Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOREYS TILINING O’ZBEKISTONDAGI O’RNI
Zayniddinova Sarvinoz Jamoliddin qizi
Академические исследования в современной науке · 1930
Аннотация
Maqolada oxirgi yillarda koreys tilining shiddat bilan dunyo ta’lim tizimiga kirib borishi bilan birgalikda, xususan uning O’zbekistondagi o’rganilish holati va darajasi, hamda uni ommalashtirish maqsadida olib borilayotgan chora- tadbirlar tahlil qilinadi. Kalit so’zlar Koreys tili : Koreya,koreys tili,rivojlantirish,faoliyat,KOICA, qaror XXI asr davrida chet tillarni bilish har qachongidan ham muhimdir. Ayniqsa,rivojlangan davlatlarning tilini bilish mamlakatga katta foyda olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishdir. Shuning uchun, O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, rivojlantirib kelmoqda. Shundan kelib chiqib, Osiyoning iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlari bilan hamkorlik aloqlarni yo‘lga qoyilishi nihoyatda manfaatlidir.Osiyoda shunday mamlakatlardan biri Koreyadir. .Shu o’rinda Koreyaning iqtisodiy rivojlanishi butun dunyoda koreys tiliga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda.Nafaqat,bizning davlatda,balki ko’pgina davlatlarning kollej va universitetlarida koreys tilini bilish darajasini oshirish uchun til kurslari taklif etila boshlanyapti. ASOSIY QISM Oʻzbekistonda koreys tili oʻziga xos tarixiy va madaniy oʻtmishga ega. Uning mavjudligi asosan 1930-yillarda Sovet Ittifoqi tomonidan Oʻrta Osiyoga majburan koʻchirilgan Koryo-Saram nomi bilan mashhur boʻlgan etnik koreyslarning migratsiyasi bilan bogʻliq. Bugungi kunda O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik koreys diaspora jamoalaridan biri joylashgan.Bundan tashqari,mamlakatimizga urush tufayli kelib qolgan koreyslarga yurtimizda qanday mehr-muruvvat ko‘rsatilganini Koreya ahli mamnuniyat bilan yodda tutadi.Shu sababdan bo’lsa kerakki,bu ikki davlat bir-biridan uzoqligiga qaramay ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlari bunga yaqqol misoldir. “Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi strategik sheriklardir. Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy etgan, ulkan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intelektual ega 25 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference davlat sifatida dunyoda e’tibor qozongan. Ochiqlik, o‘zaro anglashuv va manfaatlarga hurmat asosida qaror topgan hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz” Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “OʻzbekistonRespublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidanyangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarorigako’ra, koreys tili mamlakatimizda o’rganiladigan 10ta ustuvor xorijiy tillarro’yxatiga qo’shildi. Buning asosida Respublika taʼlim markazi va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi taʼlim markazi oʻrtasida 2021-yil 8-avgust kuni Oʻzbekistonda koreys tilini oʻqitish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolangan edi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 12 ta oliy ta’lim muassasasi, 48 ta maktab va litseyda koreys filologiyasi o‘qitilmoqda.Bundan tashqari bir necha Koreys tashkilotlari ham faoiyat olib borishmoqda.Bulardan biri KOICA. 1995 yili KOICA O‘zbekistonda o‘zining doimiy vakolatxonasini ochdi. Shu davrdan boshlab respublikada KOICA o’zining barcha dasturlari bo’yicha faoliyat olib borgan. Faoliyatning yoʼnalishlaridan biri —turli mamlakatlarga ekspertlarni yuborishdir. Agar Koreya 1990 yilda bor-yo’g’i 44 ta ko’ngillilarni to’rt mamlakatga jo’natgan bo’lsa, hozirga kelib ularning soni har yili 1100 kishidan ortib ketmoqtsa va ular jahonning 33 mamlakatiga yuborilmoqdalar. Koreyalik ko’ngillilar O’zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Nukus shaharlarida ishlamoqdalar. Ular uchun axloqiy va ma’naviy mezon —halollik, o’ziga ishonch, hamkorlik va beg‘araz yordam ko‘rsatishdir. Ko’ngillilar yordamida O’zbekistonda koreys tili o’qitilmoqda. Shu yili respublika fuqarolaridan to’qqiz ming kishi imtiyozli usulda koreys tilini o’rganishga muvaffaq bo’ldilar. XULOSA Ishonamanki, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan biri bo’lib qoladi.Hamda mamlakatlar o‘rtasida nafaqat ta’lim sohasida, balki ko‘plar sohalarda ham aloqalar jadallik bilan rivojlanib boradi. Koreya Respublikasining ta’lim sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalarini tahlil qilish, o‘zaro fikr almashish, zamonaviy kadrlar masalasidagi hamkorlik O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida har bir sohada o‘z o‘rniga ega bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Chunki, Koreya Respublikasi hozirgi mavqeiga erishishida bevosita ta’limning o‘rni kattadir. Buyuk olim fransuz olimi Frederik Jyulio Kyuri yozganidek: “Ilm-fan –butun yer shari bo‘ylab sochilib ketgan odamlar fikrining birlashuvi uchun asosiy unsur bo‘lib xizmat qiladi va bu uning eng oliy fazilatidir. Mening nazarimda kishilar xuddi ilm-fandagidek tez bir 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International sc
Доказательный фрагмент
«Maqolada oxirgi yillarda koreys tilining shiddat bilan dunyo ta’lim tizimiga kirib borishi bilan birgalikda, xususan uning O’zbekistondagi o’rganilish holati va darajasi, hamda uni ommalashtirish maqsadida olib borila…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada oxirgi yillarda koreys tilining shiddat bilan dunyo ta’lim tizimiga kirib borishi bilan birgalikda, xususan uning O’zbekistondagi o’rganilish holati va darajasi, hamda uni ommalashtirish maqsadida olib borila… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Koreya, koreys tili, faoliyat, rivojlantirish, KOICA, qaror
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026