К содержанию
РецензированоUZ1996

XO’JAOBOD GAZNI YER OSTIDA SAQLASH INSHOOTI QUDUQLARIDA MURAKKAB QUM TIQINLARIGA QARSHI KURASHISH USULLARI

Mamatova Nigora Navruz qizi · Xabibullayev Saidaziz Shoxsuvarovich · QURILISHI TO‘G‘RISIDA

Академические исследования в современной науке · 1996

Аннотация

Ushbu maqolada Xo’jaobod gaz yer ostida saqlash inshooti quduqlarida qum tiqinlarini tozalashni takomillashtirish usullari haqida turli ma’lumotlar berib borildi va bu ma’lumotlar boshqa yonilg’i konlari uchun ham foydalidir. Kalit so’zlar: gaz, gaz kondensati, organic, noorganik, magistral quvvur, adtsorbsiya, kimyoviy adtsorbsiya O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI ANDIJON VILOYATIDAGI “XO‘JAOBOD” KONIDA YER OSTI GAZ OMBORI QURILISHI TO‘G‘RISIDA “1. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi 1996—1998-yillarda Andijon viloyatidagi “Xo‘jaobod” neft-gaz konining ishlanib tamom bo‘lgan qatlamlari bazasida kompressor stansiyasi bo‘lgan yer osti gaz ombori qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish, loyihalashtirish va uni qurishni amalga oshirsin. Sig‘imi yiliga 400 mln kub metr bo‘lgan yer osti gaz ombori birinchi navbatining ishga tushirilishini, diametri 720 mm bo‘lgan 41 kilometrlik magistral gaz quvurini va 14 ta gaz haydash agregatini qurgan holda, 1997-yilning III choragida ta’minlasin. Omborning sig‘imi 500 mln kub metr bo‘lgan ikkinchi navbatining, 17 ta gaz haydash agregatini qurgan holda, 1998-yilda ishga tushirilishini nazarda tutsin.” Aholi son oshishi bilan butun dunyoda gazga bo’lgan extiyoj ortib bormoqda. Ayniqsa mavsumiy notekisliklarni bartaraf etish uchun gaz saqlash inshootlariga extiyoj tug’iladi. Andijon viloyatida joylashgan Xo’jaobod gazni yer ostida saqlash inshootining ishlab chiqarish quvvati 900 million m3ni tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak yoz oylarida 900 million metr kub tabiiy gazni g’amlash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Xo’jaobod gazni yer ostida saqlash inshootida hozirda uchta kompressor stansiyalari mavjud bo’lib, ular bugungi kunda to’liq ishchi holatida va 900 million metr kub gaz g’amlash imkoniyatini 2018, 2019 va 177 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2020-yillarda 1 milliard 50 million metr kubga chiqarish bo’yicha ishlar olib borilgan. 1-rasm. Xo’jaobod GYOSIdagi gazni yig’ish va tayyorlash inshootining texnologik sxemasi. Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar. Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni va uni o‘rab turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini hisobga olib ishlatish sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib loyihalashtirilganligi orqali aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan birgalikda tanlangan ishlatish texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi. Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar va omillarni va ularning ta’siri asosida nazorat qilish ko‘rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz: geologik va gidrogeologik; texnologik. Birinchi guruhga uyum o‘lchami va uning boshlang‘ich parametrlari (mahsuldor qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va kondensat zahirasi), mahsuldor gorizontning geologik tuzilishi (ko‘p qatlamliligi, kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli buzilishlari va boshqalar), uyum turi (qatlamli, salmoqli (massivnaya), suv ustida joylashuvchi (vodoplavayushaya), qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda uyum suvtaziqli basseyn bilan aloqada bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossa lariga tarqalish kengligi, o‘tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi. Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam bosimini ushlash, uyumning gazli qismini yoki neft yotqizig‘ini ishlatmasdan, so‘nish orqali ishlatish va boshqalar.); uyumdan uglevodorodlarni olish surat va alohida quduqlar debiti, ularning ishchi bosimi va joriy holati; tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va mahsuldor gorizontni ochilish tizimi: gazning qatlam ichida yoki qatlamdan- qatlamga siljishi mumkinligi va boshqalar. 178 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ayrim faktorlar, qo‘shni konlarning o‘zaro ta’siri, ishlash rejimi va boshqa ko‘rsatkichlar umumiy hisoblanib, ular konni ishlatish vaqtida kuzatib, bu ko‘rsatkichlarni shartli ravishda ikkinchi guruhga o‘tkazamiz. Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‘p bo‘lsa nazorat sistemasi shuncha qiyin bo‘ladi. Katta o‘lchamli va gazga to‘yingan bir xil bo‘lmagan kollektorli, blokli tuzilishli ko‘p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan ta’sirlashgan konlarda maksimal nazorat parametrlari qo‘llash talab etadi. Katta bo‘lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan nazorat sistemasi va katta samara bilan ishlatish mumkin bo‘ladi. Gаz va gаzkоndensаtli kоnlаrdаn qаzib оlinаyotgаn tаbiiy gаz tаrkibidа hаr xil suyuq uglevоdоrоdlаr vа nооrgаnik qo’shimchаlаrning mavjudligi, ulаrni to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’mоlchigа jo’nаtishgа halaqit beradi Iste’mоlchigа yuboriladigan toza gаzning sifаt ko’rsаtkichlаri аsоsаn quyidаgichа: gаzni quvurlаr оrqаli tаshishdа muhit tаsiridа texnоlоgik jihоzlаr vа qurilmаlаrning ichidа kоrrоziyani sоdir bo’lmаsligi; gаz sifаti bo’yichа tа

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Xo’jaobod gaz yer ostida saqlash inshooti quduqlarida qum tiqinlarini tozalashni takomillashtirish usullari haqida turli ma’lumotlar berib borildi va bu ma’lumotlar boshqa yonilg’i konlari uchun ham foy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Xo’jaobod gaz yer ostida saqlash inshooti quduqlarida qum tiqinlarini tozalashni takomillashtirish usullari haqida turli ma’lumotlar berib borildi va bu ma’lumotlar boshqa yonilg’i konlari uchun ham foy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
magistral quvur, organic, quvurlar, noorganik moddalar, qum tiqinlar, tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники