik Juvayniyning “Ta’rix- i Jahon-kushoy” va Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” asarlarini o’rgangan holda yozildi. Kalit so’zlar Mahmud Torobiy, Ato Malik Juvayniy, “Ta’rix-i Jahon-kushoy”, Mirzo Ulug’bek, “Tarixi arba ulus”, Shamsuddin Mahbubiy, moʻgʻullar zulmi, Malik Sanjar qasri, Muhammad va Ali, Eldiz Noʻyon va Chekan Qurchi, Maxmud Yalavoch. Mo'g'ul davlatining tashkil topishi (1224 - 1370) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Chig’atoylar davlatida 13-asrda vujudga kelgan boshqa uluslardagi kabi Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ham mo’g’ullarning ko'chmanchi hayoti va ularning tartib-qoidalari uzoq vaqt davomida hukmron bo'lib qoldi. Oʻrta Osiyoda oʻz siyosiy mavqeini mustahkamlagan, lekin oʻtroq turmush tarzi va xoʻjaligining iqtisodiy ahamiyatini tushunmagan koʻchmanchilar mahalliy xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat olib bordilar. Bosqinchilarning hujumi Markaziy Osiyo xalqlari davlat tuzumi, boshqaruv tizimi, agrar munosabatlari, Chagʻatoy ulusi tarkibiga kirgan Mavorounnahr va unga tutash viloyatlarning shahar hayotiga ta'sir qildi Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, mo'g'ullar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan mamlakatlarni o'zlariga bo'ysundirgan edilar. Mahmud Tarobiy qoʻzgʻoloni va uning moʻgʻul bosqinchilari tomonidan mahalliy zodagonlar bilan ittifoqchilikda bostirilishi muhim tarixiy oqibatlarga olib keldi va Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining keyingi borishiga taʼsir koʻrsatdi. Chigʻatoy ulusida moʻgʻullar istibdodi ostida ezilgan va zulmidan toʻygan mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtarishga bir necha marta harakat qilgan. Buxorodan 20 km gʻarbdagi Torob qishlogʻi (hozirda Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boshlangan qoʻzgʻolon bu kurashning choʻqqisi hisoblanadi. Torob qishlogʻi 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida oʻzaro kengashib, moʻgʻullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar. Qoʻzgʻolonchilar Mahmud Torobiy boshchiligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206-yilda Buxoroda koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni oʻzlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga koʻplab tarafdorlar va maslakdoshlar kelib qoʻshilgan. Torobiyning opasi ham qoʻzgʻolonning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib, bu tabib va duoxon ayol oʻz mardligi, kuch-gʻayrati, jasorati va dushmanga nafrati bilan qoʻzgʻolonchilar orasida alohida ajralib turgan. Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchrasa ham, u izsiz ketmagan. Moʻgʻul maʼmurlari endilikda mahalliy aholi bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlib, oʻlpon va soliqlarni kamaytirishgan. Maʼlum muddat turli oʻzboshimchaliklarga chek qoʻyilgan. Chigʻatoy ulusini moʻgʻul xoqon (qoon)lari nomidan boshqargan Mahmud Yalavoch va uning oʻgʻli Masʼud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini koʻzlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosatni yuritishgan. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi Tarixchi Ato Malik Juvayniyning “Ta’rixi Jahon-kushoy” asari ma’lum ma’noda Mahmud Tarobiy qoʻzgʻoloni tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Buning qiymati Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni tarixini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ishlarda tadqiqotchilar tomonidan toʻliq taʼkidlangan. Juvayniyning yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi Shamsuddin Mahbubiy qoʻzgʻolonchilarning gʻoyaviy rahnamosi sifatida qoʻshin va xalq oʻrtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular moʻgʻul bosqinchilari va ular xizmatiga oʻtgan mahalliy maʼmurlarni oʻldirib, mol- mulkini beva-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtgan. Mahmud Torobiy Robia saroyiga joylashib, sulton qilib koʻtarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi bilan Shamsuddin Mahbubiyni shahar sadri etib tayinlagan. Moʻgʻul qoʻshinlari va bosqinchilari bu paytda Karmanaga qochib, shoshilinch kuch toʻplay boshlaganlar. Qoʻzgʻolonni bostirish uchun Karmanadan yuborilgan moʻgʻul qoʻshinlari Buxoro atrofida tormor keltirilgan; jangda 10 ming moʻgʻul askari oʻldirilgan. Qoʻzgʻolonchilar moʻgʻullarni quvib, Karmanagacha borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va Shamsuddin Mahbubiy ham halok boʻlishgan. Qoʻzgʻolonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Moʻgʻullar ularga qarshi Eldiz Noʻyon va Chekan Qurchi boshliq yangi kuchlarni tashlashgan. Karmana yaqinidagi Raboti 73 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Malik (hozirgi Navoiy tumani markazi Malik rabot)da boʻlgan shiddatli jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchragan, ulardan 20 ming kishi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok boʻlgan. Qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostirilgan. Moʻgʻullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va oʻldirishga kirishgan. Xoʻjandda turgan Maxmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan Buxorodagi qirgʻin toʻxtatilgan.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni Ato Malik Juvayniyning “Ta’rix- i Jahon-kushoy” va Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” asarlarini o’rgangan holda yozildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni Ato Malik Juvayniyning “Ta’rix- i Jahon-kushoy” va Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” asarlarini o’rgangan holda yozildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Tarixi arba ulus”, “Ta’rix-i Jahon-kushoy”, Ato Malik Juvayniy, moʻgʻullar zulmi, Muhammad va Ali, Mahmud Torobiy, Shamsuddin Mahbubiy, Eldiz Noʻyon va Chekan Qurchi, Malik Sanjar qasri, Mirzo Ulug’bek, Maxmud Yalavoch.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026