Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUYUQ AZOT O‘G‘ITI G‘O‘ZADA QO‘LLANILGANDA O‘SIMLIK TARKIBIDA TO‘PLANGAN UMUMIY N,P,K MIQDORLARIGA TA’SIRI.
Karimov Ikrom Madrimovich · Hosilbekov Baxtsulton Ilhom oʻgʻli · Abdusattorova Nigina Abdurasul qizi · Abdurazzaqova Setorabonu Sadriddin qizi · Abduvaitov Mirjalol Mirzohid o'g'li · Boboraimov Zidan Zayniddin o‘g‘li
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
In gray soil conditions, when granulated ammonium nitrate fertilizer containing calcium magnesium (N 220kg/ha) and nitrogen calcium fertilizer containing copper, zinc, and molybdenum (N 220kg/ha) are applied against a background of P-140 K-100 kg/ha, good accumulation of total nitrogen, phosphorus, and potassium in plant organs is achieved. Keywords: cotton, mineral fertilizers, general and mobile forms, copper, zinc, molybdenum, calcium, magnesium. Dolzarbligi. O‘simlik organizmining normal ishlashi uchun faqat azot, fosfor va kaliyning bo‘lishi yetarli emas. O‘simliklarni oziqlanishida mikroelementlar muhim rol o‘ynaydi. Ular oqsillar, uglevodlar, vitaminlarni sintezida ishtirok etadi. Ularni ta’sirida fotosintez yaxshilanadi, qurg‘oqchilikka chidamliligi ortadi, kasalliklar keltirib chiqaruvchilarga qarshi immuniteti ortadi, natijada bug‘doyning hosildorligi 5-12% ga ortadi va uning sifati yaxshilanadi[1-3]. Ma’lumki tuproqdan ma’lum miqdor mikroelementlar o‘simliklarga o‘zlashtirilishi natijasida yoki boshqa sabablarga ko‘ra chiqib ketadi, bugungi kunda ularning o‘rni to‘ldirilmayapti. Bu esa mikroelementlarning o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan shakllarining to‘ldirib turishning asosiy manbai bo‘lgan o‘g‘itlarni tuproqqa kiritilmasligi bilan bog‘liqdir. Shuni ta’kidlash lozimki, aynan mikroelementlarni mavjudligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi ular tomonidan tuproq energiyasini, suvni, o‘g‘itlardagi va tuproqdagi ozuqa moddalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi fermentlarni sintez qiladi [4]. Ushbu masalalarni hal etishda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari bilan xamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilarini qayta ishlab tarkibida mikroelementi bo‘lgan (mis, ruh, molibden va boshqa) yangi turdagi oddiy va murakkab suyuq, granulali va suspenziyalashtirilgan o‘g‘itlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish hamda tipik bo‘z tuproq sharoitida qo‘llanilganda g‘o‘zani o‘sishi va rivojlanishiga, g‘o‘za organlari tarkibida to‘plangan umumiy oziqa miqdorlarga (N,P,K) ta’sirini aniqlashdan iborat. Uslublar va kuzatish ob’ekti. Дала тажрибаси ПСУЕАИТИ тажриба участкасини типик бўз тупроқ шароитида ўтказилди. Bu tuproq qadimdan sug‘orilib kelingan bo‘lib, mexanik tarkibi o‘rta kumoqli, yer osti suvlari chuqur(18-20 m) joylashgan.Tipik bo‘z tuproqning dastlabki agrokimyoviy tafsiloti bo‘yicha haydov (0-30sm) va ostki (30-50sm) qatlamlarida gumus 0,967 va 0,825% ni tashkil etib, nitratli azot (1,65 va 1,51 mg/kg ), harakatchan fosfor (19,1 va 11,4 mg/kg) va almashinuvchi kaliy (150 va 132 mg/kg) miqdorlari bilan kam darajada ta’minlanganligi aniqlandi. Azotli o‘g‘itlar 2- marta (5,6 var.) g‘o‘zani 2-3 chin bar g(N-100kg/ga) va shonalash (N-100kg/ga) muddatlarida 179 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 hamda 2,3,4,7,8 variantlarda 3-marta g‘o‘zani oziqlantirish muddatlarida – 2-3 chin barg (N-50 kg/ga), shonalash (N-75kg/ga) va gullash (N-75kg/ga) davrlarida solindi Dala tajribasida g‘o‘zani Navro‘z navi ekildi. Tajriba 8 ta variantdan iborat bo‘lib, 3 qaytariqda olib borildi hamda bu variantlar dala sharoitida qo‘yidagi tartibda joylashtirildi: Izlanish natijalari: Bunda g‘o‘za o‘suv davri oxirida umumiy azot miqdori bargda (1,10- 1,36% ), paxtada (2,06-2,32%), fosfor miqdori bargda (1,04-1,22%), poyada (0,34-0,50 %), paxtada (0,94-1,08%), kaliy miqdori bargda (1,90-2,19%), g‘o‘za chanog‘ida (2,20-2,34%), paxtada (1,04-1,18%) ko‘proq to‘planganligi aniqlandi . R-140, K-100 kg/ga qo‘llanilgan nazorat variantda (1) umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori tegishli ravishda bargda 1,10;1,04 va 1,90% ni, poyada 0,50; 0,34 va 2,10 % ni, chanoqda 0,58; 0,34 va 2,20 % ni, ildiz tarkibida 0,28; 0,66 va 1,26% ni, paxtada 2,06; 0,94 va 1,04% ni tashkil qilgan bo‘lsa, ammiakli selitra o‘g‘iti (N- 220kg/ga) qo‘llanilgan 2-variantda umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori tegishli ravishda bargda 1,20;1,08;2,06 %ni, poyada 0,60;0,38;2,14% ni , chanoqda 0,60;0,38; 2,24% ni, ildiz tarkibida 0,36;0,70;1,32% ni , paxtada 2,18;0,98; 1,07% ni tashkil etdi. R-140 K-100 kg/ga fonida tarkibida kalsiy va kalsiy magniy bo‘lgan granullangan ammiakli selitra o‘g‘iti (N-220 kg/ga) qo‘llanilgan 3 va 4 variantlarda nazorat variantiga nisbatan bargda umumiy azot miqdori 0,14-0,20 % ga, fosfor miqdori 0,10-0,15 %ga, kaliy miqdori 0,20-0,25 % ga, poyada umumiy azot miqdori 0,14-0,22% ga, fosfor miqdori 0,06-0,10 % ga, kaliy 0,08-0,12 % ga, chanoqda azot miqdori 0,04-0,08 % ga, fosfor miqdori 0,09-0,12 % ga, kaliy 0,06-0,10 % ga, ildiz tarkibida azot miqdori 0,12-0,18 % ga, fosfor miqdori 0,06-0,10 % ga, kaliy 0,12-0,14 % ga, paxtada azot miqdori 0,16-0,28 % ga, fosfor miqdori 0,06-0,12 % ga, kaliy 0,07-0,11 % ga ortganligi aniqlandi. R-140, K-100 kg/ga fonda kalsiy va kalsiy magniy bo‘lgan granullangan ammiakli selitra o‘g‘iti (N-220 kg/ga) g‘o‘zani 2- marta oziqlantirishda 100 kg/gadan 2-3chin barg
Доказательный фрагмент
«In gray soil conditions, when granulated ammonium nitrate fertilizer containing calcium magnesium (N 220kg/ha) and nitrogen calcium fertilizer containing copper, zinc, and molybdenum (N 220kg/ha) are applied against a…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn gray soil conditions, when granulated ammonium nitrate fertilizer containing calcium magnesium (N 220kg/ha) and nitrogen calcium fertilizer containing copper, zinc, and molybdenum (N 220kg/ha) are applied against a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cotton, mineral fertilizers, general and mobile forms, copper, zinc, mineral o‘g‘itlar, mis, magniy., g‘o‘za, rux, umumiy va harakatchan shakllar, molibden, kalsiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024