Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PAST OQIM TEZLIKLARIDA GIDROTURBINANING ISHLASHI VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH USULLARI
SAMARADORLIKNI OSHIRISH USULLARI · Boynazarov B.B. · Ergashboyev I.L
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
maqolada gidroenergetika tizimlarida past bosimli gidroturbinalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni tahlil qiladi. Asosiy e’tibor Kaplan turbinasiga qaratilgan bo‘lib, bu turbinaning rotor burchaklaridagi o‘zgarishlar samaradorlikni qanday yaxshilashi mumkinligi ko‘rsatildi. Gidroturbinalarning asosiy turlari — Pelton, Francis va Kaplan turbinalar tog‘risida ma’lumot berilgan. Kaplan turbinasi past bosimli va katta oqimdagi suvlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning rotor burchaklarini o‘zgarishi energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi tahlillar asosida aniqlangan. Samaradorlikni oshirish uchun turbinaning dizayni, materiallari, oqimni boshqarish, yangi texnologiyalar va texnik xizmat ko‘rsatish kabi bir qator usullar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar tahlili natijasida Kaplan turbinasining samaradorligi 63,67 % dan 76,60 % ga oshishini, kichik gidroelektr stansiyalar va past bosimli turbinalarning iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishini aniqlangan. Kalit so‘zlar: gidroturbina, Kaplan turbinası, past bosimli turbinalar, energiya samaradorligi, gidroturbinali nasos, oqimni optimallashtirish, kichik gidroelektr stansiyalar. Gidroenergetika tizimining mavjud potensialidan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkunki past bosimda ishlovchi gidroturbinalar asosida ishlovchi energetik tizimlardan foydalanish katta samara beradi. Shuning uchun past bosimda ishlovchi gidroturbinalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi vaqtda respublika miqyosida ishlab chiqarilayotgan energiyaning ma’lum qismini suv nasoslari ite’mol qiladi. Bu ko‘rsatkich yillar davomida ortib bormoqda bu esa o‘z navbatida nasos tizimi orqali suv ta’minotini bajarishga talab ortganligini ifodalaydi. Bu esa o‘z navbatida gidroturbinali nasos va elektr olish tizi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Gidroenergetik potensialdan foydalanishda keng qo‘llaniladigan asosiy turbina turlari. 115 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - Pelton Turbinasi: Yuqori bosimli suv oqimlarini boshqaradi. Pelton turbinasi parraklari qismlariga suvning urilishi natijasida ishlaydi. - Francis Turbinasi: O‘rta bosimli va o‘rtacha oqimdagi suvlar uchun mo‘ljallangan. Suvning yuqoridan pastga oqimi turbina orqali o‘tadi. - Kaplan Turbinasi: Past bosimli va katta oqimdagi suvlar uchun mos keladi. Kaplan turbinasi parraklarining o‘zgaruvchan burchaklari orqali samarali ishlaydi. Gidroturbinaning samaradorligini oshirish usullari. a) Turbinaning shaklini va geometrik o‘lchamlarini takomillashtirish. Gidrodinamik dizayn: Turbinalarning dizaynini suv oqimining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish. Bu, turbinaning o‘zgaruvchan yoki sozlanishi mumkin bo‘lgan qismlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Yuqori samardorlik olib keluvchi materiallar: Qattiq va korroziyaga chidamli materiallardan foydalanish turbinaning ishlash vaqtini uzaytiradi va samaradorligini oshiradi. b) Oqimni optimizatsiya qilish Suv ta’minoti va taqsimotini boshqarish: Suvning turbinaga qanday tushishini va oqimini boshqarish orqali samaradorlikni oshirish. Bu suvning yuqori bosimda bo‘lishini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Suv rejimlarini sozlash: Turbinaning samaradorligini oshirish uchun suv oqimining turli rejimlarini hisobga olish. c) Texnologik yangi yechimlar Aqlli sensorlar: Turbinaning ishlash holatini real vaqt rejimida kuzatish va optimal ish rejimlarini ta’minlash uchun sensorlardan foydalanish. Avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari: Turbinaning samaradorligini oshirish uchun ilg‘or boshqaruv tizimlari va avtomatlashtirishni qo‘llash. d) Texnik xizmat ko‘rsatish Texnik xizmat va ta’mirlash: Turbinaning uzoq muddatli ishlashini ta’minlash uchun muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish. Energiyani qayta ishlash: Turbinaning ishlash samaradorligini oshirish maqsadida eski komponentlarni yangilash va qayta ishlash. 3. Yuzaga keluvchi muammolar Koroziya ta’siri: Suv va boshqa kimyoviy ta’sirlar turbinaning ishlash samaradorligini kamaytirishi mumkin. Buni oldini olish uchun zamonaviy materiallar va qoplamalardan foydalanish kerak. 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Qattiq zaharli moddalar: Suvda mavjud bo‘lgan qattiq zhararli moddalar turbinaning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Filtratsiya va tozalash tizimlarini joriy qilish orqali ushbu muammolarni bartaraf etish mumkin. Yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha keltirib o‘tilgan ma’lumotlar asosida ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Hususan Nirmal Acharya va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotda quyudagicha xulosalarga kelindi. Kichik gidroenergetika manbalaridan foydalanish qishloq va kichik jamoalar uchun energiya ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa samaradorlik va tejamkorlikni ta’minlay oladigan kichik turbinalar orqali. Ushbu turbinlar iqtiso
Доказательный фрагмент
«maqolada gidroenergetika tizimlarida past bosimli gidroturbinalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюmaqolada gidroenergetika tizimlarida past bosimli gidroturbinalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kichik gidroelektr stansiyalar., energiya samaradorligi, oqimni optimallashtirish, Kaplan turbinası, past bosimli turbinalar, gidroturbinali nasos, gidroturbina
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025