К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY ROMAN JANRIDA MAQSUD QORIYEV USLUBI

Mamurova Mushtari Maxammadjanovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article contains information about the historical novel genre and the unique style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre. It was also mentioned that Maksud Koriyev effectively used the traditions that develop the style in his work and thereby made a great contribution to their development. Kalit so‘zlar: Maqsud Qoriyev, tarixiy roman, janr, o‘zbek adabiyoti, uslub, xarakter, an’ana. Ключевые слова: Максуд Кариев, исторический роман, жанр, узбекская литература, стиль, характер, традиция. Key words: Maksud Koriyev, historical novel, genre, Uzbek literature, style, character, tradition. Sug‘diyonaning betakror go‘zal tabiati, kishilarining turmush tarzi, urf-odatlari, ikki daryo oralig‘idagi turli qabila va urug‘larning tinch-totuv hayoti tasviri bilan roman voqealari boshlanadi. Dunyoga hukmdor bo‘lish vasvasasida O‘rta Osiyoga yurish qilgan Aleksandr Makedonskiy – Iskandarning orzulari sug‘dlar, skiflar, massagetlar, saklar va daxlarning birlashib unga qarshi olib borgan ozodlik uchun mardonavor kurashi oqibatida sarobga aylanganligi asarda ishonarli tasvirlangan. Yozuvchi urushning insoniyat uchun mislsiz ofat ekanini, uning jabrdiydalari ham, uning olovini yoqqanlar ham g‘olib bo‘la olmasligini haqqoniy ko‘rsatib bergan. Maqsud Qoriyev asarda turli xil xarakterlarni jonli, ta’sirchan, batafsil ifodalashga erishadi. Shu o‘rinda Aristotelning xarakter haqidagi quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir: “Xarakterlardan to‘rt maqsad ko‘zda tutiladi. Birinchi va asosiysi: qahramon olijanob bo‘lishi 100 ` kerak. Avval aytganimizday, shaxs agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal qilsa, xarakterga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, xarakterlar o‘ziga xos bo‘lishi kerak: xarakter mardona bo‘lishi mumkin, ammo ayol kishiga mardlik va kuchlilik yarashmaydi. Uchinchidan, xarakterlar (hayotiy) haqqoniy bo‘lishi kerak: bu yuqorida aytilgandan mutlaq boshqacha bo‘lib, ularning yaxshi yoki yarashiqli qilib tasvirlash kerak degan gap emas. To‘rtinchidan, xarakterlar izchil bo‘lishi kerak: hatto, tasvirlangan shaxs noizchil bo‘lishi, shu xarakterning barcha ishlariga noizchillik xos bo‘lishi mumkin. Ammo xarakterning mana shu noizchilligi ham izchil bo‘lishi zarur”[1,40]. Maqsud Qoriyev ham o‘z asarlaridagi xarakterlar talqinida ushbu fikrlarga doimo amal qiladi. Adabiyotshunos H.Karim ta’kidlaganidek, “Epik asar tabiati inson xarakteri va ruhiyatining barcha qirralarini tasvir etishni talab qiladi. Barcha chinakam insonlarga xos bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi inson xarakterining shakllanishida, uning barcha qirralari bilan namoyon bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Ijodkorda muhabbat bahonasida qahramon kechinmalarining chuqurroq tahlil etish imkoniyati tug‘iladi”[2,29]. M.Qoriyev ham Ravshanak va Spitamen munosabati tasviri orqali bosh qahramon ichki dunyosini chuqur ochishga erishadi. Spitamenga xos vatanparvarlik, xalqparvarlik, haqiqatparastlik, adolatlilik, oilaparvarlik, qo‘rqmaslik, shijoatlilik, jasurlik, mardlik, kamtarinlik kabi fazilatlar asar voqealari davomida izchil yoritila borib, yorqin qiyofasi namoyon bo‘ladi. Yozuvchi bosh qahramon bilan bog‘liq foje holat – xotini Odatida tomonidan o‘ldirilishini asoslash uchun Ravshanakka bo‘lgan muhabbat voqealarini olib kiradi va mantiqan asoslaydi. Romanda Odatida va Ravshanak obrazlari voqealar rivojida yetakchi o‘rinni egallaydi. Odatida Spitamenning xotini, uch nafar o‘g‘ilning onasi. U Spitamenga sevib turmushga chiqqan. Spitamen ham o‘z navbatida uning go‘zalligiga maftun bo‘lgan. Lekin Spitamen atrofida ba’zi qabila boshliqlarining ojizligi, uni tashlab Iskandarga tobe bo‘lganligi sharoitida oqsoqollar xanjumanidan vakil bo‘lgan Bastvor Odatidan Spitamenni Iskandardan uzr so‘rab oldiga taslim bo‘lib borishga ko‘ndirishni so‘raydi. Odatida ko‘nmagach, yo‘qsa o‘g‘illari qatl etilishini aytadi. So‘ng u ham Babaxning so‘zlarini takrorlab, Spitamen Ravshanakni sevishini, bugun ham Xoriyen qal’asiga borib kelganini, u bilan uchrashganini aytadi. Odatida bu tomondan rashk olovida yonsa, ikkinchi yoqda aziz farzandlariga achinadi. Odatidaning holati, kechinmalari romanda shunday tasvirlanadi: “Odatida erining yuziga uzoq termildi. Bir narsa miyasiga qattiq urildi: “Nahotki, shu bugun qal’aga, ma’shuqasi yoniga borib kelgan bo‘lsa...” Spitamen bilan shuncha yil shirin, totuv hayot kechirdi, lekin yuragidagi tobora yallig‘lanayotgan nafrat alangasi sevgining nozik torlarini yondirgandek edi... Noyob, sof sevgi qattiq, shafqatsiz nafrat bilan almashgandi. G‘azabli, nafratli muhabbat dilida g‘alayon qilar, rashk qa’rida yonardi. Odatidaning fikrlari chigallashib, idrok etish iplarining uchini yo‘qotib qo‘ydi, o‘zini mutlaqo boshqarolmay merovlanib qoldi, uni hech kim o‘zi o‘ylagan yo‘ldan endi qaytara olmaydi, miyasiga ham, qalbiga ham bitta mudhish fikr singib borardi...”[3,254]. Odatida ham, Ravshanak ham harb ilmidan xabardor, qat’iyatli, jasur, qo‘rqmas, chavandoz ayollar sifatida tasvirlangan. Faqat Ravshanak Odatida singari juda faol emas. Da

Доказательный фрагмент

«The article contains information about the historical novel genre and the unique style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article contains information about the historical novel genre and the unique style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maksud Koriyev, historical novel, genre, Uzbek literature, style, character, tarixiy roman, tradition., характер, xarakter, o‘zbek adabiyoti, исторический роман, жанр, Максуд Кариев, an’ana., традиция., стиль, uslub, узбекская литература, janr, Maqsud Qoriyev
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники