К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI · Meyliyev Sobirjon Xolmurodovich · Umarova Muattar Saidxo‘jayevna · Usmanova O‘g‘iloy

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article will talk about how the use of information technologies and multimedia applications from their wide application in improving the effectiveness of mathematics lessons in primary school contributes to the further development of interest in children, is the most successful choice in the ability to correctly determine their abilities. After all, a 100 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference teacher should be ready for this from all sides, and have the necessary experience and knowledge. Keywords: mathematics lessons in elementary grades, educational technologies, methods, multimedia applications, lesson process, qualified teacher. Hozirgi kunda boshlang’ich sinflarda matematika darsini o'tishda yanada takomillashuvini joriy qilish maqsadida turli xil axborot texnologiyalaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. Hozirgi darsliklar bilan 2019-yilgacha nashrdan chiqqan matematika darsliklaridagi farqlar avvalgi metodlar eskirgani, endi ular samara bermasligini yaqqol ko'rsatib turibdi. Shuning sababli hozirda o’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, ulardagi qobiliyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, alohida faol va interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Bunda bevosita multimedia ilovalariga murojaat qilamiz. Bolalarni oson sanashga o'rgatish, o'rgangan sonlari orqali eng sodda arifmetik amallardan murakkablariga o'tish, masalalarni ko'z oldiga keltirib yecha olish , turli xil geometrik shakllarni tasvirlash, tasavvur etish kabi masalalarda axborot texnologiyalardan foydalanamiz. Bu yaxshi natijalarga olib kelishi uchun to'g'ri yo'l ekanligi amaliyotlar va tajribalar orqali qayta-qayta aniqlanmoqda. Matematika darslarida “O'yinli” masalalar dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinfda oʻrganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalish, o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang'ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo'llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin. Respublikamiz miqyosida umum ta'lim maktablariga katta e'tibor qaratilgan boʻlib, maktablarimizni jahon standartlariga mos holda jihozlar bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimi bo'g'inidagi ta'lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari oldida yangi muammolar, ya'ni o'qitilayotgan fanning o'zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o'qitishda ham turlicha metodlar qo'llanilmoqda, bundan ko'zlangan asosiy maqsad matematika fanini 101 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o'qitishni takomillashtirishdan iboratdir. Matematika fanini o'qitishda, undagi mavzularni tushuntirishda va ko'rgazmalilikni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalaridan ham foydalanish mumkin. Axborot texnologiyasi vositalaridan biri multimedia vositasidan har xil animatsiyalar, dasturlar orqali matematikani o'qitishni tashkil qilish mumkin. Qo'yilgan talablar bo'yicha axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog o'qituvchilarning yumushini osonlashtirib, o'quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko'tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta'lim muassasasi rahbariyatiga talaba, guruh, mutaxassisliklar boʻyicha test natijalarini ko'rib borish va ularning oʻzlashtirish natijalariga baho berish, o'qituvchilarning ma'ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlariga mo'ljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o'zlashtirish bo'yicha uslubiy materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o'quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahmiyatga egadir: - differensial va individual o'qitish jarayonini tashkil qilish; - o'qish jarayonini baholash, teskari(qarshi) aloqa bog'lashi; - o'z-o'zini nazorat qilish va tuzatib borishi; - oʻrganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularni dinamik jarayonini ko'rsatishi; - fan ma'ruzalarida animatsiya, grafika, multiplikasiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi; - o'quvchi talabalarga fanni o'zlashtirish uchun strategik ko'nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, multimedia

Доказательный фрагмент

«This article will talk about how the use of information technologies and multimedia applications from their wide application in improving the effectiveness of mathematics lessons in primary school contributes to the f…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will talk about how the use of information technologies and multimedia applications from their wide application in improving the effectiveness of mathematics lessons in primary school contributes to the f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mathematics lessons in elementary grades, educational, dars jarayoni, Boshlangi’ch sinflarda matematika darslari, multimedia ilovalari, metod, usul, malakali pedagog., axborot texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники