Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MALAKALI BOKSCHILARNI JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARIGA CHALG‘ITUVCHI OMILLARNI TA’SIRINI TADQIQ QILISH
Rajabov G‘ulomjon Qurbonboevich
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article reports on a study of the effects of confounding factors on fitness performance of skilled boxers. Key words: qualified boxers, physical fitness, negative influencing factors, research. ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ОТВЛЕКАЮЩИХ ФАКТОРОВ НА ФИЗИЧЕСКУЮ ПОДГОТОВЛЕННОСТЬ КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОКСЕРОВ Аннотация. В статье представлены данные по изучению влияния отвлекающих факторов на физическую подготовленность квалифицированных боксеров. Ключевые слова: квалифицированные боксеры, физическая подготовка, негативные влияющие факторы, исследование. Ishning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani hech kimga sir emas. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qabul qilinishi sohaga berilayotgan e’tiborning tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi (1). O‘zbekiston mustaqillik yillarida xalqaro olimpiya harakatining faol a’zosiga aylandi va Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat bilan qatnashib kelmoqda. Xususan, boks sport turi bo‘yicha o‘zbek sportchilarining Parijda o‘tkazilgan XXXIII Olimpiada o‘yinlarida bokschilarimiz 7 ta vazn toifasida qatnashib 5 ta oltin medallarni qo‘lga kiritib, umum jamoa xisobida 1-chi o‘rinni egallaganlari yuksak g‘urur tuyg‘usi bilan bir qatorda sportchilar tayyorlash tizimini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishni talab qiladi, zero xalqaro maydonda raqobat kuchayib bormoqda (2). Bugungi kunga kelib zamonaviy boks yanada raqobatbardosh, keskin va universal tus olmoqda, shu sababli yuqori malakali bokschilarning funksional hamda psixologik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar keskin ortib bormoqda. Biroq bokschilarning sport faoliyatida sportchiga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi qator omillar ham mavjud: hakamlik qilish, musobaqa qoidalarining o‘zgarishi; bokschilar, murabbiylar, shifokorlar, tomoshabinlarning jangga shay turishi; raqib 1 12 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ imkoniyatlari hamda tayyorgarligi va h.k. Bunday ekstremal stress sharoitlarda aksariyat sportchilar salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga bardosh bera olmaydilar va sport faoliyatida yuqori natijaga erishish imkoniyatlari ham juda pasayadi. (2,3). Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, musobaqa kurashida ekstremallik oshganda faoliyat ishonchliligi yuqori darajada bo‘lgan sportchilargina ustunlikka ega bo‘ladilar. Chalg‘ituvchi omillarga qarshilik ko‘rsata olish (chalg‘ituvchi omillarga bardoshlilik) qobiliyati ekstremallikning bir qismidir. Jahon sport fanida professional sportchilarning chalg‘ituvchi omillarga bardoshliligini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p sonli tadqiqotlar mavjudki, ularning natijalari Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya kabi davlatlardagi ilmiy konferensiyalar, maxsus nashrlar, dissertatsiya ishlarida muhokama qilingan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda ilmiy faollik kuzatilmoqda. Zamonaviy sportda muvaffaqiyatga erishish va egallangan o‘rinlarni saqlab qolishning zarur shartlaridan biri sportchilarni ekstremal vaziyatlarda musobaqa faoliyatiga tayyorlashni optimallashtirishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi. Sport nazariyasi va sport psixologiyasi sohasidagi vatanimiz hamda xorijiy mutaxassislarning ishlarida sport faoliyatidagi ishonchlilik omiliga hamda sportchilarni musobaqalarga tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda (G.D. Babushkin, 2006; E.N. Gogunov, 2004 G.D.Gorbunov, 2006 E.P.Ilin, 2016; V.N. Platonov, 2004; A.S. Puni, 1984; A.V. Rodionov, 2004; P.A. Rudik, 1974; N.B. Stambulova, 1999; L.G.Ulyaeva, 2015 va boshqalar; R.D.Xalmuxamedov, 2006; J.K. Xolodov, B.S. Kuznetsov, 2003;.). Aksariyat adabiyot manbalarini tahlil qilish va umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, yakkakurashchilar, jumladan, bokschilarning musobaqa faoliyati natijadorligi va ishonchliligini oshirish muammosiga yagona qarash yo‘q. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, sportchining chalg‘ituvchi omillarga bardoshliligi masalalari ko‘tarilgan ko‘pchilik ishlarda bunday bardoshlilik to‘g‘risida sportchi psixomotorikasining xususiyati (yoki alohida xossasi) sifatida gapiriladi. Zamonaviy boks sport musobaqalarida muvaffaqiyatga erishish va egallangan o‘rinlarni saqlab qolishning zarur shartlaridan biri malakali bokschilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorlashni optimal-lashtirishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi. Sport psixologiya va sport tibbiyotida uzoq vaqt davomida shunday tasavvur mavjud ediki, sportchilarda haddan ortiq toliqishning birinchi ob’ektiv belgisi - bu sport natijasining pasayshidir. Uning paydo bo‘lish sababl
Доказательный фрагмент
«This article reports on a study of the effects of confounding factors on fitness performance of skilled boxers.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reports on a study of the effects of confounding factors on fitness performance of skilled boxers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qualified boxers, physical fitness, negative influencing factors, research, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, malakali bokschilar, jismoniy tayyorgarlik, tadqiq qilish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025