К содержанию
РецензированоUZ2021

BOKS SPORT TURI BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK GURUHIGA SELEKSIYA QILISHDA PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINING DOLZARBLIGI

Malikzoda Abdulatif Abdubannon o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2021

Аннотация

Opinions of scientists on selection for boxing sport based on research results and comments on psychological mechanisms of selection are presented. Key words: sport, boxing, selection, psychology, coach, group. O‘zbekistonda yil sayin ko‘plab xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Jumaladan; boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatini yurtimizda o‘tkazilganligi O‘zbek bokschilari qayd etayotgan bugungi natijalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 2021-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5099-sonli qarori imzolandi. Qarorda mamlakatimizda yoshlarning boksga boʻlgan ommaviy qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularning moddiy ragʻbatlantirilishini yaxshilash, shuningdek, oʻzbek boksini dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida ko‘plab vazifalar belgilab berilgan. 2024 yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 8 ta oltin, Shundan 5 ta oltin medalni bokschilar qo‘lga kiritishdi 2 ta kumush, 3 ta bronza medallari bilan dunyo mamlakatlari orasida 13-o‘rinni egallashdi. Paralimpiya o‘yinlarida esa 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza medallari bilan umumjamoa xisobida 13-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bu natijalar O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija xisoblanadi. Bu natijalarni yil sayin yaxshilab borish uchun Bugungi kunda yuqori natijalar qayd etayotgan 83 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sportchilarga munosib o‘rinbosar yoshlarni seleksiya qilish orqali sport turlariga jalb etishimiz eng to‘g‘ri yo‘ldir. Xorijiy davlatlar va respublikamizda chop etilgan ilmiy nazariy adabiyotlar tahlili natijalari va internetdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra sport turlariga seleksiya qilishning bir qancha usullari mavjud: M.S. Bril 1980-yilda o‘zining sport o‘yinlari “Sport o‘yinlarida seleksiya” asarida sport o‘yinlarida qanday va aniq ko‘rsatgichlar asosida seleksiya o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. U sport o‘yinlari uchun bolalarni tanlashda mutaxasislar tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan testlarni keltiradi. Bunda yetakchi ro‘l marfofunksinal ko‘rsatgichlarga 80-90% deterministik irsiyatga beriladi. S.B. Xrushev fizik rivojlanishi yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda eng katta yurak hajmi va yurak mushaklarining kuchi pastligi kattalar singari mushaklarning qattiq ishlashiga imkon bermaydi. Deya takidlaydi. Saralashda o‘pkaning funktsiyalarini hisobga olish kerak. Mushak massasining zo‘riqishini oldindan to‘g‘ri baholash va uning boshqa to‘qimalar bilan nisbati, o‘zgarishini baholash muvaffaqiyatli sport yo‘nalishi uchun bolaning kelajakdagi mushak va kuch turlarini taxmin qilishga imkon beradi deb aytib o‘tadi. V.B. Zelchenok, V.G. Nikitushkina, V.G. Guba va boshqalarning fikriga ko‘ra seleksiya jarayonida passport va biologik yoshni va ularni chegaralarini aniqlash kerak. Agar o‘spirinning rivojlanishi odatdagidan tezlashgan bo‘lsa, unda dastlab jismoniy sifatlarning rivojlanganligini juda tez sur’atlarda aniqlash mumkin. Bunday bolalarning rivojlanishida to‘xtash va kech yetilish va asincha teskari xolatlar kuzatilishi mumkin. Balog‘at yoshining dastlabki belgilari o‘g‘il bolalarda 10 yoshda paydo bo‘ladi va bu erta balog‘at yoshi xisoblanadi. Ularning fikriga ko‘ra tana turi va balog‘at yoshi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Yoshi va jinsi, metobalizmning tabiati, psixo-emotsional stress darajasi, ichki va tashqi muhitning holatini inobatga olgan xolda seleksiya qilish kerakligini takidlaydilar. Sport mashg'ulotlarining psixologik xususiyatlari har bir sport turining o'ziga xos jihatlariga bog'liq. Turli xavfli raqiblar ishtirokidagi ko‘p kunlik murakkab va shiddatli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bokschidan bir qator texnik-taktik sifatlar, jismoniy ko‘rsatkichlar, yuqori darajadagi psixologik tayyorgarlik talab etiladi. Bokschining psixologik tayyorgarligi, birinchi navbatda, kognitiv funktsiyalarning rivojlanish darajasi, zarbalarni his qilish, ringdagi yo'nalish, reaksiya tezligi, raqibning xatti-harakatlarini oldindan sezish qobiliyati, diqqat, taktik fikrlash, ikkinchidan, sportchining psixologik holatiga bog‘liqdir. 84 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Taxlil etilgan adabiyotlarda sport turlariga psixologik usullar yordamida seleksiya qilish usullariga e’tibor berilmagan. Men sport turlariga sportchilarni psixologik usullar yordamida seleksiya qilish lozim deb xisoblayman. Bunda yoshlarni maxsus testlar yordamida ijtimoiy qiziqishlari, muvaffaqiyatga erishishga motivlarini kuchliligi, temperoment tipi, reaksiyalarini aniqlash va eng yuqori ko‘rsatgich qayd etgan bolalarni boks sport turiga seleksiya qilish maqsadga muofiq deb xisoblayman. Buning natijasida yoshlarda qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishi mumkin bo‘lad

Доказательный фрагмент

«Opinions of scientists on selection for boxing sport based on research results and comments on psychological mechanisms of selection are presented.»

Образец извлечения

Демо-превью

Opinions of scientists on selection for boxing sport based on research results and comments on psychological mechanisms of selection are presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sport, boxing, selection, psychology, coach, group, guruh., murabbiy, seleksiya, psixologiya, boks
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники