Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TARIXIY FILMLARIDA KINOOPERATORLIK SAN’ATINING RUVOJLANISH BOSQICHLARI
RUVOJLANISH BOSQICHLARI · Sulaymonov Elboy Axtamovich · UZBEKISTAN HISTORICAL FILMS (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati”)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The period of the emergence of Uzbek cinema from the early days to the present is covered, and information about the emergence of Uzbek historical cinema is provided. The differences between famous historical films created in the last century and films created during the years of independence are discussed. The differences between historical films created in recent years and other films are discussed. Keywords: cinema, cinematographer, historical film, film studio, special effects, scenery, natural light, plot, digital technology, animations. ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА КИНЕМАТОГРАФИИ В ИСТОРИЧЕСКИХ ФИЛЬМАХ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. Освещен период становления узбекского кино с первых дней до наших дней, а также предоставлены сведения о становлении узбекского исторического кино. Обсуждаются различия между известными историческими фильмами, созданными в прошлом веке, и фильмами, созданными в годы независимости. Обсуждаются различия между историческими фильмами, созданными в последние годы, и другими фильмами. Ключевые слова: кино, оператор, исторический фильм, киностудия, спецэффекты, декорации, естественный свет, сюжет, цифровые технологии, анимация. Bugungi kunda o‘zbek kino san’ati milliy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo‘lib, uning ruvojlanishida kinooperatorlik san’ati alohida o‘rin kasb etadi. Jumladan, tarixiy filmlarda kinooperatorlarning mahorati o‘sha davr voqealari va muhitini haqqoniy aks ettirishda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kino sohasida amalga oshirilgan islohotlar va yangi texnologiyalarning joriy qilinishi kinooperatorlik san’atining rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Kino san’ati – kinematografiyaning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod turi bo‘lib unda ekran san’atining muhim tarkibiy qismi va real borliqni aynan yoki badiiy–hujjatli obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish hamda kinofilmlarning omma orasida 1 60 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye, videokasseta va videodisklarni ham o‘z ichiga oladi. Kinooperator – kinematografiya kasbi hisoblanadi. Kinooperator kino kamerada filmni tasvirga oluvchi va tasviriy yechimiga javob beruvchi shaxs. Bundan tashqari filmni tasviriy yechimini yaratishda kinooperatordan tashqari film rejissyori va rassom ham birgalikda javobgar hisoblanadi. O‘zbek kinooperatorlik san’ati o‘zining qariyib bir asrlik tarixiga ega. Yurtimizning tarixiy voqealari va ijtimoiy hayoti haqidagi eng muhim ma’lumotlarni kinotasmalarga muhrlagan birinchi kinooperator Xudoybergan Devonovdir. U Moskva va Peterburgdan teleskop, grammafon, fotova kino uskunalar olib kelib Xorazimda fotolaboratoriya ochdi. X.Devonov ijodiy faoliyati rus kinosan’atkorlari faoliyati bilan bir davrda boshlagan. U suratga olgan ‘‘O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari’’, “Turkiston ko‘rinishlari”, “Xiva va xivaliklar” kabi qisqa metrajli filmlardir. Lekin bu filmlar hujjatli xarakterga ega edi. 1925-yili Sharq yulduzi kinostudiyasi (hozirgi kunda nomi “O‘zbekfilm”) ochildi. Kino ishlab chiqarishning yangi davri boshlandi. O‘tgan asrda o‘zbek kinosining katta yutuqlari sifatida quydagilarni aytishimiz mumkin “Tohir va Zuhra” (1945yil), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1947yil, rejissyor N.G‘aniev), “Alisher Navoiy” (1948yil, rejissyor K.Yormatov) kabi filmlar suratga olingan. Bu filmlarda uzoq o‘tmishning hayoti va madaniyati hamda jamiyatdagi ichki jarayonlar tasvirlangan. Bulardan tashqari “Ibn Sino” (1957-yil, rejissyor K.Yormatov), “Qutlug‘ qon” (1956-yil, rejissyor L.Fayziev), “Furqat” (1959-yil, rejissyor Y.Agzamov) filmlarida xalqimizning o‘tmishidagi hayoti tasvirlangan. Bu davrning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari sifatida quydagilarni keltirishimiz mumkin K.Yormatov, Z.Sobitov, Y.Agzamov, M.Krasnyanskiy, N.Ryadov, V.Sinichenko, V.Yeremyan va yosh ijodkorlardan Sh.Abbasov, A.Xachaturov, A.Hamraev, D.Salimov va boshqalarni keltirishimiz mumkin. O‘tgan asrning 70-yillariga kelib xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda bir nechta tarixiy mavzudagi filmlar suratga olindi. Bolgariya bilan urush yillariga bag‘ishlangan filmlar “Ikki askar haqida hikoya” (1977-yil, rejissyir Z.Sobitov), Hindiston bilan “Ali bobo va qirq qaroqchi” (1980-yil, rejissyor L.Fayziev va U.Mehra) filmlari suratga olindi. Mustaqillik davriga kelib tarixiy filmlar yaratish yangi pallaga ko‘tarildi va bu davrda suratga olingan filmlar “Kulol va Xurmacha” (1991-yil, rejissyor G.Bazarov), “Marg‘iyona” (1997-yil, rejissyor X.Fayziev), “Buyuk Amir Temur” (1998-yil, rejissyor I.Ergashev, B.Sodiqov), “O‘tgan kunlar” (1998-yil, rejissyor M.Abzalov), “Otamdan qolgan dalalar” (1998-yil, rejissyor Sh.Abbosov), “Voiz” (1998-yil, rejissyor Yu.Roziqov), “Alpomish” (2000-yil, rejissyor P.Fayziev), “O‘rtoq Boykenjayev” (2002-yil, rejissyor Yu.Roziqov), “Mesh polvon” (2002-yil, rejissyor M.Abzalov), “Qor qo‘ynida lola” (2003-yil, reji
Доказательный фрагмент
«The period of the emergence of Uzbek cinema from the early days to the present is covered, and information about the emergence of Uzbek historical cinema is provided.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe period of the emergence of Uzbek cinema from the early days to the present is covered, and information about the emergence of Uzbek historical cinema is provided. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cinema, cinematographer, historical film, film studio, special effects, scenery, maxsus effektlar, tarixiy film, raqamli texnologiya, dekoratsiya, syujet, animatsiyalar., kinostudiya, tabiiy yorug‘lik, kinooperator, kino san’ati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025