К содержанию
РецензированоUZ2023

O‘ZBEKISTONDA XOR SAN‘ATI RIVOJLANISHI HAMDA ULARGA HISSA QO‘SHGAN KOMPOZITORLAR IJODI

QO‘SHGAN KOMPOZITORLAR IJODI · Azatov Sardorbek Elbrusovich

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article is about choral art, an attractive genre that is unique in the art of music. The factors of the creation of the choral genre and the stages of formation of the choral art in the territory of Uzbekistan, the works of composers who contributed to the development of this genre are presented. Keywords: Chorus, a capella, art, community, genre, monody, composer, tradition. Xor ijrochiligi – musiqa san‘atining qadimiy turlaridan biri bo‘lib, uning shakllanishi va rivoj topishi uzoq tarixiy davrlar bilan bog‘liq holda taraqqiy topgan. Barchamizga shunisi ma‘lumki, har bir xalqning asrlar osha yuksak orzularini aks ettirgan boy musiqa san‘ati bo‘lganidek, o‘zbek xalqining ham og‘zaki musiqa durdonalari mavjud. Mehnatkash xalqimiz tomonidan og‘zaki an‘analarda yaratilgan qo‘shiqlar yakka va guruh tomonidan aytilib, xalqning yetuk namoyondalari talqinida sayqallanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan badiiy asarlar o‘zbek xalq musiqa ijodini tashkil etadi. 145 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Shuni ham alohida ta‘kidlashimiz kerakki, har bir janrning yuzaga kelishida xalq san‘ati muhim o‘rin tutadi. Ko‘hna zamonlardan beri to‘y-marosimlarda ijro etiladigan “Yor-yor”lar, yallalar, laparlar jamoa bo‘lib ijro etilgan. Ushbu an‘anaviy marosim qo‘shiqlari erkaklar va ayollar tomonidan unison, ya‘ni bir ovozli ijro etilgan. O‘zbek xalqining ana shunday an‘anaviy folklor qo‘shiqlari va ularning azaldan jamoa bo‘lib ijro etilishi kelgusida o‘zbek xalqi orasida xor havaskorligining, qolaversa, xor san‘atining rivojlanishiga zamin bo‘ldi. Qadim zamonlardan beri jamoa bo‘lib qo‘shiq aytish hamma xalqlarning mehnat faoliyatini, orzu-umidlarini ifodalab berish uchun ishlatilgan. Qo‘shiqlar avloddan-avlodga og‘zaki tarzda qoldirilgan. O‘zbekiston hududida erkaklar, ayollar hamda bolalarning birgalikda jamoa bilan qo‘shiq aytish an‘analari bo‘lgan. Ya‘ni, turli marosim va sayllarda, ramazon oyida bolalarning qo‘shiq aytishi yoki kattalarning zikr tushishi, marsiya qo‘shiqlar aytishi kabilar bunga yorqin misoldir. Bolalarning jamoa bo‘lib ijro etadigan qo‘shiqlari bo‘lmish “Laylak keldi”, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” singari qo ‘shiqlari barchamizga ma‘lumdir. Bundan tashqari o‘zbek milliy musiqasi bo‘lmish shashmaqomning nasr qismidagi taronalar ham jamoa bo‘lib ijro etilgan. Katta ashulalar ham ushbu misolga dalil bo‘la oladi. O‘tmishda So‘g‘d davlatida professional xor mavjud bo‘lgan, keyinchalik Arab iste‘losidan keyin bu san‘at rivojlanmagan. O‘zbek musiqasi asosi bir ovozli bo‘lganligi sabab ko‘p asrlar davomida ko‘p ovozli xor ijrochiligi amalda qo‘llanilmagan va professional yakka ijrochilik formasi saqlanib qolgan. Ko‘p ovozli xor dastlab musiqali drama va komediyalarda xalq musiqasini xorga moslab qayta ishlagan holda qo‘llanildi. O‘zbekistonda shakllangan xor san‘atiga nigoh tashlar ekanmiz, xor san‘atining rivojlanishiga bir tomondan kompozitorlik ijodiyoti bilan hamkorlik, ikkinchi tomondan esa musiqali teatr va ko‘povozli ijrochilik jamoalarning tashkil topishi bilan bog‘liqligini ko‘ramiz. Xor – (yunoncha: choros – davra o‘yin qo‘shig‘i) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; xonandalar jamoasidir. Respublikamizda xor san‘ati XX asrning boshlaridan shakllanib, ikkinchi yarmidan ham mazmunan, ham shaklan rivojlanib bordi. 60-80-yillarda ushbu san‘atning keng rivojlanishi, uning har xil turlarini rivojlanishiga olib keldi. Jumladan, professional xor kapellasi, havaskor xor jamoalari, bolalar va o‘quv xorlarining tashkil etilishi, xor musiqasining rang-barangligi, ularning tarkibi kengayishi, xor dirijyorligi ixtisosligi o‘quv jarayoniga kiritilishi shular jumlasidandir. Respublikamizda xor san‘ati 70 yil davomida o‘zbek musiqasi bilan o‘zaro uyg‘unlikda o‘sib bordi. Qadimiy milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, rus va yevropa xalqlari ilg‘or klassik kompozitorlari erishgan ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar, yetuk jahon, 146 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 ayniqsa, rus xor jamoalarining faoliyatlari, yangi janr va turlarini o‘zlashtirish natijasida o‘zbek musiqa san‘ati, uning musiqa ijrochiligining tarkibiy qismi bo‘lmish – xor san‘ati yana ham yuksak darajaga ko‘tarildi.[3, B.7;] O‘zbekiston hududida ilk bor professional xor jamoasi – xor kapellasi (kapella – ko‘p ovozli jo‘rsiz xor jamoasi) 1952 yili o‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida tashkil etildi. Akademik xor kapellasi nomini olgan jamoa tarkibida 67 kishi bo‘lgan, uning badiiy rahbari S.A.Valenkov (1906-1969) va xormeyasteri etib A.Sultonov (o‘sha yilda u Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi) tayinlangan edilar. Aynan shu davrdan boshlab xor ijrochiligi maxsus musiqa ta‘lim tizimiga kiritiladi; professional jamoalar qatorida o‘quv, havaskorlik, bolalar xorl

Доказательный фрагмент

«This article is about choral art, an attractive genre that is unique in the art of music.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about choral art, an attractive genre that is unique in the art of music. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chorus, a capella, art, community, genre, monody, composer, tradition, monodiya, an‘ana., janr, Xor, kompozitor, kapella, jamoa, san‘at
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники