К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDAGI AKT TERMINLARINING SEMANTIK TUZILISHI

TERMINLARINING SEMANTIK TUZILISHI · Amrullayeva Mohinur Jo‘rabek qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining semantik tuzilishi va xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.O‘zbek tilida mavjud AKT sohasiga oid terminlar tilshunoslikda sohaning o‘zi kabi alohida mikrosistema. Bu esa AKT terminlarining semantik tuzilishida umumiy va farqlovchi jihatlarni aniqlash, terminlarning ifoda planida mavjud imkoniyatlarni tadqiq qilish orqali kompyuter tilini tashkil etuvchi mazkur terminlarning muayyan semantik guruhlarga o‘rinli birlashtirilishi hamda shu asosda axborot texnologiyalariga oid tushunchalarni nomlash, shuningdek, ularni lug‘atda berish mezonlarini belgilash kabi jarayonlarda o‘ziga xos ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: AKT, interfaol, internet, internetlashuv, lug‘at, semantik tuzilish,o‘zbek tilinining izohli lug‘ati. So‘zlarda sememalarni belgilash yoki ko‘p sememali leksema sememalarni farqlash uchun bugungi kungacha tayanch manba vazifasini, asosan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘tab kelmoqda. Leksik sathda alohida sistema sifatida qaraladigan AKTga oid leksemalar va ularning maʼnoviy tabiati hamda lisoniy qiymati masalasini oydinlashtirish yuzasidan sistema leksemalari semantik tarkibi, tabiati borasida bahs yuritilganda ham O‘TILdagi tavsif, talqin va misollar asosiy manba vazifasini o‘taydi. Shu sababdan ham O‘TILda mavjud AKT terminlarining semantik tavsifini tadqiq qilish hamda umumiy xulosalash orqali ushbu terminlarning umumfilologik izohli lug‘atda berilishiga doir mezonlarni belgilash muhim. Tilda mavjud bo‘lgan leksik birliklar butun bir tizimning belgilari bo‘lgani bois ular ma’lum bir munosabatlar orqali bir- biriga bog‘liqdir. Shu sababli ularni tasniflab o‘rganish ular o‘rtasidagi munosabatlarning mohiyatini ochib berishda imkon yaratadi. Ma’lumki, leksik birliklarni tasniflashda olimlar turli usullardan foydalaniladilar. O‘zbek tilining alohida mikrosistemasi sifatida AKT terminlarining semantik xususiyatlari tadqiqi lug‘atshunoslik uchun ahamiyatli xulosalar bera oladi. Negaki, O‘TILda berilgan AKT sohasiga oid terminlarning pometaga ega 89 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘lishiga oid mezonlar aynan semantik tavsif asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Har qanday lug‘atchilik jarayonida faoliyat olib borayotgan jamoa uchun eng murakkab ish bosqichi lug‘at uchun leksik birliklarni, ularning miqdorini to‘g‘ri belgilab olish. Aynan shu jarayon lug‘at turi, lug‘atning yo‘nalishi va maqsadiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda shuni amalga oshirishda muhim ekanligi bilan ajralib turadi. O‘zbek lug‘atchiligi namunalarini yaratish mobaynida ham tuzilgan reja, mavjud maxsus qo‘llanma va yo‘riqnomalarga asoslanilgan. S.F.Akobirovning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning chegaralari va manbalari haqida”gi maqolasi, akademik A.Hojiyev tomonidan tuzilgan “O‘zbek tilining ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzuvchilar uchun yo‘riqnoma” kabilar shular jumlasidan. Izohli lug‘atning har ikkalasini yaratish jarayonida termin tanlashda, miqdorini belgilashda mazkur qo‘llanmalarga imkon darajasida amal qilingan. Jumladan, mazkur dasturilamal manbalarga ko‘ra “ko‘pchilik qo‘llaydigan va tushunadigan, darslik, ilmiy-ommabop asar va davriy matbuotda ko‘p qo‘llanadigan terminlar” lug‘atga kiritilishi taʼkidlab o‘tilgan. Mazkur talab va xususiyatlar qatorida semantik mazmuniga ko‘ra leksik birlikka termin ekanlik darajasi berilishi kerakligi muhim. Leksemalarning umumiy lisoniy qiymatini belgilashda, ularning leksikografik tavsifini berish va zamonaviy lug‘atlar yaratishda birliklarning ma’noviy qiymatini aniq va qat’iy belgilab olish muhim ilmiy-metodologik ahamiyat kasb etadi . Ayniqsa, terminlarning mazmuniga doir aniq tahlillar ularga lug‘atda terminlik maqomini berish yoki mahrum qilish kabi jarayonlarga aniq xulosalar berishda yordam beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida mavjud AKTga oid terminlarning termin sifatida tanlanishi muayyan mezonlarga tayangan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi aynan uning semantik tavsifiga aloqador. So‘zlarda mavjud ma’no qirralarini belgilash, ma’nolarining farqli tomonlarini aniqlashtirish masalalari O‘TILga tayangan holda amalga oshiriladi. Chunki o‘zbek tilining deyarli barcha imkoniyatlari ushbu yirik lug‘atda aks etgan, jamlangan. Qolaversa, tilda mavjud leksemalarning turli, xususan, semantik jihati haqida tasavvur shakllanishi va ma’lumot olish uchun tayanch manba ekanligi sababdan ham u me’yoriy lug‘at. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘tmoq fe’lining 31 ta leksikografik ma’nosi ajratilgan. Ma’nolarning ko‘pchiligida bu so‘z o‘z asl zotiga (lisoniy sathdagi mohiyatiga) aloqador bo‘lmagan, balki o‘zi birikayotgan so‘zlarga bog‘liq turli- tuman ma’nolarni voqelantiradi. Lug‘at ma’nolari tavsiflari, o‘tish harakatining xarakteriga ko‘ra emas, balki harakat ustida amalga oshayotgan predmetlarning 90 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xususiyatlariga

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining semantik tuzilishi va xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.O‘zbek tilida mavjud AKT sohasiga oid terminlar til…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining semantik tuzilishi va xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.O‘zbek tilida mavjud AKT sohasiga oid terminlar til… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zbek tilinining izohli lug‘ati., internet, interfaol, AKT, internetlashuv, lug‘at, semantik tuzilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники