Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
ASKOMITSETLARNING UMUMIY TAVSIFI, AHAMIYATI VA VAKILLARI
Xosilov Muhammadjon Xakimjon o’g’li
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article describes the general description, structure, and reproductive characteristics of ascomycetes. Their importance in ecology, agriculture, food industry and medicine is analyzed in detail. The representatives of ascomycetes and their benefits to humanity are considered separately. Аннотация: В статье даны общее описание, строение и репродуктивные характеристики аскомицетов. Подробно проанализировано их значение в экологии, сельском хозяйстве, пищевой промышленности и медицине. Отдельно рассмотрены представители аскомицетов и их польза для человечества. Kalit so‘zlar: Askomitsetlar, askosporalar, Penicillium, antibiotiklar, xamirturushlar, mikrobiologiya, oziq-ovqat sanoati, ekologiya, organik moddalar, biotexnologiya, parazit qo‘ziqorinlar, tuproq unumdorligi, qishloq xo‘jaligi, spirtli ichimliklar, non ishlab chiqarish, tabiiy muvozanat. Key words: Ascomycetes, ascospores, Penicillium, antibiotics, yeasts, microbiology, food industry, ecology, organic matter, biotechnology, parasitic fungi, soil fertility, agriculture, alcohol, bread production, natural balance. Ключевые слова: аскомицеты, аскоспоры, пенициллии, антибиотики, дрожжи, микробиология, пищевая промышленность, экология, органическое вещество, биотехнология, паразитические грибы, плодородие почвы, сельское хозяйство, спирт, производство хлеба, природный баланс. Kirish: Askomitsetlar (Ascomycota) qo‘ziqorinlarning eng katta va xilma-xil sinfini tashkil qiladi. Ular 60 mingdan ortiq turga ega bo‘lib, mikroorganizmlar dunyosida muhim rol o‘ynaydi. Askomitsetlar tabiatda organik moddalarni parchalash, oziq-ovqat ishlab chiqarish, dori vositalarini yaratish va qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Bu guruhga ma’lum turlar qatorida xamirturushlar va mo‘g‘or qo‘ziqorinlari kiradi. Asosiy qisim: Askomitsetlarning umumiy tavsifi. 1. Tuzilishi va ko‘payishi. Askomitsetlar sporalarni askos (xaltacha) ichida hosil qiluvchi qo‘ziqorinlardir. Ularning hujayra devori xitin va glyukanlardan iborat bo‘lib, turli shakl va hajmga ega. Askomitsetlar odatda saprofitlar bo‘lib, o‘simlik, hayvon yoki inson organizmida parazit sifatida ham yashashi mumkin. 2. Hayotiy sikli. Askomitsetlar jinsiy va jinsiy bo‘lmagan yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda askosporalar hosil qilinadi, jinsiy bo‘lmagan ko‘payishda esa konidiyalar orqali tarqaladi. 3. Vakillari. Xamirturushlar (Saccharomyces cerevisiae): pishiriq va spirtli ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladi. 17 Penicillium: antibiotik ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Aspergillus: oziq-ovqat sanoati va biotexnologiyada muhim. Truffle va morel: gastronomik jihatdan yuqori baholanadigan turlar. Askomitsetlarning ahamiyati 1. Tabiatdagi roli. Askomitsetlar organik moddalarni parchalash orqali ekotizim barqarorligini ta’minlaydi. Ular o‘simlik qoldiqlari va hayvoniy materiallarni tuproqqa qaytaradi, bu esa tuproq unumdorligini oshiradi. 2. Oziq-ovqat sanoatidagi roli. Xamirturushlar non, spirtli ichimliklar va sut mahsulotlarini tayyorlashda muhim. Penicillium turlari pishloq ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 3. Dori-darmon ishlab chiqarishda, Penicillin: dunyodagi birinchi antibiotik. Askomitsetlardan olinadigan boshqa moddalar saraton, diabet va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. 4. Qishloq xo‘jaligidagi roli, Askomitsetlardan ayrimlari qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashda foydalaniladi. Shu bilan birga, ayrim parazit turlari o‘simliklar uchun xavf tug‘diradi. Xulosa: Askomitsetlar biologiya, qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda muhim o‘rin egallaydi. Ularning xilma-xilligi va amaliy ahamiyati inson hayotida keng ko‘lamda qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda. Ilm-fan va texnologiya rivoji bilan askomitsetlarning yangi turlari kashf qilinmoqda va ularning insoniyat uchun foydali jihatlari aniqlanmoqda.
Доказательный фрагмент
«This article describes the general description, structure, and reproductive characteristics of ascomycetes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the general description, structure, and reproductive characteristics of ascomycetes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ascomycetes, ascospores, Penicillium, antibiotics, yeasts, microbiology, food, parazit qo‘ziqorinlar, mikrobiologiya, Askomitsetlar, tuproq unumdorligi, tabiiy muvozanat., askosporalar, oziq-ovqat sanoati, organik moddalar, xamirturushlar, qishloq xo‘jaligi, spirtli ichimliklar, ekologiya, antibiotiklar, non ishlab chiqarish, biotexnologiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025