К содержанию
РецензированоEN2023

ETNIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI TIZIMIDA ETNOSENTRIZMNING YUZAGA KELISH BOSQISCHLARI

KELISH BOSQISCHLARI · Mambetiyarova Venera Reyimbaevna · Xojametova Feruza Amangeldi Qızı

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

In this article, we will dwell on the scientific meaning of the concept of ethnocentrism, which is widespread among individuals and ethnic groups, the processes and stages of its emergence, as well as its importance. Key words: Ethnic groups, intolerance, ethnopsychology, ethnocentrism, multiculturalism, cultural relativism. ЭТАПЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ ЭТНОЦЕНТРИЗМА В ПСИХОЛОГИИ ЭТНИЧЕСКИХ ГРУПП Аннотация. В данной статье мы остановимся на научном значении понятия этноцентризма, распространенного среди отдельных лиц и этносов, процессах и этапах его возникновения, а также его значении. Ключевые слова. Этнические группы, нетерпимость, этнопсихология, этноцентризм, мультикультурализм, культурный релятивизм. Hozirgi globallashuv davriga kelib odamlar orasida o’z millatini yuqori hurmatga loyiq ko’rish va shuning natijasida boshqa millat vakillarga past nazarda qarash, ularning urf-odatlarini, milliyligini mensimaslik yoki ularga hurmatsizlik bildirish kabi vaziyatlar ko’plab kuzatilmoqda. 106 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Albatta, o’z millatini hurmat qilish, qadirlash va shu millatga tegishliligidan faxirlanish ruhida tarbiyalanish juda muhim. Lekin, boshqa millat vakillarni hurmat qilmaslik, ularning fikrlarini va dunyoqarashlarini qadirlamaslik darajasiga olib keluvchi etnosentrik tarbiyaning salbiy oqibatlari juda katta hisoblanadi. Chunki yuqorida keltririlganlar kabi nojoyi xatti- xarakatlar natijasida millatlar o’rtasidagi do’stlik, bag’rikenglik rishtalari uzulib, ular o’rnini o’chlik, bir-birlariga adovat kabi tuyg’ular egallab bormoqda. Albatta, bunday salbiy omillarning oldini olish va ularga chek qo’yish uchun biz ular haqida to’lig’iroq ma’lumotga ega bo’lishimiz zarurdir. Ushbu maqola davomida biz etnosentrizm deb nomlanuvchi tushuncha haqida va uning kelib chiqish sabablari, uning ahamiyatlari, shunindek uning ahamiyatlari bilan tanishib o’tamiz. Albatta, o’zini boshqalardan yuqori deb hisoblash, ularning huquqlari va erkinliklarini hurmat qilmaslik ham insoniylik, ham qonuniy mezonlar nuqtayi nazaridan to’g’ri deb tan olinmaydi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat va davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ham buning dalilidir. Bosh qomusimiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangilangan tahririning 19-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi belgilab qo’yilgan. Ushbu qoidadan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida etnik teng huquqlilik prinsipiga alohida ahamiyat berilgan. Bu prinsip, barcha fuqarolar, ularning etnik kelib chiqishidan qat'iy nazar, teng huquqlilikka ega ekanligini bildiradi. Etnik teng huquqlilik deganda, O'zbekiston fuqarolarining barcha millat va elatlarga mansubligiga qarab, bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lishi tushuniladi. Barcha etnik guruhlar va millat vakillari qonun oldida tengdirlar, va ular o'zlarining milliy madaniyati, tili va urf-odatlarini saqlash huquqiga ega. Bu prinsip O'zbekistonda jamiyatda etnik hamjihatlik, tolerantlik va murosani rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, etnik guruhlarga nisbatan hech qanday kamsitish yoki diskriminatsiya qilish ta'qiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi etnik teng huquqlilikka oid asosiy nuqtalar sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin. Teng huquqlilik: Barcha fuqarolar, ularning etnik kelib chiqishidan qat'iy nazar, bir xil huquqlarga ega. Ular o'z madaniyati, tili va an'analari bilan faxrlanishlari va ularni rivojlantirishlari mumkin. Kamsitmaslik: Etnik guruhlar o'rtasida hech qanday kamsitish, diskriminatsiya yoki huquqiy farq qo'yilmaydi. Har bir inson teng huquqlarga ega. Madaniyatni saqlash: Fuqarolar o'z milliy madaniyatini va an'analari bilan yashash huquqiga ega bo'lib, davlat bu huquqni himoya qiladi. 107 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Shu va shu kabi bir qator prinsiplar O'zbekistonda ko'p millatli jamiyatni birlashtirish, o'zaro hurmat va murosani mustahkamlashga shuningdek, mamlakatda etnik va dini bag'rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga asos bo'ladi. Ekstremizm va terrorizm agressiv kayfiyatdagi kichik bir guruh kishilarning aholining katta qismiga nisbatan zo‘ravonlik xatti-harakatlarida ko‘rinib, spetsifik ijtimoiy-psixologik fenomenlarda asoslanadi. Bu fenomenlar etnoslararo, konfessiyalararo, irqlararo intolerant munosabatlaming psixologik asosini tashkil qilib, odamlarni ongsiz ravishda tashqi ko'rinishi, boshqalarini xulqi, boshqacha qarashlari va qadriyatlari o‘xshamaganlarini “o‘zlariniki”ga va “begonalar”ga ajratishlariga tayanadi. Intolerantlik - bu insonning xilma-xil belgilar bo‘yicha boshqa kishilar bilan o‘zaro aloqa munosabatlari va xulqida bag‘rikenglikning namoyon bolmasligidir.

Доказательный фрагмент

«In this article, we will dwell on the scientific meaning of the concept of ethnocentrism, which is widespread among individuals and ethnic groups, the processes and stages of its emergence, as well as its importance.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, we will dwell on the scientific meaning of the concept of ethnocentrism, which is widespread among individuals and ethnic groups, the processes and stages of its emergence, as well as its importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ethnic groups, intolerance, ethnopsychology, ethnocentrism, multiculturalism, madaniy nisbiylik., intolerantlik, multikulturalizm, etnosentrizm, Etnik guruhlar, etnopsixologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники