Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DASTURLASH ASOSLARI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV USULLARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH · Bazarbaeva Aygul Kuanishbaevna · Ziuatdinov Islambek Sharapatdinovich (Nukus innovatsion instituti “Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article is devoted to increasing the effectiveness of interactive methods in teaching the basics of programming. Today, in the process of programming education, it is important to increase students' interest in learning and develop their practical skills. The article details the positive impact of interactive methods such as real-time coding, gamification, teamwork, and algorithm simulation on the learning process. The article also recommends the use of online platforms and programming environments for effective programming education. This 1 05 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ article serves to introduce innovative approaches in the process of teaching the basics of programming. Key words: Fundamentals of programming, interactive methods, gamification, real-time coding, teamwork, simulation, online platforms, programming environment. Dasturlash zamonaviy dunyoning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda, va uni o‘rganish jarayoni o‘quvchilardan mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini talab etadi. Shu sababli dasturlash asoslarini o‘qitishda o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilish, turli interaktiv usullardan foydalanish ayniqsa samarali hisoblanadi. Ushbu maqolada dasturlash asoslarini o‘rgatishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan asosiy interaktiv usullar, ularning afzalliklari va o‘quv jarayoniga qanday ijobiy ta'sir ko‘rsatishi haqida so‘z boradi. Dasturlashni o‘rganish o‘quvchilardan yangiliklarni qabul qilishga tayyorlik, sabr va to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini talab etadi. Shu sababli o‘qitish uslubida interaktivlikni oshirish o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va bilimlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Dasturlash asoslarini interaktiv usullarda o‘rgatish orqali o‘quvchilar mavzuni yaxshiroq o‘zlashtirishlari, o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Real vaqtda kod yozish (Live Coding)- Bu usul o‘qituvchiga dars jarayonida dasturlash kodini yozib, o‘quvchilar bilan birgalikda muammolarni hal qilish imkonini beradi. Bunda o‘quvchilar yozilgan kodning natijasini darhol kuzatishlari, xatolarni tezda aniqlash va tuzatish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu usul ayniqsa dasturlashning murakkab jihatlarini tushuntirishda foydali hisoblanadi, chunki o‘quvchilar kodning natijasini ko‘rib, nazariy bilimlarni chuqurroq anglaydilar. Gamifikatsiya (O‘yinlashtirish)- O‘quv jarayonida gamifikatsiya (o‘yin elementlarini qo‘shish) o‘quvchilar uchun raqobat muhiti yaratib, ularga o‘yin orqali bilim berishni ko‘zda tutadi. Masalan, o‘quvchilarga darajalar va ballar berish, masalalarni yechganda turli yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yaratish orqali o‘quv jarayonini qiziqarli qilish mumkin. Shu bilan birga, gamifikatsiya orqali qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich oshirish mumkin, bu esa o‘quvchilarni yangi bilimlarni o‘zlashtirishga undaydi [1]. Jamoaviy ishlash (Group Work)-Guruhda ishlash orqali o‘quvchilar o‘zaro fikr almashadilar va bilimlarini birgalikda rivojlantiradilar. Bu usulda, masalan, par dasturlash (pair programming) texnikasi qo‘llanilishi mumkin. Bunda ikki o‘quvchi bir masala ustida birga ishlaydi, biri kod yozadi, ikkinchisi esa jarayonni kuzatadi va xatolarni to‘g‘irlashga yordam beradi. Ushbu usul o‘quvchilarning jamoada ishlash, fikr almashish va muammolarni birgalikda hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi [2]. Simulyatsiya va model asosidagi o‘qitish- algoritmlar va tizimlarni simulyatsiya qilish dasturlash jarayonini yanada jonlantiradi. Masalan, sorting algoritmlari qanday ishlashini tushuntirishda vizual simulyatsiyadan foydalanish o‘quvchilarga algoritmning ishlash jarayonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga yordam beradi. Bunday vizual simulyatsiyalar jarayonni yanada ravon va aniq tushuntiradi, bu esa o‘quvchilarning mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi[3]. Onlayn platformalar-Codecademy, Coursera yoki Code.org kabi platformalar o‘quvchilarga dasturlashni masofadan o‘rganish va o‘z qobiliyatlarini mustaqil rivojlantirish 1 06 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ imkonini beradi. Ushbu platformalarda o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini darhol amaliyotda sinab ko‘rish, turli vazifalarni bajarish va o‘z xatolarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu platformalar orqali o‘quvchilar mustaqil tajriba orttirib, darslardan tashqarida ham o‘z bilimlarini kengaytiradilar. Dasturlash muhitlari (IDE): repl.it, Jupyter Notebooks kabi dasturlash muhitlari o‘quvchilar uchun qiziqarli va interaktiv tajriba yaratadi. Bu muhitlarda dasturlashning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish osonlashadi, chunki o‘quvchilar kod yozishni va natijani ko‘rishni birdaniga amalga oshirishlari mumkin. Ayniqsa, yangi boshlovchilar uchun ushbu muhitlar tajriba orttirishda juda qulay. Interaktiv usullar o‘quvchi
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to increasing the effectiveness of interactive methods in teaching the basics of programming.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to increasing the effectiveness of interactive methods in teaching the basics of programming. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fundamentals of programming, interactive methods, gamification, real-time, simulyatsiya, dasturlash muhiti., geymifikatsiya, jamoaviy ishlash, Dasturlash asoslari, onlayn platformalar, real vaqtda kod yozish, interaktiv usullar
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025