Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARDA ZAMONAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA – QO‘SHIMCHA (MAKTABDAN TASHQARI) TA’LIMNING O‘RNI
Abdullayev Akobr Shokir o‘g‘li
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Psixologik va pedagogik jihatlarga urg‘u bergan holda maktabdan tashqari ta’lim jarayonini rivojlantirish, bu tajribali pedagoglar, qulay ta’lim shart-sharoitlari, erkin-ijodiy faoliyatni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqola shaxsda bolalaikdan maktabdan tashqari ta’lim orqali zamonaviy shaxs ko‘nikmalarini rivojlantirish qisqacha o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Maktabdan tashqari ta’lim, psixologiya, pedagogika, bolalarni shaxsiy rivojlantirish, qattiq va yumshoq ko‘nikmalar. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar shaxs taraqqiyotini ikki tipga mansub ko‘nikmalar mezonlari asosida belgilaydi. Qattiq va yumshoq ko‘nikmalar. Qattiq ko‘nikmalarni maktab, umumta’lim fanlari shakllantiruvchi bilim-ko‘nikmalar, masalan fizika qonunlari, matematika formulalari, xarita tuzulishi va h.k. Yumshoq ko‘nikmalar bu insonning ijodik fikrlay olishi, hayotda turli vaziyatlarda masalaga adekvat baho berib o‘zini tutishi, ijtimoiy moslashishiga ta’sir qiluvchi ijodiy va mantiqiy tafakkur, muloqot, tahlil qila olish kabilardir. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bolalarni individual va tabiiy potensialini ochilishiga hamda qobiliyatlarini shakllanishiga yordam beruvchi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, vaqtdan unumli foydalanish shaxsiy rivojlanish, ichki imkoniyatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratuvchi, bolalarni o‘zidagi qiziqishlarini rivojlantirishga, qiziqishlari orqali muayyan hayotiy yoki shaxsiy maqsadlarga erishishga ko‘maklashuvchi vazifalarni bajarishi kerak. Chunki, o‘quvchi-yoshlar maktabda belgilangan dasturlarga kiritilgan fanlarni o‘zlashtirish jarayonida asosan informatsion va intelektual jihatdan rivojlanadi. Maktabdan tashqari ta’lim jarayonida esa o‘quvchida ijodiy bilim-ko‘nikmalar shakllanadi. Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos psixologik-pedagogik o‘ziga xosliklari mavjud bo‘lib, ularni e’tiborga olish mazkur ta’lim jarayonining samaradorligini belgilaydi. Jumladan: -o‘quvchi-yoshlarda qo‘shimcha maktabdan tashqari ta’lim olish istagi va irodasi mavjudligi; -maktab ta’limidan farqli ravishda individual yondoshuv va ko‘p variant(qirra)lilik tamoyiliga asoslanish; -bo‘sh vaqtni mazmuni tashkil etishni o‘rgatish; -bolalar ongida ta’limiy va rivojlantiruvchi xususiyatga ega tizim sifatida munosabat shakllanishi; -o‘quvchi uchun maqbul texnologiya va status; -bola, ota-ona, oilaning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriliganlik. Bugunning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari umumta’lim tizimining bir qismiga aylanib qolganligi, maktabdan tashqari ta’lim sifati va statusini yuqori suratlarda o‘sishiga imkon bermaydi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘zining o‘ziga xosligi va shunday o‘ziga xos tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Ota-onalar tomonidan o‘z farzandini maktabdan tashqari ta’lim jarayoniga o‘z ixtiyori bilan jalb qilishlari, bir tarafdan eng qimmatli bo‘lgan bolaning bo‘sh vaqtini foydali faoliyatga 26 investitsiya qilish bo‘lsa, bu orqali kelajakda oila uchun moddiy, estetik va ma’naviy foyda olish maqsadi asosiy hayotiy rejadir. Rivojlandan davlatlarda maktabdan tashqari ta’lim jarayoni bola uchun shaxsiy va kelajakda professional rivojlanish uchun eng muhim ta’lim-tarbiya komponentidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, maktabdan tashqari ta’lim bolani ham ota-onani o‘ziga tortuvchi xususiyatlari bor, bu xususiyatlar orqali ota-ona eng ta’lim-tarbiya jarayonini maktabdan tashqari ta’lim muassasa pedagoglariga proeksiya qilsa, bola o‘zini o‘zi namoyon etish orqali ijtimoiylashadi va o‘zini jamiyatda aktual darajasini ongli ravishda bunyod eta boshlaydi. Maktabdan tashqari ta’lim jarayonida bola va ota-ona uchun qulay jihat shundaki, ular qiziqish va intilish, vaqt, faollik hajmidan kelib chiqqan holda katta tanlov imkoniga ega bo‘ladi. Shu orqali shakllanayotgan shaxsda ta’limiy ehtiyojlar qoplanadi. Maktabdan tashqari ta’lim jaroyonida bolani rivojlantirish quyidagi uchta yo‘nalishda olib boriladi va har bir yo‘nalish alohida psixologik-pedagogik jihatdan bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olib, umumiy chuqur tahlil qilinib, rejalashtirilgan pedagogik shart-sharoitlarda yuzaga chiqadi: -bolaning shaxsiy rivojlanishi; -bola tanlagan faoliyat turida uni malakasini oshirish va rivojlantirish; -bolaning ta’lim jarayonida funksional savodxonligini oshirish. Maktabdan tashqari ta’lim bola uchun belgilangan davlat ta’lim standartlaridan chiqib, qiziqishlardan kelib chiqib erkin tanlov qilish hamda o‘zini namoyon qiluvchi ta’lim muhitini berishi lozim. Chunki, maktabdan tashqari ta’lim majburiylik ustiga qurilsa, disfunksiya yuzaga keladi. “Qila olaman”, “xohlayman”, “qo‘limdan keladi”, “xatodan qo‘rqmayman” kabi pozitsiyalar (fikrlar) ostida bolalarni birlashtiruvchi mazkur ta’lim jarayoni, bolalarga qo‘llab-quvvatlovchi, psixologik komfort muhitini beradi. K.D.Ushinskiyning fikriga ko‘ra bola mak
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada xalqaro va yurtimizdagi maktabdan tashqari ta’limni tashkil etishning psixologik va pedagogik o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qattiq va yumshoq ko‘nikmalar., psixologiya, bolalarni shaxsiy rivojlantirish, pedagogika, Maktabdan tashqari ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024