К содержанию
РецензированоUZ1960

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Safarova Nargiza Bobomurodovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1960

Аннотация

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: kompetensiyalar, o‘quv dasturi, kommunikativ kompetensiya, bilim, ko‘nikma, malaka, ijtimoiy moslashuvchanlik, avtomatlashgan mahorat. Mamlakatimizda jamiyatning demokratlashuvi, iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuvi ta’lim tizimini xalqaro tajribalarga asoslangan holda takomillashtirishni talab etmoqda. Xalqaro tajribada inson resurslarini boshqarish va inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilishga intiladi. Insonning o‘z bilimlari muntazam rivojlantirib boradi. Shunga ko‘ra, ta’lim jarayoniga o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratish va ta’lim jarayoniga qo‘llash zaruriyati yuzaga keltirdi. Ilmiy adabiyotlarda “Competence” so‘zi “musobaqalashmoq” , “raqobatlashmoq” degan ma’noni bildiradi hamda “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi va tarixan quyidagi davrlarni o‘zida mujassamlantiradi. Birinchi bosqich – 1960–1970 yillar - tilni o‘rganishga doir dastlabki kompetensiyalar ishlatila boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan «kommunikativ kompetensiya»tushunchasi kiritiladi. Ikkinchi bosqich – 1970–1990 yillar – kompetensiya,kompetentlik kategoriyalarini tilni ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni o‘rganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni o‘rganishda foydalanila boshlandi. Bu paytda “ijtimoiy kompetensiya/kompetentlik” tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi. Uchinchi bosqich –1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy ta’limga, umumta’lim fanlariga va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi. Ushbu o‘rinda biz kompetensiya va kompetentlik tushunchalarini izohlashdan oldin quyidagi didaktik tushunchalarni keltirib o‘tamiz: Bilim - borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi, kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan axborotlar, tushunchalar, ularga taqdim etiladigan nazariy ma’lumotdan iborat bo‘lgan birlik hisoblanadi. Bilimlar obyektiv reallikning inson ongida mos tarzda aks ettirilishidir. Bilim keng ma’noda tasavvur, tushuncha va nazariyalar yig‘indisi, tor ma’noda biror predmet va qo‘yilgan maqsadga yetish imkonini beruvchi axborotdan iborat. Bilishning empirik darajasi esa quyidagilar: a) bilishga asoslangan amaliy qoidalar; b) tafakkurning tahliliy imkoniyatlari; c) til talablari; 20 d) empirik bilimlar zahirasining to‘planishi; e) mavjud nazariyalarning talqin qilish quvvatlari. Ko‘nikma - o‘quvchining o‘zlashtirgan bilimlari va tajribalari asosida muayyan amaliy harakatni bajara olish faoliyati. Ko‘nikmalar amaliy faoliyatga bilimlarni amalda ko‘llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko‘nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usulidir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat malakaning negizi hisoblanadi. Ko‘nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko‘nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko‘nikmalar bilim olishga, uni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ko‘nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik to‘g‘ri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko‘nikmalar ko‘proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi. Malaka - (arab., qobiliyat, iste’dod xususiyat, odat) – kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba, ko‘nikma, mahorat; o‘quvchi yoki talabada muayyan o‘quv materiali va kasbni chuqur o‘zlashtirish natijasida hosil bo‘lgan avtomatlashgan mahorat; psixologiyada - muayyan kasb, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish g‘ayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga e’tibor kamayadi. Harakatning qisman g‘ayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat holi bo‘ladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Natijada topshiriq ravon ortiqcha kuch sarflamay tez va sifatli bajariladi. Malaka hosil qilish tezligi uning murakkablik darajasi kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va boshqa omillarga bog‘liq. Kishidagi malaka, ko‘pincha boshqa malaka hosil bo‘lishiga yordam beradi. Shunday qilib, “Bilim - ko‘nikma – malaka-kompetensiyalar” ga asoslangan yondashuv o‘quv dasturlarining yanada samar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim amaliyotiga qo‘llanilishi va bilim, ko‘nikma, malakalarning tarixiy taraqqiyoti va kompetensiyaga asoslangan ta’limning rivojlanishi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ko‘nikma, kompetensiyalar, bilim, ijtimoiy moslashuvchanlik, malaka, o‘quv dasturi, kommunikativ kompetensiya, avtomatlashgan mahorat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники