К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEKISTON PSIXOLOGIYASIDA TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH MUAMMOSINING O‘RGANILISHI

MUAMMOSINING O‘RGANILISHI · U. Nurmatov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются научные исследования, проводимые психологами нашей страны по проблеме управления образовательным учреждением. В нем содержатся подробные сведения о теоретических и практических аспектах данной проблемы, научных исследованиях, проводимых учеными нашей страны в этом направлении, а также содержании и сути деятельности руководителей образовательного учреждения сегодня, а также особенности ее эффективной организации. Ключевые слова: непрерывного образования, образовательное учреждение, школьное образование, образовательный менеджмент, лидер, работник, рабочий коллектив, эффективный менеджмент, компетентность, организаторские способности. Annotation. The article examines scientific research conducted by psychologists of our country on the problem of managing an educational institution. It contains detailed information on the theoretical and practical aspects of this problem, scientific research conducted by scientists of our country in this area, as well as the content and essence of the activities of educational institution managers today, as well as the features of its effective organization. Key words: continuous education, educational institution, school education, educational management, leader, employee, work collective, effective management, competence, organizational skills. Davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilishi har bir davlatning muhim vazifasi risoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sanalmish Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini isloh qilish va uni jadallashtirish jarayonlari ko‘p jihatdan, o‘quv muassasalari rahbarlarining hissalari va rahbarlik faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etganliklariga bog‘liqdir. Shunday ekan, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davrida ta’lim muassasalariga yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalarini ko‘r-ko‘rona bajaradigan rahbarlar emas, balki o‘z faoliyatida har bir ishga ijodiy yondashuvchi, yangi tafakkur va zamonaviy boshqaruv ilmlaridan xabardor bo‘lgan, shuningdek, mukammal shaxsiy va kasbiy fazilatlar, boshqaruvchilik mahoratiga ega 104 bo‘lgan rahbarlarni faoliyat ko‘rsatishlarini davrning o‘zi talab qilmoqda. Mamlakatimiz ilm-fanida ta’lim muassasasini samarali boshqarish, rahbarning boshqaruv mahorati va uning faoliyati samaradorligini o‘rganish bugungi kunda dolzarb vazifa bo‘lib, ular pedagog va psixolog olimlarning tadqiqot ishlari obyektiga aylanib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida yurtimizda ta’lim muassasalarini boshqarish muammolari psixologiya sohasida E.G‘oziyev, M.Davletshin, V.Karimova, D.Muxamedova, O.Hayitov, N.Boymurodov, E.Sattorov, X.Alimov, F.Akramova, I.Mahmudov; pedagogika fani sohasida M.Ochilov, R.Ahliddinov, A.Zunnunov, K.Hoshimov, R.Jo‘rayev, S.Turg‘unov va boshqalarning nazariy metodologik xususiyatga ega bo‘lgan asarlari va maxsus eksperimental tadqiqotlarida keng o‘rganilganligiga guvoh bo‘lamiz. Ularning ilmiy izlanishlarida ta’lim muassasasini boshqarishning samarali usullari, soha uchun rahbar kadrlarni tanlash, ularni tarbiyalash va lavozimlarga joylashtirish, kasb motivatsiyasining psixologik jabhalari, mehnat jamoasidagi ijtimoiy psixologik muhit va uni ta’minlash, ahil, jips, ishchan ijtimoiy ruhiy jamoani yaratish va boshqa masalalar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berilgan. Mamlakatimiz psixologiyasida D.G.Muxamedova ta’lim menejmenti masalalarini o‘rgangan yetakchi olimalardan biri hisoblanadi. U o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida ta’lim muassasasida boshqaruv faoliyatini optimallashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganib, unda rahbarning ish uslubiyoti va uslubiga kengroq e’tibor qaratishga harakat qiladi. Muallifning ilmiy izlanishlaridagi asosiy g‘oyalardan biri sifatida ta’lim menejerining boshqaruv faoliyati samaradorligi uning kommunikativ imkoniyatlari namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi e’tirof etiladi [2]. Rahbar faoliyatining asosini aynan muloqot jarayoni tashkil etishi, uni mohirona olib boruvchi rahbarlarda o‘z vazifalarini samarali tarzda tashkil etish imkiniyatining oshishi, bunday mehnat jamoasida doim ishchanlik, o‘zaro hamkorlik muhiti mavjud bo‘lishi e’tirof etiladi. Psixolog olim E.G‘oziyev zamonaviy rahbar shaxsidagi tashkilotchilik qobiliyatiga alohida urg‘u beradi hamda rahbar tashkilotchi sifatida o‘ta uddaburon, ishbilarmon, idora yoki muassasa oldida turgan vazifalarni to‘g‘ri uyushtira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi [5;43]. Zero, mehnat jamoasidagi moliyaviy va iqtisodiy masalalarni to‘g‘ri va oqilona tashkil qilishlik, yangi g‘oyalar, yo‘nalishlar, xorij ilg‘or tajribasini mahalliy sharoitga, xodimlarning saviyasiga moslashtirgan holda amaliyotga

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются научные исследования, проводимые психологами нашей страны по проблеме управления образовательным учреждением.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются научные исследования, проводимые психологами нашей страны по проблеме управления образовательным учреждением. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
continuous education, educational institution, school education, educational, xodim, ta’lim menejmenti, maktab ta’limi, mehnat jamoasi, rahbar, ta’lim muassasasi, uzluksiz ta’lim, kompetensiya, samarali boshqaruv, tashkilotchilik qobiliyati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники