Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEOGRAFIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHI KITOBINING AHAMIYATI (10-SINF O‘QITUVCHILAR UCHUN METODIK QO‘LLANMA MISOLIDA)
QO‘LLANMA MISOLIDA) · Ismatov Jaxongir Atavullayevich · Исматов Джахонгир Атавуллаевич
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье анализируется значение учительской книги в качественной и содержательной организации уроков географии в общеобразовательной школе на примере методического пособия для учителей 10 классов. Ключевые слова: система образования, география, современные учебники, учебник для учителя, методическое обеспечение, интерактивные методы. THE IMPORTANCE OF THE TEACHER'S BOOK IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF GEOGRAPHY LESSONS (IN THE EXAMPLE OF A METHODOLOGICAL GUIDE FOR TEACHERS OF THE 10TH CLASS) Ismatov Jakhongir Atavullayevich Chirchik State Pedagogical University, Doctor of Philosophy in Geographical sciences (PhD) Annotation: The article analyzes the importance of the teacher's book in the qualitative and meaningful organization of geography lessons in secondary schools on the example of a methodical guide for 10th grade teachers. Key words: educational system, geography, modern textbooks, teacher's book, methodological support, interactive methods. Kirish. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan asosiy islohotlardan biri Milliy o‘quv dasturining amaliyotga joriy qilinayotganligi va shuning asosida umumta’lim maktablarida barcha fanlardan didaktik ta’minotni takomillashtirib, zamonaviy darsliklar bilan birga o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, ya’ni o‘qituvchi kitoblari yaratish yo‘lga qo‘yilganligidir. Mazkur kitob mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibini, o‘quvchilar bilimini baholash va dars jarayonidagi muammoli holatlarni hal qilish usullarini o‘z ichiga oladi hamda o‘qituvchilarga darslarni samarali va tizimli tarzda tashkil qilishlari uchun qo‘llanma sifatida 34 xizmat qiladi. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma pedagogik faoliyatga endigina qadam qo‘ygan yosh o‘qituvchilar uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Asosiy qism. Geografiya darslarini samarali tashkil etishda o‘qituvchi kitobining ahamiyatini 10-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma misolida ko‘rish mumkin. Mazkur qo‘llanma 10-sinf – Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi darsligini o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari va faolligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlarini qo‘llash orqali darslarni sifatli tashkil etish hamda ta’lim mazmunini boyitishda o‘qituvchilar uchun metodik yordam sifatida yaratilgan. Qo‘llanmani tayyorlashda ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishayotgan jahonning eng ilg‘or davlatlari tajribasidan hamda 10-sinf geografiya darsligi, geografik atlaslar, pedagogika sohasidagi turli adabiyotlar va boshqa ilmiy-uslubiy ishlardan foydalanilgan. Qo‘llanmada har bir darsning maqsadi, ta’lim vositalari, darsdan kutiladigan natija, darsda o‘quvchilar qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerakli, mavzuni qaysi fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish lozimligi bayon etilgan. Shuningdek, dars jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy muammo keltirib o‘tilgan va uning yechimi uchun tavsiyalar berilgan. Darsni bosqichlarga ajratish va har qaysi bosqichni qanday amalga oshirish yo‘llari bayon etilgan. Masalan, nazariy darslarni quyidagi bosqichlarda tashkil etish mumkin: tashkiliy ishlar va oʻquv faoliyatiga yoʻnaltirish (salomlashish, davomat, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotiga jalb qilish, ularni joriy dars mashg‘ulotining maqsadi, kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati bilan tanishtirish); o‘tilgan mavzuni mustahkamlash (bilimlarni faollashtirish uchun foydalanish samarali bo‘lgan metodlar bo‘yicha tavsiyalar berilgan); yangi mavzu bayoni (yangi mavzuni qanday ketma-ketlikda, qaysi usullar orqali bayon etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan); yangi mavzuni mustahkamlash (yangi mavzuni mustahkamlash uchun qiziqarli topshiriqlar berilgan); refleksiya (erishilgan natijalar tahlili); baholash va uyga vazifa. Qo‘llanmada har bir mavzuni o‘qitishni qanday ketma-ketlikda amalga oshirish hamda qaysi metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga o‘tilgan mavzuni hamda yangi mavzuni mustahkamlash uchun tavsiyaviy usullar keltirilgan bo‘lib, ulardan o‘quvchilar darslikda berilgan savol va topshiriqlarni bajarib bo‘lganidan keyin qo‘shimcha vazifa sifatida foydalanish mumkin. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, geografiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, darslarning yanada jonli va tushunarli bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, interfaol metodlar yordamida o‘quvchilar geografik bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lib, muloqot qilish, guruhda ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Bu usullar o‘qituvchilarga individual yondashuvlarni qo‘llash va har bir o‘quvchining ehtiyojlarini hisobga olish imkoniyatini beradi. Umuman olganda, interfaol metodlardan foydalanish geografiya ta’limini qiziqarli, zamonaviy va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Uyga vazifa uchun darslikda berilgan va
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется значение учительской книги в качественной и содержательной организации уроков географии в общеобразовательной школе на примере методического пособия для учителей 10 классов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется значение учительской книги в качественной и содержательной организации уроков географии в общеобразовательной школе на примере методического пособия для учителей 10 классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- educational system, geography, modern textbooks, teacher's book, geografiya, metodik yordam, o‘qituvchi kitobi, zamonaviy darsliklar, ta’lim tizimi, interfaol usullar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025