К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM MUASSASALARIDA KADRLAR MENEJMENTI VA O’QITUVCHILAR MOTIVATSIYASI

Djumaniyazova Muxayyo Atabekovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The current modern education system is undergoing a process of constant renewal and development, in which effective strategies for personnel management and teacher motivation are of particular importance. This thesis provides recommendations on optimizing the system of personnel management and teacher motivation in educational institutions. Key words. Personnel, management, motivation, leadership, employee. Ta'lim tizimi, zamonaviy jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta'sir qiluvchi muhim sohalardan biri sifatida kadrlar boshqaruvi va xodimlar motivatsiyasiga katta e'tibor qaratishni talab qiladi. Kadrlar menejmenti – ta'lim tizimida o'qituvchi va boshqa xodimlarni samarali boshqarish, ular uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish va ularning motivatsiyasini oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Ta'lim muassasalarida kadrlar menejmenti qator asosiy vazifalarni bajaradi, jumladan: - Kadrlar tanlash va joylashtirish: muassasa ehtiyojlariga mos xodimlarni tanlash va ularni tegishli lavozimlarga joylashtirish. - Kadrlar malakasini oshirish: o‘qituvchilar va xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirishga ko‘maklashish. - Mehnat munosabatlarini tartibga solish: xodimlar o‘rtasida sog‘lom ish muhitini yaratish. Motivatsiya va rag‘batlantirish tizimini tashkil etish: o‘qituvchilar va xodimlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va ularni rag'batlantirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish. O‘qituvchilarni rag‘batlantirish va motivatsiyalashga xizmat qiladigan omillar quyidagilar: - Moddiy rag‘batlantirish: oylik maoshlarni oshirish, mukofotlar va turli to‘lovlarni kiritish. - Ijtimoiy rag‘batlantirish: o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ular uchun uy-joy, ta'til va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish. Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish: muntazam ravishda malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etish orqali o‘qituvchilarni o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga undash. Ish muhitini yaxshilash: o‘qituvchilarning ish joyini qulay va ergonomik holga keltirish. 32 Motivatsiyalangan o‘qituvchilar ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. O‘qituvchilar qanchalik motivatsiyalangan bo‘lsa, ularning dars berish sifati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar bilimini oshirishga va ta'lim jarayonining umumiy samaradorligini ta'minlashga yordam beradi. Samarali kadrlar menejmenti: - Ish unumdorligini oshiradi: ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. - Kadrlar o‘rtasidagi mehnat muhitini yaxshilaydi: jamoaviy ish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. - Kadrlar oqimini kamaytiradi: ta'lim muassasasida uzoq muddat faoliyat yuritadigan kadrlar ulushi oshadi. Ta'lim muassasalarida kadrlar menejmenti va o'qituvchilar motivatsiyasini oshirish jarayonlari samarali amalga oshirilsa, ta'lim sifatining o‘sishi va o‘quv jarayonining optimallashuvi ta'minlanadi. Bu sohada uzluksiz tadqiqotlar olib borish va zamonaviy menejment usullarini joriy qilish orqali ta'lim muassasalari yanada samarali faoliyat yuritishi mumkin.

Доказательный фрагмент

«The current modern education system is undergoing a process of constant renewal and development, in which effective strategies for personnel management and teacher motivation are of particular importance.»

Образец извлечения

Демо-превью

The current modern education system is undergoing a process of constant renewal and development, in which effective strategies for personnel management and teacher motivation are of particular importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Personnel, management, motivation, leadership, employee, rahbarlik, Kadr, менеджмент, лидерство, Персонал, employee., работник., menejment, motivatsiya, мотивация, hodim.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники