Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TО‘QIMALARINI “LX-280-T” RUSUMLI YASSI IKKI IGNADONLI TRIKOTAJ TО‘QUV MASHINASIDA OLISH TAXLILI
I.I. Kamolova (Mustaqil izlanuvchi Namangan tо‘qimachilik instituti)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki qо‘shimcha iplar yordamida amalga oshirish. Xomashyo sarfini kamaytirish maqsadida trikotajning teskari yuzasini yetarli darajada tо‘ldirish uchun past navli tabiiy kalava iplardan foydalanish tahlili keltirilgan. Kalit so‘zlar: Bir qavatli tо‘qima, ip, chiziqli zichligi, biriktiruvchi ip, trikotaj zichligi, “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashinasi. Bir qavatli tо‘qimani qо‘shimcha iplar bilan biriktirish mazkur guruhdagi trikotajning barcha strukturasi uchun xos bо‘lib, ular shunday tо‘qiladiki, bunda iplar trikotaj yuzasiga chiqmagan holda, old va orqa tomoni bо‘yicha barcha yoki ba’zi bir halqa protyajkasi ustida press yarim halqa tashlanmasi kо‘rinishida joylashadi. Shu bilan bog‘liq bо‘lgan holda, old va orqa qatlamlarni tо‘qish uchun qо‘llaniladigan iplardan tola trkibi, fizik-mexanik kо‘rsatkichlari, chiziqli zichligi, rangi bо‘yicha farq qiluvchi qо‘shimcha biriktiruvchi ip sifatida foydalanish imkoni ham mavjud. Buning evaziga trikotajning parametrlari, xususiyatlari va tashqi kо‘rinishi yaxshilanadi. Biriktiruvchi ip sifatida, tо‘qima tarkibi turiga bog‘liq bо‘lmagan yuqori kirishuvchan ipdan foydalanish hisobiga, trikotaj zichligini oshirishga, uning issiqlik saqlash xususiyatini va relyefli kо‘rinishini yaxshilashga erishish mumkin. Ingichka biriktiruvchi iplarni qо‘llash hisobiga trikotajni yuza tо‘ldirilishini oshirishga ham erishish mumkin bо‘ladi. Modomiki, biriktiruvchi ip halqa bilan birga tо‘qilmas ekan, u holda asos ipi sifatida arzonroq, kam pishitilgan, anchagina qalinroq kalava ipdan foydalanish ham mumkin. Biriktiruvchi iplarni qisqaruvchanligini oshirish hisobiga qatlamlar orasidagi masofani oshirish mumkin, buning natijasida qalin mato olinishiga erishiladi. Tо‘qima qо‘shimcha iplar bilan biriktirilganligi tufayli, asosiy ipdan foydalanib biriktirish usuli bilan olingan ikki qatlamli trikotaj uchun sarflanadigan kalava ipga nisbatan, asosiy kalava ip sarfi kam bо‘ladi. Buning natijasida trikotajni old va orqa tomonlari parametrlarini о‘zgartirish mumkin, bu ikki qatlamli trikotajning optimal parametr-larini olishda juda muhim ahamiyatga ega [1]. Biriktiruvchi iplarda nisbiy qisqarish kam bо‘lganligi sababli 80 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference trikotajning eni bо‘yicha chо‘ziluvchanligini anchagina chegaralash mumkin. Agar trikotaj struktu-rasiga qandaydir yangi iplar yoki halqa tuzilishiga о‘xshash elementlar kiritilsa, trikotajning xususiyati va parametrlarini о‘zgarishi bizga ma’lum. Xitoyning “LONG XING” firmasida ishlab chiqarilgan “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashina-sining texnologik imkoniyatlaridan tо‘liq foydalanib, tо‘qima tarkibidagi iplarini miqdorini trikotaj tо‘qimasini texnologik parametrlariga va fizik - mexanik xususiyatlariga ta’sirini tadqiqotlash hamda ikki qatlam-li trikotaj tо‘qima turlarini kengaytirish maqsadida, ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasining 6 ta variantini tuzilishi va olish usullari ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasini yangi tuzilishini yaratishda, mavjud bо‘lgan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarining tuzilishlari va “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli trikotaj tо‘quv mashinaning texnologik imkoniyatlari taxlil qilib chiqildi. Tо‘qimani bog‘lovchi birikmalari bо‘yicha ikki qatlamli trikotajni bir nechta asosiy guruhga ajratish mumkin: ikkita bosh tо‘qima (kо‘ndalangiga yoki bо‘ylamasiga tо‘qilgan) biriktirib tо‘qilgan, hosilali tо‘qimalar,naqshli tо‘qilgan tо‘qimalar, hosila va naqshli tо‘qilgan trikotaj tо‘qimalari. Biriktiruvchi elementlarni hosil qilish usuli bо‘yicha ikki qatlamli trikotaj tо‘rtta kichik guruhlarga bо‘linadi: futer usulida biriktirish (F), press usulida biriktirish (Pr), arqoqli usulda biriktirish (A), qoplama usulda biriktirish (Q). Yangi tuzilishli, shakl saqlovchi ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini tuzilishini yaratishda biriktirishning press usulidan foy-dalanildi. Taklif qilinayotgan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalari “LX-280-T”rusumidagi yassi ikki ignadonli trikotaj tо‘quv mashinasida quyida nomlari keltirilgan xomashyolardan foydalanib ishlab chiqarilgan [2]. Ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini ishlab chiqarishda chiziqli zichligi 20 teks paxta kalava ipidan va haqiqiy chiziqli zichligi 16,7 teksli ipak kalava iplaridan foydalanib ikki qatlamli trikotajni 6 hil varianti ishlab chiqarilgan. Bu ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini ikki hil iplardan foydalanib ishlab chiqarishdan maqsad, ikki qatlamli trikotajni eni va bо‘yi bо‘yicha pishiqligi va shakl saqlash xususiyatlariga paxta va ipak iplarini chiziqliy zichliklarini ta’sirini tahlil qilish hamda trikotajni shakl saqlash xususiyatlarini oshirish. 81 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Арқоқ Пахта 20 текс х 2 a) Пахта 20 текс х 2 Пахта 20 текс х 2 Пахта 20 текс х 2 Пахта 20 текс х 2 b) Пахта Rasm -1. Ikki qatlamli tr
Доказательный фрагмент
«Ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki qо‘shimcha iplar yordamida amalga oshirish.»
Образец извлечения
Демо-превьюIkki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki qо‘shimcha iplar yordamida amalga oshirish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biriktiruvchi ip, trikotaj zichligi, “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashinasi., ip, Bir qavatli tо‘qima, chiziqli zichligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026