К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BU JARAYONNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ortiqova Nilufar Erkin qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish – ularning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni o‘rganishi, shaxsiy o‘sish va rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, maqolada kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli, ayniqsa, rasm, ertak, kreativ topshiriqlar orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatish usullari yoritiladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va ota- onalarning hamkorligi va ijtimoiy muhitning o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Tayanch so‘zlar: Kreativ qobiliyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari , pedagogik metodlar, ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash, ta’lim metodikasi, innovatsion yondashuv, rasm va ertak metodikasi, ijtimoiy muhit. Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ijtimoiy-pedagogik vazifa hisoblanadi. Kreativlik o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va o'quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarida muhim o'rin tutadi. O'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish uchun o'qituvchilar quyidagi zamonaviy yondashuv va usullardan foydalanishi mumkin: 1. Loyiha va muammoli ta'lim texnologiyalari - Bu usullar orqali o'quvchilar mustaqil ravishda muammolarni hal qilish, o'z tasavvur va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradilar. Masalan, loyiha asosidagi ta'limda o'quvchilar guruhlarda ishlash orqali turli mavzularni tahlil qilishadi va yangi g'oyalarni sinovdan o'tkazishadi 2. Interfaol mashg'ulotlar va o'yinlar - O'quvchilarni kreativlikka o'rgatish uchun turli interfaol o'yinlar va tasviriy san'at mashg'ulotlari samarali hisoblanadi. Bu usullar orqali ularning qiziqishini oshirish va ijodiy tafakkurini qo'llab-quvvatlash mumkin. Bunga ertaklar, rasm chizish yoki rolli o'yinlar kiradi 3. O'qituvchining pedagogik qo'llab-quvvatlashi - O'qituvchilar o'zlariga ishonch va ijodiy fikrlashni qo'llab-quvvatlash orqali o'quvchilarga ilhom berishi lozim. O'qituvchi bolalarning mustaqil fikrlashini qo'llab-quvvatlab, ularga yangi g'oyalar yaratishda erkinlik berishi zarur. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy va interaktiv usullar keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayonda o‘qituvchilar o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, ularni yanada rivojlantirishga harakat qilishlari kerak. Ayniqsa, kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun turli amaliy mashg‘ulotlar, loyihalar va o‘yin metodlarini qo‘llash samarali natijalar beradi. O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini shakllantirish uchun ayniqsa rasm chizish, hikoya qilish, voqealar yaratish kabi faoliyatlar yordam beradi. Masalan, rasm orqali o‘z fikrini ifoda etish o‘quvchilarni o‘zlariga ishontirishga, yangi fikrlarni amalga oshirishga undaydi. Yana bir samarali usul esa, ertaklar asosida yangi g‘oyalarni yaratishga undovchi mashqlarni o‘tkazishdir. Bu usul bolalarda tasavvur va obrazlar orqali fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. 63 Shuningdek, PIRLS kabi xalqaro dasturlar orqali tanishtirish ham bolalarda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda katta yordam beradi, chunki bu dastur matnli tahlil va yangi ma'lumotlar orqali o‘quvchilarni turli holatlarni tushunishga o‘rgatadi. Oilaviy muhit ham ijodiy rivojlanishga ta’sir qiladi. Ota-onalar o‘z farzandlarida ijodkorlikni rivojlantirish uchun uyda yaratadigan shart-sharoitlar, masalan, mustaqil loyihalarni rag‘batlantirish, turli ijodiy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatlash kabi usullar o‘quvchilarning kelajakda kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi. Kreativ qobiliyat shaxsning yangi, original yechimlarni topish va yaratish qobiliyati bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida katta o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish o‘quv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qobiliyat o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga va o‘rganish jarayoniga qiziqishini oshirishga yordam beradi. Pedagogik usullar: Rasmlar orqali o‘rgatish: Rasmlar orqali tasavvur qilish va fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda samarali hisoblanadi. Ertaklar orqali kreativlikni shakllantirish: Ertaklarni o‘qish va ularni o‘z nuqtai nazaridan qayta so‘zlash orqali o‘quvchilar mustaqil fikrlashni o‘rganadilar. Kreativ topshiriqlar: O‘quvchilarga ochiq javobli savollar berish, hayotiy muammolarga kreativ yechimlar topish kabi topshiriqlar ijodiy fikrlashni kuchaytiradi. Empatiya dizayn tafakkuri (EDT) – Bu metod o‘quvchilarning hissiy ehtiyojlarini hisobga olib, ularni qiziqtirgan mavzularni o‘rganishga jalb etish orqali kreativ fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Psixologik xavfsizlik – O‘quvchilarni xatolaridan o‘rganishga undaydigan, tanqid qo‘rquvini kamaytira

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, ijodiy fikrlash, ta’lim metodikasi, pedagogik metodlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, Kreativ qobiliyat, mustaqil fikrlash, ijtimoiy muhit., rasm va ertak metodikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники