К содержанию
РецензированоUZ2020

TO‘QIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH · Muxiddinova Kamola Sagdullayevna

Академические исследования в современной науке · 2020

Аннотация

Ushbu tezis O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sanoatning hozirgi holati va asosiy muammolari, xususan, ishlab chiqarish samaradorligining pastligi, eskirgan texnologiyalar, raqobatbardoshlikning yetarli darajada bo‘lmasligi va bozorni rivojlantirishdagi cheklovlar tahlil qilindi va qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga doir qabul qilgan qaror va farmonlarining (2020-2023 yillar) ta’siri ko‘rsatilgan, shu jumladan, eksport salohiyatini oshirish, xom ashyo taqsimotini yaxshilash va yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kiritilgan. Muammolarni hal qilish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish diversifikatsiyasini ta’minlash, marketing strategiyalarini optimallashtirish va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish kabi tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: to‘qimachilik sanoati, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati, texnologik modernizatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, davlat dasturlari. O‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik sanoati mamlakatning iqtisodiy tizimida muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda, ayniqsa, paxta sanoatining eksport salohiyatini oshirish va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga qaratilgan davlat dasturlari to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentning qaror va farmonlari, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bu jarayonning asosiy poydevori bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Biroq, bugungi kunda to‘qimachilik sanoati hali ham ko‘plab muammolarga duch kelmoqda, shu jumladan, texnologik yangilanishning sustligi, resurslardan samarali foydalanishning pastligi va eksport salohiyatining cheklanganligi. Ushbu tezisda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bugungi kunda jahon bozorida o‘z o‘rnini kengaytirishda davom etmoqda. 2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 35 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference to‘qimachilik sanoati eksporti 3,4 milliard dollarni tashkil etib, bu mamlakatning umumiy eksportining 20% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, soha ichki bozorda ham muhim rol o‘ynamoqda: 600 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari faoliyat yuritib, 500 mingdan ortiq odamni ish bilan ta’minlamoqda (Shamsiev, 2022). Biroq, to‘qimachilik sanoatining rivojlanishidagi asosiy muammolar quyidagilardir: Aksariyat korxonalarda texnologik modernizatsiya sekin amalga oshirilmoqda. Ko‘plab ishlab chiqarish tizimlari eskirgan, bu esa mahsulot sifatining pasayishiga, ishlab chiqarish samaradorligining pastligiga va raqobatbardoshlikning kamayishiga olib kelmoqda. To‘qimachilik sanoatida paxta va boshqa xom ashyo resurslarini ta’minlashda qator qiyinchiliklar mavjud. Paxta yetishtirishdagi kamchiliklar va xom ashyo taqsimotidagi noaniqliklar ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati hali to‘liq ishlatilmayapti. Ko‘plab tovarlar xalqaro bozorlarda yetarlicha raqobatbardosh emas, bu esa yangi bozorlarni zabt etishda qiyinchiliklar yaratadi. To‘qimachilik sanoatining iqtisodiy salohiyatini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilishga ko‘plab tadqiqotchilar e’tibor qaratgan. Masalan, Shavkatova (2021) va Tursunov (2019) o‘z tadqiqotlarida sanoatning mavjud resurslaridan samarali foydalanishning zarurligini ta’kidlaydilar. Ular sanoatning raqobatbardoshligini oshirish uchun xom ashyo va energiya resurslarining samarali boshqarilishini, ishlab chiqarish quvvatlarining yangilanishini va texnologik modernizatsiyani tavsiya qilganlar. Tursunov (2020) o‘zining tadqiqotida to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirishga katta urg‘u berib, sanoatdagi texnik va texnologik modernizatsiya, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish va eksportga qaratilgan strategiyalarni rivojlantirishni taklif qilgan. Yana bir muhim nuqta, Yuldashev (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotda keltirilgan xom ashyo resurslarining samarali boshqarilishi va importga nisbatan qaramlikni kamaytirish zarurligi masalasi bo‘ldi. Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish muhim masala sifatida ko‘rib chiqildi. Shamsiev (2022) tomonidan olib borilgan tadqiqotda avtomatlashtirilgan tizimlar va yuqori texnologiyali asbob-uskunalarni joriy etish zarurligi ta’kidlangan. Mamatov (2021) esa ishlab chiqarishni 36 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference diversifikatsiya qilish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va mahsulot sifatini oshirish orqali sanoat samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatgan. To‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolarni quyidagicha guruhlash mumkin: Yangi texnologiyalar va

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eksport salohiyati, to‘qimachilik sanoati, texnologik modernizatsiya, raqobatbardoshlik, davlat dasturlari., ishlab chiqarish samaradorligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники