Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOYMADARON EXTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLARNI SPEKTROFOTOMETRIYA USULIDA ANIQLASH
SPEKTROFOTOMETRIYA USULIDA ANIQLASH · Yuldasheva Shoxida Saitovna · Jalilov Fazliddin Sodiqovich
Академические исследования в современной науке · 2020
Аннотация
Ushbu maqola boymadaron o’simlik ekstraktining tarkibini va flavonoidlarini xossa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu ishlar xromotagrafiya usulida olib borildi. Xromatografiya usulida Boymadaron ekstrakti tarkibidagi flavonoidlarni aniqlash orqali flavonoidlar turini va miqdorini yuqori aniqlikda o'lchash imkonini bergan. HPLC usuli aniq miqdoriy tahlil uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Kalit so’zlar: boymadaron o’simlik, ekstrakt, flavonoid, HPLC usuli, miqdor. Boymadaron (Hibiscus rosa-sinensis) ekstrakti tarkibidagi flavonoidlarni xromatografiya usulida aniqlash, an'anaviy spektrofotometriya usuliga nisbatan yanada aniqroq va murakkab tahlilni hisoblanib, xromatografiya usulida, o'simlik ekstraktlaridagi flavonoidlar turli fazalardan (odatda, suyuqlik va qattiq faza) o’simlik xossa xususiyatlariga qarab ajratib olinadi. Boymadaron o'simligi ko'plab bioaktiv birikmalarni, jumladan flavonoidlarni o'z ichiga oladi. Gulcin (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda flavonoidlarning o'simlik tibbiyotidagi o'rni va sog'liq uchun foydali ta'sirlari, masalan, antioksidant, yallig'lanishga qarshi, antibakterial va antikancerogen xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Boymadaronning tarkibidagi flavonoidlar, ayniqsa, kversetin, kaempferol, va apigenin kabi komponentlar, o'simlikning farmakologik faoliyatini ta'minlaydi. Boymadaron ekstraktidagi flavonoidlar turli biologik faoliyatlarni amalga oshiradi [1]. Boymadaronning antioksidant xususiyatlari va uning flavonoidlar bilan bog'liqligi tahlil qilingan. Flavonoidlar, ayniqsa kaempferol va kversetin, hujayra darajasida oksidlanish jarayonlarini to'xtatib, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Bu xususiyatlar Boymadaronning sog'liqni mustahkamlashdagi muhim rolini ta'kidlaydi. Boymadaron ekstrakti tarkibidagi flavonoidlarni aniqlash va miqdoriy tahlil qilish uchun spektrofotometriya usullari keng qo'llaniladi [2, 3]. UV-Visible spektrofotometriya usuli yordamida o'simlik ekstraktlaridagi flavonoidlarni aniqlashning texnikasi va afzalliklari ko'rib chiqilgan. Bu usul, flavonoidlarning 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ko'plab o'simlik ekstraktlarida aniqlanishi va miqdoriy baholanishida samarali ekanligini ko'rsatadi. Boymadaron ekstrakti uchun, asosan, quyosh nuri absorptsiyasi va maksimal absorptsion to'lqin uzunligi orqali flavonoidlarni aniqlash imkoniyatini beradi [4]. Spektrofotometriya yordamida flavonoidlarni miqdoriy aniqlashning aniq usullari ko'rsatilgan bo’lib, bu usulni qo'llash orqali o'simlik ekstraktlaridagi flavonoidlarning konsentratsiyasini o'lchash mumkin, bu esa ekstraktlarning biologik faolligini baholash uchun muhimdir. Boymadaron ekstrakti uchun spektrofotometriya orqali flavonoidlarning miqdori va ularning biologik faoliyatini aniqlashda ushbu usulning ahamiyati ta'kidlanadi. Boymadaronning flavonoid tarkibi nafaqat tibbiy, balki farmakologik tadqiqotlarda ham katta qiziqish uyg'otadi [8]. Flavonoidlarni aniqlash va miqdoriy o'lchash jarayonlari tasvirlangan. Boymadaronning flavonoidlari, ayniqsa, luteolin va apigenin kabi komponentlar, ularning yallig'lanishga qarshi va antimikrobial xususiyatlari tufayli, o'simlikning ko'plab sog'liqni saqlash foydalari bilan bog'liq. Boymadaron o'simligidagi flavonoidlarni tahlil qilishda spektrofotometriya kabi usullar asosiy qo'llaniladigan metodlardan biridir [5, 6]. Spektrofotometriya usulidan foydalanib flavonoidlarni aniqlash va tahlil qilishning texnik va metodologik jihatlari batafsil ko'rib chiqilgan. Bu usul yordamida o'simlik ekstraktlaridagi flavonoidlar miqdorini aniqlash va ularning biologik faolligini baholashda sezilarli natijalar olish mumkin [7,9]. Boymadaron ekstrakti tarkibidagi flavonoidlarni spektrofotometriya usuli bilan aniqlash bo'yicha adabiyotlar tahlili, ushbu usulning samaradorligini, shuningdek, flavonoidlarning farmakologik xususiyatlarini baholashda qanday qo'llanilishini ko'rsatadi. Boymadaronning flavonoidlari, ayniqsa, kversetin, kaempferol, va apigenin kabi birikmalar, uning sog'liqni saqlash uchun potentsial foydalari bilan bog'liq bo'lib, spektrofotometrik tahlil usullari yordamida aniq o'lchovlar olib borish mumkin. Bu usulning yuqori sezgirligi va aniq natijalari, o'simliklarning biokimyoviy tarkibini o'rganishda keng qo'llaniladi. Metodlar. Xromotagrafiya usulida flavonoidlar miqdorini va turini aniqlash uchun suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usulidan foydalanildi. HPLC (High-Performance Liquid Chromatography) usulida o'simlik ekstraktlaridagi flavonoidlarni yuqori aniqlikda ajratishga imkon berdi HPLC usulida flavonoidlarni yuqori bosim ostida suyuqlik muhitda ajratib olinadi. Bu jarayonda Boymadaron o’simligi qismlaridan flavonoidlar ajratib olishda metanol erituvchisidan foydalanildi. Ajratib olingan ekstrakt tarkibidagi 117 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference flavonoidlar UV-detektor yordamida aniqlandi. Flavonoidlar ko'pincha 370 nm nurlarida aniqlandi. Nat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola boymadaron o’simlik ekstraktining tarkibini va flavonoidlarini xossa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu ishlar xromotagrafiya usulida olib borildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola boymadaron o’simlik ekstraktining tarkibini va flavonoidlarini xossa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu ishlar xromotagrafiya usulida olib borildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boymadaron o’simlik, flavonoid, HPLC usuli, ekstrakt, miqdor.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026