Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH · Askarova O‘g‘iloy Asror qizi
Академические исследования в современной науке · 2016
Аннотация
In this article, the approaches of foreign and domestic scientists to the accounting of long-term assets based on international standards, as well as the principles of recognition, evaluation and accounting of long-term assets in international standards were studied. Key words: long-term assets, method of calculation, continuity of activity, continuity of the ratio between income and expenses, proportionality between quality classifications. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi mulkiy munosabatlarning yangi tamoyillar asosida o‘zgarishi buxgalteriya hisobi qoidalarini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Yangi tamoyillar hozirgi iqtisodiyotimiz modeliga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan hamda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga javob berishi lozim. 13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son hamda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonunlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasqdilandi. Ushbu qabul qilingan qonunning 10-moddasiga muvofiq “Buxgalteriya hisobi sub’ektlariga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llash huquqi taqdim etildi” [1]. Buxgalteriya hisobini xalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq me’yoriy- huquqiy xujjatlarini yangi normalar asosida tartibga solishni takomillashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ- 4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori[2] qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar o‘z xisobotlarini moliyaviy 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq taqdim etishi belgilangan. 1-son MHXS da “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari-Bu Moliyaviy hisobotning xalqaro sandartlari qumitasi tomonidan qabul qilingan standartlar va interpretatsiyalardir” deb ta’rif berilgan [3]. “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining maqsadi-moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda turli xilma-xilliklar va sharhlar turini qisqartirish, ma’lumotlarni taqqoslash imkonini yaratish va sifatini oshirish, standartlarni umumiylashtirish” deb ta’rif bergan Professor A.N.Turaev [4] va boshqalar. Xalqaro hisob andozalarida uzoq muddatli aktivlarni tan olish, baholash va hisobga olish tamoyillari bo‘yicha xorijlik hamda mamlakatimiz iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotlarni olib borishgan. Daromadlarning xarajatlarga mos kelish tamoyili shuni ko‘zda tutadiki, daromad olish uchun qilingan xarajatlar buxgalteriya hisobida daromadlar ko‘rsatilgan davrda keltiriladi. Professor Ya.V.Sokolov mos kelish tamoyilining qo‘llanish zaruriyatini ta’kidlagan. Mazkur tamoyilning ma’nosini rossiyalik iqtisodchi olim quyidagicha talqin qiladi “Daromad keltirishga sabab bo‘lgan xarajatlar olingan daromad qaysi davrga tegishli bo‘lsa, o‘sha davrga tegishli bo‘ladi” [5]. Professor M.I.Kuterning ta’kidlashicha,-“Mazkur tamoyilning qo‘llanishi davr xarajatlarini ishlab chiqarish tannarxiga tenglashtirishga imkon beradi” [6]. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Professor I.N.Ismanovning ta’kidlashicha “Aktivlarni to‘g‘ri tasniflash orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish imkoniyati kengayadi” [7]. Iqtisodchi olimlarimizdan S.N.Tashnazarov Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tarkibida “III. Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir standartlar-ushbu guruhga 9 ta standart kiritilgan”ligini [8] ko‘rsatib o‘tgan. Xalqaro andozalar qoidasiga ko‘ra, foyda keltirmaydigan uzoq muddatli aktivlarga qilinadigan sarf xarajatlar zararga olib boriladi. Bizning fikrimizcha, “Foyda tadbirkorning daromad shakli bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan kapitalni anglatadi. Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan kapital kategoriyasi bilan bog‘liq” [9]. “Shunday qilib, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi” [10]. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro andozalarga kiritilgan tamoyillarning sezilarli qismi bizning mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan konseptual tizimga mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya hisobi standartlarida buxgalteriya hisobining to‘rtta asosiy tamoyillari shakllantirilgan. Buxgalteriya 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference hisobining ko‘plab tamoyillaridan uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan, shuningdek, hisobni yuritishning usullari va uslubiyatini shakllantiradigan tamoyillarini ajratib olish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olish tamoyillari keltirilgan. Bizning fikrimizcha, yuqorida bayon qilingan fikrlar uzoq muddatli aktivlar tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro andozalari talablariga ko‘ra, uyg‘unlashtirishga
Доказательный фрагмент
«In this article, the approaches of foreign and domestic scientists to the accounting of long-term assets based on international standards, as well as the principles of recognition, evaluation and accounting of long-te…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the approaches of foreign and domestic scientists to the accounting of long-term assets based on international standards, as well as the principles of recognition, evaluation and accounting of long-te… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- long-term assets, method of calculation, continuity of activity, sifat tasniflari o‘rtasidagi mutanosiblik., uzoq muddatli aktivlar, daromad va xarajatlar o‘rtasidagi nisbatning uzluksizligi, hisoblash usuli, faoliyatning uzliksizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014