Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
FOYDALANISH USULLARI · Ahmadjonova Manzuma Qodirovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi. Shuningdek, maqola ko p yillik tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali ta'limni eng ilg'or-effektiv yo 'llarini ko 'rsatib o'tadi va tahlill qiladi. Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, mehnat, tarbiya, texnologiya, islohot, pedagogik texnologiya, ilg 'or-effektiv yo 'llar, pedagogik tahlil va tajriba. Axborot texnologiyalari yetakchi o'ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o'qitish usullari va metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta'lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat a'zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb -hunarga yo'naltirishda davlat xizmatini hamda o'rta ta'limning ko'p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o'rganish ayni muddaodir. O'quvchilarga bilim berishda samarali qo'llansa bo'ladigan interfaol uslublar, didaktik o'yinlar, o'quvchilarga mos metodlar, ta'limiy mashqlardan kiritilgan. Bu o'yin mashqlaridan darslarda ta'limiy musobaqa tarzida ham foydalansa bo'ladi va ular 25-35 o'quvchiga mo'ljallangan. Bevosita, o'zim ish faoliyatimda yaratgan innovatsion g'oyalarimdan ham namunalar keltirganman. O'quvchilarga darslarda singdirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar, ular hayotida, albatta, asqotadi degan umiddaman. Xullas, o'quvchialarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, bilim sifatini oshirishda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim sifat samaradorligini oshishida bu maqola yaxshi xizmat qila oladi, deb o'ylayman. Zero, bugungi kunda o'qituvchining qilayotgan mehnati, albatta, ertaga o'z samarasini beradi. "Innovatsiya" - bu yangilik demakdir. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilariga, albatta, biror yangiliklar yaratib bilim berib borsak, natijasi yaxshi bo'ladi. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasida aniq belgilanadi. Bu ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasini ko'rsatadi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning vazifasiga aylandi. Men ko'pincha darslarimda "Blits-o'yin" texnologiyasidan keng foydalanaman. Ushbu texnologiya o'quvchilarni harakatlar ketma- ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan narsanng ko'p xilma-xil ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o'quvchilar o'zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o'tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to'liq sharoit yaratib beradi. Bu texnologiya yettita bosqichda amalga oshiriladi. 42 O'quvchilar buni juda qiziqib bajaradilar va ularning yodida mavzu uzoq saqlanib qolishiga sabab bo'ladi. Darslarda axborot texnologiyalarining ishlatilishi, innovatsion g'oyalardan va yangi pedagogik texnologiyalardan o'z o'rnida foydalanish o'quvchilarning o'qishga bo'lgan motivatsiyasini, ularning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Bulardan samarali foydalanish o'qituvchidan juda yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Biz o'qituvchilar har doim jajji o'quvchilarimz uchun izlanishda, yangiliklar yaratishda bo'lishimiz lozim va bizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. "Baliq skeleti" texnologiyasi Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o'quvchilar o'rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo'lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo'llari yozib boriladi. Masalan, yo'l harakati darslarida "Yo'l qoidalari" mavzusida "Svetofor nima uchun kerak?" muammosi qo'yilsa, bolalar o'z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo'nalishlarini belgilab berdi. " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " da ta'limni tubdan isloh qilishning asosiy yo'nalishlar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktablarda boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so 'z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Boshlang'ich ta'lim, mehnat, tarbiya, texnologiya, islohot, pedagogik, pedagogik texnologiya, ilg 'or-effektiv yo 'llar, pedagogik tahlil va tajriba.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026