Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARINING INNOVATSION BANK XIZMATLARIDAN OLAYOTGAN DAROMADLARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
M.Q. Maxmudova
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the process of transformation of banks, and information on ensuring the existing ones have been presented. Opinions of foreign scientists were given to individual participants and additional proposals for quality innovations. Key words: innovation, financial innovation, innovative information technology, improved product, approach, theory. 115 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tijorat banklari innovatsion mahsulotlarni kashf qilish orqali aholiga qulay xizmatlarni ko‘rsatish va mijozlari sonini oshirish va provard maqsadda o‘z daromadlarini oshirishga xarakat qilishmoqda. Bunda ayrim tijorat banklari mijozlari tarkibida jismoniy shaxslarning sonini oshirishga e’tibor qaratsa, ayrim tijorat banklari yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini oshirishga harakat qilishmoqda. Yoki ayrim tijorat banklari ko‘proq terminallar o‘rnatishga e’tibor bersa, ayrim banklar esa bankomatlar yoki infokiosklar sonini oshirish orqali o‘z daromadlarini oshirishni reja qilishgan. Bank tizimi va alohida olingan yirik va kichik banklar misolida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish tendensiyasi, masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning qiyosiy tahlilini olib bordik. Ammo shuni ta’kidlashimiz lozimki, qiyosiy tahlil natijasida olingan xulosalar ekonometrik tahlillar bilan aniqlashtirilmas ekan ushbu xulosalarning ishonchlilik darajasi past bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu paragrafimizda tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga qaysi omillarning ta’siri yuqori ekanligini empirik tahlil qilib ko‘ramiz. Shu munosabat bilan tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishda eng kichik kvadrat usulidan hamda strukturaviy vektorli avtoregressiya modelidan foydalanamiz. Bunda yirik banklar sifatida O‘zmilliybank AJ va unga qiyosiy tahlil sifatida kichik banklardan ATB Turonbanklar statistik ma’lumotlari empirik tahlil qilamiz. Tahlilda aynan ushbu ikki bankni tanlaganimizdan maqsad birinchidan, ushbu banklar kapitalida davlat ulushi mavjud banklar hisoblansa, ikkinchidan yirik banklar bilan kichik banklarning masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish tendensiyasi va metodikasini taqqoslash maqsadga muvofiq deb bildik. Yirik bank sifatida tanlangan O‘zmilliybank AJning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga (𝑁𝐵𝑈𝐼𝑛𝑐𝑜𝑚𝑒 ) ta’sir etuvchi endogen 𝑡 omillarni ikki guruhga ajratganmiz. Birinchi guruhga kiruvchi omillar monetar indikatorlar hisoblansa, va ikkinchi guruhga kiruvchi omillar tijorat bankining o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillardir. Monetar omillarga tijorat banki ta’siri bo‘lmaydi va bunday omillar sifatida muomaladagi pul massasining o‘zgarishi (𝑀2 ) va 𝑡 iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasining o‘zgarishi (𝐶𝑃𝐼 ) olingan. Ushbu 𝑡 omillarning masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga ta’siri aholining pulga bo‘lgan talabi orqali tushuntiriladi. Tijorat banklarining o‘ziga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilar sifatida esa masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining o‘zgarishi (𝑁𝐵𝑈𝐶𝑙𝑖𝑒𝑛𝑡𝑠𝐼 ) hamda yuridik shaxslar va yakka 𝑡 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tartibdagi tadbirkorlar sonining o‘zgarishi (𝑁𝐵𝑈𝐶𝑙𝑖𝑒𝑛𝑡𝑠𝐸 ), tijorat banki 𝑡 tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonining o‘zgarishi (𝑁𝐵𝑈𝐶𝑎𝑟𝑑𝑠 ) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallar sonining 𝑡 o‘zgarishi (𝑁𝐵𝑈𝑇𝑒𝑟𝑚𝑖𝑛𝑎𝑙𝑠 ) hamda o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklar 𝑡 sonining o‘zgarishi (𝑁𝐵𝑈𝐴𝑇𝑀𝑠 ) kabi ko‘rsatkichlar tanlangan. Yuqorida 𝑡 tanlangan statistik ko‘rsatkichlar 2018M9-2023M9 davr oralig‘idagi ko‘rsatkichlar bo‘lib, ushbu oylik ko‘rsatkichlar o‘sishda olingan. Tanlangan ko‘rsatkichlardan kelib chiqib oldimizga quyidagi farazlarni qo‘yganmiz: Muomalada pul massasining oshishi yalpi talabning oshishiga va aholi tomonidan xaridlarning oshishiga olib kelishi lozim. Buning natijasida esa tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartalar, o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomadlar va infokiosklar orqali to‘lovlar ko‘payishi va pirovardida tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlarini oshirishi lozim; Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishi aholining pulga bo‘lgan talabini oshirishi va bu banklarning masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlaridan foydalanishni kuchaytirishi va provardida esa banklarning bu sohadan olayotgan daromadlariga ijobiy ta’siri bo‘lishi lozim; Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar sonining oshishi masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimdagi pul ko‘rinishidagi aylanmaning ortishi va bu resurslarning bir qismi bank daromadlari sifatida shakllanishiga olib kelishi lozim; Tijorat
Доказательный фрагмент
«In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, financial innovation, innovative information, innovatsiya, takomillashtirilgan mahsulot., innovatsion axborot texnologiyalari, moliyaviy innovatsiyalar
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025