К содержанию
РецензированоUZ2026

BALIQLAR SINFIGA UMUMIY TAVSIF VA TOG’AYLI BALIQLAR SINFINING TASHQI TUZULISHI

TASHQI TUZULISHI · Mirzasultonova Shaxzoda

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides a general description of the external structure of the class of fish belonging to the vertebrate phylum and information about the external structure of the class of ray-finned fish Keywords: fish, ray-finned fish, shark, dentine, placoid, heterocercal, flippers, visceral skeleton, Meckel's tail. Baliqlar ham to'garak og’izlilar singari jabra bilan nafas oladi. Halqumini 5 - 7 juft jabra yoriqlari teshib o'tgan. Lekin, to'garak og'izlilardan farq qilib baliqlaming og‘zi harakatchan jag'lar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari baliqlarda bir juft ko'krak va bir juft qorin suzgichlari paydo bo'lgan. Ular muskuldor kuchli dumi hamda 1 juft ko'krak va qorin suzgichlari yordamida suvda tez va chaqqon harakatlanishi bilan sekin harakat qiladigan to'garak og'izlilardan farq qiladi. Baliqlaming oldinga qarab harakat qilishining asosiy sababi butun gavdasini yon tomonga qarab to'lqinsimon harakati yoki kuchli dum harakati hisoblanadi. Juft suzgichlari (ko'krak va qorin) baliq gavdasini suvda ma’lum muvozanatda ushlab turishni ta’minlaydi. Yirtqich baliqlarning ichagi kalta, o'txo'r baliqlarning ichagi esa uzun bo'ladi. Masalan: o'txo'r do'ngpeshona balig’ining ichagi tanasiga nisbatan 13 marta uzun bo'ladi. Baliqlar o‘z oziqasini yuqorigi va pastki jag'lari yordamida tutadi. Ularning shakli tasmasimon, yapaloq yoki ilonsimon. Baliqlaming barcha sezgi organlari to'garak og’izlilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Miya qutisi yaxshi rivojlangan. Ko‘z gavhari sharsimon bo'lib, yaqin masofadan ko'rishga moslashgan. Skeleti tog'aydan yoki suyakdan iborat. 0’q skeleti vazifasini asosan tog‘ay va suyakdan iborat umurtqa pog'onasi, ayrim turlarida esa xorda bajaradi. Baliqlar umurtqalarining soni 16 tadan (oy baliqlarda) 400 10 tagacha (Yangi Zelandiya kaniar balig’ida) bo’ladi. Ko'pchilik baliqlaming tanasi sirtqi tomonidan har xil tuzilishga ega bo’lgan tangachalar bilan qoplangan. Ulaming haqiqiy tishlari bor. Tangachalari himovalanuvchi tuzilma hisoblanadi. Shilimshiq ishlab chiqaradigan teri bezlari yaxshi rivojlangan. Baliqlarda nafas olish organi vazifasini asosan jabralari bajaradi va jabralar hayoti davomida saqlanadi. Baliqlaming jabralari ektodermadan hosil bo'ladi. jabra yaproqlari bo'limlarga bo'lingan jabra yoylarining tashqi tomoniga birikadi. Hid bilish organi teshigi 2 ta bo'lib, bir juft yopiq hid bilish xaltachalaridan iborat. Yuragi ikki kamerali, ya'ni bitta yurak bo'lmasi va bitta yurak qorinchasi mavjud. Qon aylanish doirasi bitta bo'ladi. Eshitish organi faqat ichki quloqdan iborat. Ko'pchilik turlarida suzgich pufaklari ham bo'lib, gidrostatik organ vazifasini bajaradi. Ularda yana yon chiziq organlari ham bor. U suv to'lqinlarini sezadi va suv harakatiga nisbatan mo'ljal oladi. Demak, baliqlar biologik tomondan to’garak og'izlilarga nisbatan ancha vuqori turadi. Buni albatta ularning scrharakatligi faol holda oziqni qidirib jag'lari va tishlari bilan tutib turishi, tashqi muhit ta'siriga tez ko'nikishidan seziladi. Bu esa baliqlarning ayrim organlarining, ayniqsa nerv sistemasining, sezgi organlarining va skeletining yaxshi rivojlanganligi bilan bog’liq. Baliqlar asosan tashqariga, ya'ni suvga uvildiriq tashlash orqali ko'payadi. Ba'zi turlarida otalanish ichki, ular otalangan tuxum qo‘yadi yoki tirik tug'adi. Baliqlarning ko'pchiligi ayrim jinsli. Lekin germafroditlari ham bor. Baliqlar katta sinfiga 20 mingdan 28 mingtagacha tur kiradi va ular yer yuzasidagi barcha suv havzalarida uchraydi. Baliqlar katta sinfi o'z navbatida tog'ayli baliqlar va suyakli baliqlar sinfini o’z ichiga oladi. Tog'ayli baliqlar ancha sodda tuzilishga ega va baliqlar katta sinfi ichida eng qadimgilaridan hisoblanadi. Ularning skeleti hayoti davomida tog'aydan iborat bo'ladi. Ba’zilarining tog'ayli skeletiga ohak singgan bo'lishi ham mumkin. Sirtqi terisi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Jabra yoriqlari bevosita tashqariga ochiladi. Yelka kamari bosh qismining ostidan va yon tomonidan o‘rab turgan yaxlit tog‘ay yoydan iborat. Toq va juft suzgich qanotlarining distal qismini elastik (shox moddali) shu’lalar tutib turadi. Juft suzgich qanotlari gorizontal holda joylashgan. Dum suzgich qanoti geteroserkal tipda bo’ladi. Havo (suzgich) pufaklari va o‘pkasi bo'lmaydi. Tog'ayli baliqlar ana shunday sodda tuzilish belgilariga qaramay, ularda quyidagi progressiv xususiyatlari ham bor. Bosh miyasining oldingi miya yarimsharlari kuchli rivojlangan. Erkaklarida qorin suzgich qanotlarining bir qismi o'zgarib o'ziga xos kopuliyativ organga aylangan. Urug'lanishi ichki, urg'ochilari qattiq shoxsimon parda bilan o'ralgan yirik tuxum qo'yadi yoki rivojlanishi bachadonda bo’lib tirik tug'adi. Kloakasi bor. Tuxum qo'yuvchilarda tuxumlarining rivojlanishi 4-14 oy, tirik tug'uvchilarda esa 6-9 oy davom etadi. Tog’ayli baliqlar turlari orasida uzunligi 15 sm keladigan ba’zi skatlar bilan bir qatorda 15 m va hatto 20 m gacha boradigan kitsimon akulalar bor. Tog'ayli baliqlar Kaspiy dengizidan tashqari barcha okean v

Доказательный фрагмент

«This thesis provides a general description of the external structure of the class of fish belonging to the vertebrate phylum and information about the external structure of the class of ray-finned fish Keywords: fish,…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides a general description of the external structure of the class of fish belonging to the vertebrate phylum and information about the external structure of the class of ray-finned fish Keywords: fish,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fish, ray-finned fish, shark, dentine, placoid, heterocercal, flippers, visceral, tog’ayli baliqlar, baliqlar, Meckel's tail., рак Меккеля., visceral skeleton, плакоид, рыбы, akula, акула, visseral skelet, geteroserkal, раки, плавники, брызгун, висцеральный скелет, mekkel tog’ayi., дентин, dentin, plakoid, гетероцеркал, sachratg’ich, suzgich qanotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники