К содержанию
РецензированоRU2023

EMOTSIYA VA HISSIYOT HAQQIDA TUSHINCHA

Aymuratova Zliyxa Jańabay qızı · Qaraqalpaqstan Respublikasi.

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article discusses the concept and types of emotions, as well as the processes that govern emotional activity. Keywords: aesthetic feelings, intellectual feelings, social behavior. ПОНИМАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЧУВСТВ Аннотация. В данной статье рассматриваются понятие и виды эмоций, а также процессы, управляющие эмоциональной деятельностью. Ключевые слова: эстетические чувства, интеллектуальные чувства, социальное поведение. Emotsiyalar va hissiyot haqida tushuncha. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, 227 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg‘otadi. Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G‘oziev muallifligidagi «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o‘zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi, ma’naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo‘ladi. Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma’lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o‘ziga ta’sir qilib, uni o‘zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o‘zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o‘zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o‘rtasida juda katta farq mavjud. Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali bo‘ladi, aksincha odamning dili g‘am, qandaydir tashvishli yoki g‘amgin bo‘lganda qo‘li ishga bormaydi. 228 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. V

Доказательный фрагмент

«This article discusses the concept and types of emotions, as well as the processes that govern emotional activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the concept and types of emotions, as well as the processes that govern emotional activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aesthetic feelings, intellectual feelings, social behavior, intellektual hislar, estetik hislar, ijtimoiy xulq-atvor.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники