Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNI HAL ETISHDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TIZIMLASHTIRISH MUAMMOLARI
Dauletmuratov Timur Dauletmuratovich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilab berilgan. Shuningdek, normativ- huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishning ayrim turlariga to’xtalib o’tilgan va ularning kolliziyalarni oldini olishdagi ahamiyati yoritib berilgan, Kalit so’zlar: kolliziya, normativ-huquqiy hujjatlar, konsolidatsiya, kodifikatsiya, inkorporatsiya, qonun ijodkorligi Maʼlumki, huquq ijodkori muayyan normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonida mavjud huquqiy bazani atroflicha tahlil etishga va bunda muayyan takrorlashlarga, nomuvofiqlilik va ziddiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qiladi. Lekin, bu boradagi faoliyat yuqoridagi jihatlarni qanchalik eʼtiborga olgan holda amalga oshirilmasin, bunda qonunchilikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kolliziyalarning oldini olish va hal etishga toʻlaligicha erishib boʻlmaydi. Shu jihatdan olganda, huquqdagi kolliziyalarni hal etish mexanizmining muhim usullaridan hisoblangan qonunchilikni tizimlashtirish va uygʻunlashtirish bu boradagi muammolarni hal etishda alohida ahamiyat kasb etishini qayd etish joiz. Qonunchilikni tizimlashtirish va uygʻunlashtirish bilan bogʻliq masalalar mamlakatimiz va xorijlik huquqshunos olimlar tomonidan muayyan darajada tadqiq etilgan boʻlsa-da, ularda mazkur usullarning qonunchilikdagi kolliziyalarni hal etishdagi oʻrni va ahamiyati bilan bogʻliq jihatlarga batafsil toʻxtalib oʻtilmagan. Taʼkidlash joizki, ijodkorlikning boshqa turlari kabi huquq ijodkorligi ham jamiyatda kechayotgan jarayonlarga mos holda muntazam rivojlanib boradi. Zero, huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi huquq ijodkoridan doimiy ravishda faoliyat yuritishni, yangidan-yangi normativ-huquqiy hujjatlar¬ni yaratish, mavjud hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borishni talab etadi. Bu esa oʻz navbatida, normativ-huquqiy hujjatlar doirasining muntazam ravishda oʻzgarib 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference turishiga hamda aksariyat hollarda ularning hajm jihatdan kengayib borishiga hamda ular oʻrtasida muayyan ziddiyatlarni kelib chiqishiga olib keladi. Ushbu muammolarni hal etishda qonunchilikni tizimlashtirish taqozo etiladi. Bu borada huquqshunos olim U.X.Muhamedov haqli ravishda eʼtirof etganidek, “qonun hujjatlari miqdorining son jihatdan juda koʻpayib ketishi, qonunchilik hujjatlarida oʻzaro ziddiyatlar yuzaga kelishi, ularning bir-birini takrorlashi, qonun ijodkorligi tartib-taomillarining buzilishi holatlarida normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olishning ahamiyati yaqqol koʻrinadi”. Qonunchilikni tizimlashtirish ularni tartibga solish va takomillashtirish yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻlib, u ushbu hujjatlarni belgilangan va oʻzaro ichki bogʻlangan tizim xoliga keltirishni nazarda tutadi. Shu oʻrinda, huquqshunoslik fanlarida qonunchilikni tizimlashtirishdan koʻzlangan maqsad hamda uning qonunchilikdagi ziddiyatlarni hal etishdagi ahamiyati yuzasidan turli xil yondashuvlar mavjud ekanligini qayd etish joiz. Xususan, huquqshunos olimlar M.K.Najimov va Sh.A.Saydullaevlarning fikricha, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: qonunchilikni rivojlantirish va yanada takomillash¬tirish; normativ hujjatlarni toʻgʻri anglash va qoʻllash; zarur boʻlgan normativ hujjatni (normani) topishni yengillashtirish; joriy qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar, takrorlanishlar, boʻshliqlarni bartaraf etish; huquqiy munosabat subyektlarining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish va boshqalarda. Qonunchilikni tizimlashtirishdan koʻzlangan maqsad yuza¬sidan yuqorida keltirib oʻtilgan fikr-mulohazalarni eʼtirof etgan holda, uning huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, qonunchilikni eskirgan aktlar va oʻzaro qarama-qarshi normalardan halos etish, normativ hujjatlardan foydalanishni yengillashtirish va soddalashtirish, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy tarbiyasi darajasini oshirishda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etib oʻtish joiz. Ayniqsa, qonunchilikni tizimlashtirishning kodekslashtirish va konsolidatsiya usullaridan oqilona foydalanish normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi kolliziyalarni hal etishda muhim oʻrin tutadi. Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, huquqiy tizimning rivojlanishi davomida muayyan muddat oʻtganidan keyin tartibga solish predmeti bir boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning hajmi oshadi. Bu esa, mazkur hujjatlarning qoidalarini takrorlashi bilan birga, ularda kolliziyalarning yuzaga kelishiga ham olib keladi. Bunday holatlarda normativ-huquqiy hujjatlarni konsolidatsiya qilish orqali ulardagi ziddiyatlarga barham berish mumkin. 48 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Normativ-huquqiy hujjatlarni tizi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tahlil qilish hamda natijalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga tatbiq etish bugungi kunda huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konsolidatsiya, qonun ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar, kolliziya, kodifikatsiya, inkorporatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025